Sportchining nafas olishi
Download 8.46 Kb.
|
past startdan chiqish va start tezli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yugurish
- depsinish
- Sportchining nafas olishi
- Tayanch so’zlar. Yurish Yugurish Sakrash Dеpsinish Adabiyotlar.
Past startdan chiqish va start tezligi 2*20-2*30 m.ga tezkor yugurushlar. Reja: Yugurish. Sportchining nafas olishi. Yugurishning boshlanishi (start). Yugurish paytida, yurish paytidagi kabi, harakat turkumiga yana ikki. qadam kiradi. Biroq yugurish paytida oyoqni siltash vaqti uzunroq yoki teskarisi ham bolishi mumkin. Tayanchsiz harakat qilish — uchish quyidagicha yuz beradi. Bunda yuguruvchining gavdasi oldinga bir qadar egilgan bo‘ladi, ammo chuqur egilish qadam paytida oyoqni oldinga chiqarishni qiyinlashtirishni, orqaga ortiqcha egilish, depsinish kuchini zaiflashtirishini esda tutish lozim bo‘ladi. Yurish va yugurish paytida atletikachining muskul kuchlanishi harakatlanuvchi kuch boiib, eng muhim bosqich— depsinish hisoblanadi, natijada inson gavdasi oldinga harakatlanadi. Bu o'rinda, depsinish burchagi oyoq va yer o‘rtasidagi burchak ham muhim ahamiyatga ega. Bu burchak qancha kichik bo‘lsa shuncha yaxshi. Sportchining muskul kuchlanishi bu paytda ko‘proq yotiq yo‘naltirilgan boiadi, hamma vaqt yurish va yugurish paytida shunga intilish darkor, chunki bu vaqtda qol va oyoq harakatlari muvofiqlashadi (chorraha koordinatsiyasi).Yurish va yugurish tezligi qadam uzunligi chastotasiga bogliq. Agar yurish paytida qadam uzunligi va chastotasi asta-sekin oshirib borilsa, birozdan keyin yurishdan beixtiyor yugurishga oliladi.Yurish va yugurish texnikasi faqat tezlik bilan emas, balki harakat tejamkorligi, ya’ni sarflanadigan energiya miqdori hamda gavdaning eng tejamli to‘g‘ri chiziq va tekis ko‘chishi bilan ham tavsiflanadi. Biroq inson yurish va yugurish paytida har vaqt oldingi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tekis harakat qilmaydi. Chunki har qadamida gavda vazni ogirlik markazi tikka va yonlama og‘ib turadi, natijada, harakat qilish tezligi depsinish paytida ortadi va uchish hamda olirishdan oldin kamayadi. Ko‘chishda to‘g‘ri chiziqli va tekislilik qancha aniq ifodalansa, yurish va yugurish texnikasi shuncha tejamli boiadi. Sportchining nafas olishi— bu sport texnikasining uzviy tarkibiy qismidir. Nafas olish chuqurligi va tezligi, nafas olish va nafas chiqarishning davomiylik bosqichi atletikachining harakat tezligi, muskul zo‘riqishi bilan yaqin aloqadadir. Yugurishning boshlanishi (start) imkoni boricha tezroq bajariladi. Startda yo‘qotilgan bir soniya vaqt gohida yutqizuvga olib kelishi mumkin. Bu o‘rinda foydalisi past start. U yugurishni tez boshlash hamda uncha katta bo‘lmagan masofa (20—25m)ni maksimal bosib o‘tish imkonini beradi. Start paytida oyoqlar yaxshi tiralishi uchun start tirgagichi yoki kolodkalari qo‘llaniladi (32- rasm). Gavda uzunligi va yuguruvchining yugurish texnikasini qancha o‘zlashtirilganligiga bog‘liq holda oldingi tirgagich (kuchli oyoq uchun) start chizi- g‘idan 35—45 sm masofada o‘rnatiladi (1—1,5 panja), orqadagisi esa 70—85 sm (yoki oldingi tirgagichdan boldir uzunligi oralig‘ida). Past start shunday ketma-ketlikda bajariladi. Tayanch so’zlar. Yurish Yugurish Sakrash Dеpsinish Adabiyotlar. T.Usmonxo’jayev,B.Yusupov,J.Akromov,“Jismoniy tarbiya”O'qituvchi Nashriyot ijodiy uyi. Toshkent - 2008 yil."Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari"T.S.Usmonxo'jayev F.Xo’jayev"O'qituvchi"Nashriyot ijodiy uyi.Toshkent-1996yil "Jismoniy tarbiya" T.S.Usmonxo'jayev "O'qituvchi" Nashriyot-Matbaa ijodiy uyi Download 8.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling