Buni tekshirish uchun biror


Download 53.92 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi53.92 Kb.
#1090085
Bog'liq
bernulli tenglamasi


§ 5.8. Stasionar oqim tezligi bilan bosim orasidagi bog’lanish. Bernulli tenglamasi

To’liq mexanik energiyaning saqlanish qonunini stasionar oqimga ega bo’lgan suyuqliklar uchun ham tadbik etish mumkin. Suyuqlikda fikran ajratilgan massaning kinetik energiyasi uning harakat tezligi orqali, potensial energiyasi esa suyuqlik ichidagi bosim orqali aniqlanadi. Bundan ko’rinadiki, harakat tezligi katta bo’lgan oqimda bosim kichik va aksincha harakat tezligi kichik bo’lgan joyda bosim katta bo’lmog’i kerak.


Buni tekshirish uchun biror S kesimli yuza orqali oqib o’tayotgan m massali suyuqlik oqimining to’liq energiyasini aniqlaylik. Bu energiya shu massadagi suyuqlikning kinetik , potensial energiyalardan va tashqi kuchni yengishi uchun sarflanadigan ishi kabi energiyalar yig’indisidan iborat. (5.8-1)
Energiyaning saqlanish qonuniga binoan, nayning S1 va S2 ko’ndalang kesim yuzali qismlari orqali uzatilgan to’liq energiya o’zaro teng bo’lganligi uchun

deb yozish mumkin.
Bu tenglamaning xar ikkala tomonini V ga bo’lsak
(5.8.-3)

5.14-rasm
ni xosil qilamiz.
Umumiy xolda bu tenglamani
(5.8-4)
ko’rinishda ifodalash mumkin. Bu tenglama nayning ixtiyoriy kesimi uchun o’rinli bo’lib, Bernulli tenglamasi deyiladi. Bu formulada - suyuqlikning zichligi, v - suyuqlik oqimi tezligi, h - oqim chizig’ining biror nol deb xisoblangan satxdan balandligi. (5.14-rasm).
(5.8-4) tenglamadagi ga gidrodinamik bosim, -ga gidrostatik bosim, R-tashqi bosim (ko’p xollarda atmosfera bosimi) deyiladi. Bu tenglamadan ko’rinadiki, nayda oqayotgan suyuqliklar gidrodinamik, gidrostatik va tashqi bosimlar yig’indisi doimiy bo’ladi. Demak, doimiy tashqi bosimda gidrodinamik bosim katta bo’lgan joylarda gidrostatik bosim kichik va aksincha, gidrodinamik bosim kichik bo’lgan joylarda gidrostatik bosim katta bo’ladi.
O’tkazilgan tajribalar xaqiqatdan ham, aytilgan fikrni tasdiqlaydi. Ko’ndalang kesimi S1>S2 bo’lgan nay kismlarida oqim tezligi v1<v2 bo’lganligi uchun gidrodinamik bosim kichik bo’lgan nay kismlarida gidrostatik bosim katta bo’lar ekan (5.15-rasm). Bernulli tenglamasi faqat suyuqlik oqimlari uchungina bajarilmasdan gazlar oqimi uchun ham bajariladi.
Nazorat savollari



  1. Gidrodinamik bosim nimalarga bog’liq?

  2. Gidrodinamik bosim formulasini yozing.

  3. Bernulli tenglamasini yozing va tushuntiring.

  4. Bernulli tenglamasining turmushda va texnikada qo’llanilishiga misollar keltiring.

Download 53.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling