1. Gaplarning turlari Gaplar tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma turlarga
Download 52.5 Kb.
|
Akad yozuv 7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Ozgarbon tartib (bu inversiya
- 1-misol
2.Gapda so'z tartibi
Gapda so'zlar gap bo'laklari vazifasida keladi. Gap tarkibida so'zlar tartibi ikki xil: I. Odatdagi tartib. Bunda: 1) Ega gapning boshida, kesim oxirida keladi. Yosh havaskorlar to'plandilar. 2) Ba'zan payt holi egadan oldin keladi: Bugun yosh havaskorlar to'plandilar. II. O'zgarbon tartib (bu inversiya ham deyiladi). 1) Ega kesimdan keyin keladi: Yashasin mustaqillik. 2) To'ldiruvchi kesimdan keyin keladi: To'xtat suvni! 3. Abzasning xususiyatlari. Abzas quyidagicha tahlil qilinishi mumkin: Mavzu sarlavhasi - Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik darajasi juda xilma-xil; 1) 1-misol - Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%; 2) 2-misol - AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%; 3) Sabab - bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor; 4)Xulosa - bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q. Bu misollar quyidagini ko‘rsatadi: a) Abzas bir mavzuga bog‘liq bo‘lgan holda, bir necha gaplardan tashkil topgan. Abzaslarga bo‘lish muallif va kitobxonning argumentlar bilan mukammal mashg‘ul bo‘lishi uchun yordam beradi; b) Abzasning hajmi matn turiga qarab turlanadi, ammo, odatda, u to‘rt yoki besh gapdan iborat bo‘ladi. c) Odatda(har doim emas), birinchi jumla mavzuga kirish bo‘lib xizmat qiladi. Keyingilari esa ta’riflar beradi, misollar, qo‘shimcha ma’lumotlar, sabablar va xulosalar; d) Abzas qismlari o‘zaro qalin shriftli ibora va bog‘lovchilar bilan farqlanadi. Yangi mavzuni boshlashingiz uchun quyidagi iboralarni ishlatishingiz mumkin: Bu muammoga (savolga) o‘ta turib... Infeksiyaning tarqalish sur'ati ham ... kabi qaralishi lozim... bu qarab chiqish uchun уana bir joy ... Abzaslarga kirish va ularni bir-biriga bog‘lash. Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling