1. Generativ organlarning kelib chiqishi


Gul qismlarining tuzilishi va vazifasi


Download 25.36 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi25.36 Kb.
#1188468
1   2   3   4
Bog'liq
topgullar mustaiql ish

3. Gul qismlarining tuzilishi va vazifasi.
Kosacha bilan gulbarg birgalikda gul qoplamini tashkil etadi va gulqo’rg’on deb ataladi. Gulqo’rg’on gulining ichki qismini tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan (qurib qolish va sovuqdan) saqlaydi gulqo’rg’on kosacha va gultojdan tashkil topgan bo’lsa (g’o’za) qo’sh gulqo’rg’on, agar birqator gulbargdan yoki kosachabargdan iborat bo’lsa (lola) oddiy ulqo’rg’on deb ataladi. Gulqo’rg’oni bo’lmagan gullar yalang’och yoki ochiq gul (tol) deb yuritiladi. Gultoj tubida, gul o’rnida ba’zan asalchi bezlar (nektardon) joylashgan bo’lib ular, hasharotlarni o’ziga jalb etish uchun shira ajratib chiqaradi. Shunday qilib, gultojning asosiy funktsiyasi changlovchi hasharotlarni o’ziga jalb etish bo’lib, bunga gulbarglarining ochiq rangli, xushbo’y hidli va gul shirasining bo’lishi bilan erishiladi. Gul ichida shakli o’zgargan barglar – changchilar ham joylashgan, ular uchlarida changdonlar bo’lgan changchi iplaridan tashkil topgan. Changchilar yig’indisi androtsey deb ataladi. Changchilar erkin holda turadigan yoki bir – biriga qo’shilib o’sgan bo’lishi mumkin. Changdonlar ichida chang bo’ladi, u o’simliklarning changlanishi uchun zaraur.
Gulning o’rtasida bir yoki bir nechta urug’chi bo’ladi, u bir yoki bir nechta shakli o’zgargan, qo’shilib o’sgan bargdan (urug’chi barglardan) iborat. Urug’chilar yig’indisi genitsey deb ataladi. Urug’chi odatda, uch qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat bo’ladi. Tumshuqcha chang donachalarini qabul qilish uchun xizmat qiladi. Ustuncha tumshuqchani tuguncha bilan bog’laydi: tugunchaning bitta yoki bir nechta urug’kurtak bo’ladi, gul urug’langandan keyin unda urug’ hosil bo’ladi. Tuguncha urug’kurtaklar bilan birgalikda urug’chining eng muhim qismi hisoblanadi. Har xil o’simliklarning gullari bir – biridan faqat katta- kichikligi va shakli bilan emas, balki ularni tashkil etuvchi qismlari soni bilan ham keskin farq qiladi. Faqat gulo’rni hamma gulda bo’ladi. Boshqa qismlar, ba’zan bo’lmasligi ham mumkin. Agar gulda hamma qism bo’lsa, u to’liq gul, agar biror qismi bo’lmasa, chala gul deb ataladi. Yuqorida aytib o’tilgandek, gulkosa bilan gultoj birgalikda gulqo’rg’onni hosil qiladi, u jinsiy organlarni himoya funktsiyasini bajaradi. Gul rivojlanishining dastlabki davrida (g’unchalik vaqtida) gulqo’rg’on gulining shakllanayotgan ichki qismlarini (changchi va urug’chilarni) tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan saqlaydi. Gullash davrida ham (ayniqsa, gullash muddati bir necha kunga cho’zilib ketganda) gulqo’rg’on o’sha funktsiyasini bajaradi. Gulqo’rg’on, ko’pincha, gulni kechasi (lolada) yoki kunduzi (namozshomgulda) ham berkitib turadi. Gullar, ko’pincha, gulqo’rg’oni (kosachasi yoki gultoji) bor yo’qligiga qarab farq qilinadi. Ana shu belgisiga qarab, gulqo’rg’on quyidagi tiplarga bo’linadi: gulkosacha va gultojdan iborat qo’shgulqo’rg’on, agar u yashil bargchalardan iborat bo’lsa (masalan, nasha yoki qand lavlagi gulida) kosachasimon gulqo’rg’on deb atladigan oddiy gulqo’rg’on, agar uning gulbarglari ochiq rangli bo’lsa (piyozgulda) tojisimon gulqo’rg’on bo’ladi. Shunday qilib, bitta gulqo’rg’onli gulning kosachasi bo’lmaydi, balki faqat gultojning rangli gulbarglari yoki aksincha, kosacha bargi bo’ladiyu, gultoji bo’lmaydi (lola, yong’oq va boshqalarda).
Gulqo’rg’oni (kosachasi va gultoji) butunlay bo’lmaydigan, faqat changchilari hamda urug’chilari bo’ladigan gullar (qiyoq va boshoqdoshlarda) gulqo’rg’onsiz yoki yalang’och gul deb ataladi. Gulning tashqi qoplami – kosacha har xil shakldagi mayda bargchalardan (kosacha barglardan) iborat bo’ladi. Agar ular doira bo’ylab bir qator joylashgan bo’lsa, qo’shqavat kosacha deyiladi. Qo’shqavatkosachaning tashqi doirasi ostki kosacha (qo’shimcha kosocha ) deyiladi (masalan, gulxayridoshlarda).
Kosachaning rangi, odatda, yashil, ammo kosachabarglar gultojining rangida bo’lishi mumkin. Gullash tugagandan keyin kosacha bilan gultoj birgalikda to’kilib ketadi, ba’zi o’simliklarda u meva yoki gul bilan birga qolish mumkin: ko’knorining kosachasi juda erta – gullay boshlagan vaqtida, olchaniki esa gullab bo’lgandan keyin gul barglar va changchilar bilan birga to’kiladi. Boshqa o’simliklarda (masalan, olma va noklarda) kosacha to meva pishguncha saqlanadi. Ba’zan u saqlanib qolib, meva bilan qo’shilib o’sib ketadi va uni himoya qiladi. Ko’pincha kosachaning shakli o’zgarib uchmaga aylanadi va bunda mevalarning (qoqio’t va bo’ztikanda ) tarqalishiga yordam beradi.
Kosacha barglar bir – biri bilan qo’shilib o’sishi mumkin, bunday kosachalar tutash bargli kosacha deb ataladi. Kosachalar qo’shilib o’sgan bo’lmasa, erkin bargli kosacha deyiladi. Qo’sh gulqo’rg’onning ikkinchi doirasi gultojni tashkil etadi, gultoj anchagina yirik va rangli gulbarglardan iborat bo’ladi. Gulbarglar kosacha bilan birgalikda himoya funktsiyasini bajaradi. Gul ochilgandan keyin gultoj, Ch. Darvinning mohirona ifodasi bilan aytganda, o’zga hashorotlarni jalb etadigan va gulni bezab turadigan lavholik rolini o’ynaydi. Odatda, gultoj har xil: sariq, qizil, zangori va hokozo rangli bo’ladi. Bunday rang pigmentlarga (antotsian, antoxlor va karatinoidlarga) bog’liq bo’ladi. Hamda ko’pgina o’simliklarning doimiy belgisi hisoblanadi. Gulning yoshiga qarab, gultojning rangi o’zgarshi mumkin. Masalan, g’o’za gulining gultoji avval oq yoki oq- sarg’ish, gullab bo’lishiga yaqin esa pushti rangli bo’ladi. Agar gultojning gulbarglari bir – biri bilan qo’shilib o’sib ketgan bo’lsa, tutash gulbargli gultoj deyiladi. Agar gulbarglar bir- biridan erkin ajralib tursa. Bunday gultoj erkin gulbargli gultoj deb ataladi. (ko’knori va g’o’zada). Gulbarglarning shakli ham nihoyatda xilma –xil: asosi (tubi) keng yuqoriga qarab asta – sekin torayib boradigan yoki asosi kambar bo’lib, uchki qismi kengayib boradigan bo’ladi. Ayrim gulbargda toraygan qismi - gulbarg tagi va kengaygan yuqorigi qismi yaprog’i farq qiladi. Tutash gul bargli gultojning bar – biriga qo’shilib o’sib ketgan qismi naycha, qo’shilib ketmagan qismi esa qaytaqi deb ataladi. Naychaning qaytaqiga o’xshagan joyi toj og’izchasi (bo’g’zi) deyiladi. Bunday tuzilgan gultojlar chinnigulda va ba’zi boshqa o’simliklarda uchraydi. Gultojning gulbarglari, ko’pincha, ma’lum darajada kertikli bo’ladi, ammo butunligicha qolishi ham mumkin. Ba’zi o’simliklar gulning gulbarglarida shokilalar yoki tilsimon o’simtalar hosil bo’ladi. Gultojlar va gulning shakli ham nihoyatda xilma- xil. Gultoj va gullar tuzilishining umumiy xarakteriga qarab, to’g’ri (aktinomorf) gultoj va gullar hamda qiyshiq (zigomorf) gultoj va gullar farq qilinadi. To’g’ri gultoj va gullarning hamma gulbarglari bir xil, ulardan fikran bir nechta simmetrik tekisliklar o’tkazish mumkin (masalan, g’o’za, olcha, lola va boshqalarning gullari). Qiyshiq gultoj va gullarning gulbarglari bir xil bo’lmaydi, ulardan faqat bitta simmetrik tekislik o’tkazish mumkin (masalan, no’xot, akatsiya, yalpiz gullari) Agar gultoj va guldan bitta ham simmetrik tekislik o’tkazish mumkin bo’lmasa, bunday gul assimmetrik gul deb ataladi. (gunafsha, shoyigul).
Ayrim (tutashmagan) gulbargli aktinomorf gullar orasida o’z tuzilishi va tashqi shakli bilan bir – biridan farq qiladigan bir necha tipdagi (bir necha xil) gulbarglarni ko’rsatish mumkin. Bularga krest shaklida joylashgan to’rtta gulbargdan iborat krest gulli gultojlar kiradi. Bunday gultojlar karam, turp va boshqa o’simliklarning gullariga xos. Beshta gulbargdan iborat chinnigul tipidagi gultojlar ham bo’ladi, bunday gullarda (chinnigul) gulbarg tagi va yaproq qismi bor. Ko’pincha gulbarg tagi bo’lmaydigan beshta gulbargdan tuzilgan tipdagi gultojlar ham uchraydi (atirgul, olma, olchada). Ayrim (alohida) gulbargli zigamorf gultojlar ham tuzilishi va shakliga qarab, bir necha gruppaga bo’linishi mumkin. Masalan, kapalaksimongultojlar gruppasiga kiruvchi gultoj beshta gulbargdan iborat bo’ladi. Yuqorigi, odatda, anchagina yirik bo’ladigan, toq gulbarg, undan keyin yon tomonlarga yo’nalgan ikkita yon gulbarg hamda quyi qismi qo’shilib o’sib ketgan, ko’pincha, qayiqcha deb ataladigan ikkita pastki gulbarglar keladi. Bunday gullar dukkakdosh o’simliklarda (beda, no’xat, mosh va boshqalarda ) uchraydi.
Qo’shilib o’sgan aktinomorf va zigamorf gultojlarning tashqi ko’rinishida ham anchagina xilma – xillikni ko’rish mumkin.
Gullab bo’lgandan keyin gultojning gulbarglari, odatda, to’kilib ketadi, buni olma va olcha kabi o’simliklarda ko’rish mumkin. Faqat kamdan kam hollarda, gultoj qurib qolib, mevalarda saqlanib qoladi.
Gul o’rnida gulqo’rg’ondan ichki tomonda changchilar o’simliklarning erkaklik urug’i joylashadi, ular bittadan to bir necha yuztagacha bo’lishi mumkin. Rivojlangan har qaysi changchining pastki ipsimon yoki plastinkasimon qismli ipi hamda yuqorigi kengaygan, xaltachasimon, qismi-changdoni bo’ladi. Ipning changdonga birikkan joyi bog’lag’ich deb ataladi. Changdonlar, odatda, ikkita ichki chang xaltachalardan tashkil topadi, ularning ichida chang bo’ladi. Ba’zi o’simliklarning changchi iplari yaxshi rivojlanmagan bo’ladi, ularda changdonlar to’g’ridan – to’g’ri gulo’rniga birikadi. Bunday gullar bandsiz gul deyiladi.
Changchilar gul o’rnida doira yoki spiral shaklida joylashadi. Ular batamom erkin yoki qisman bir – biriga qo’shilib o’sgan bo’lishi mumkin. Masalan, g’o’za gulida changchilar yaxlit naycha bo’lib qo’shilib o’sadi, uning uning ichidan urug’i o’tadi. Dukkakdoshlarda to’qqizta changchi birga qo’shilib o’sadi, o’ninchisi esa erkin qoladi. Faqat changchilar (murakkabguldoshlarda) yoki faqat urug’chi iplari (dukkakdoshlarda) qo’shilib o’sishi mumkin. Bundan tashqari, changchilar faqat bir – biri bilangina emas, balki gulning boshqa qismlari bilan ham qo’shilib o’sish xususiyatiga ega. Ba’zan changchi iplarining shoxlanishlari ham kuzatiladi, buning natijasida changchining uchki qismi bir necha shoxchaga ajraladi, ulardan har qaysisining uchi changdon bilan tugaydi (kanakunjutda). Changchilarning sirti datda yalang’och bo’ladi, ammo ba’zi changchilari tuk bilan qoplangan o’simliklar ham uchraydi (sigirquyruq).
Changdonlar, odatda, oraliq qism – bog’lag’ich bilan birikkan ikkita yarimtalikdan (chang xaltachalaridan) iborat bo’ladi (45-rasm). CHang xaltachalarining ichki bo’shlig’ida chang yetiladi, u changdonchalaridan iborat bo’ladi. Ularning funktsiyasi o’simliklarni changlashdir. Chang xaltasi tashqi tomondan ikki qavat hujayralar bilan qoplangan, bularning tashqi qavati tashqi hujayralarning qalinlashgan qobiqli po’stidan, ichki qavati esa changdon yetilganda qovjirab ketadigan kambar hujayralardan iborat bo’lib, ular qovjirashi natijasida chang yetilgan vaqtda changdon chatnab ketadi. Changdonlar yetilgandan va chatnagandan keyin ulardan tashqariga chang yoki chang donachalari sochilib ketadi. Har – xil o’simliklarda chang donachalarining shakli turlicha bo’ladi. Ular yumaloq, sharsimon, suyri (oval), uch qirrali, kub shaklda, ko’p qirrali, va hokozo bo’lishi mumkin. Changning rangi, ko’pincha, sariq, ammo oq, ko’kish, qizg’ish va hokozo rangli changlar ham bo’ladi. Chang donachalarining katta kichikligi (o’lchami) 8 dan 800 mikrongacha bo’lishi mumkin. Yetilgan chang hujayrasi bitta yadroli va qo’sh: tashqi hamda ichki qobiqli bo’ladi. Tashqi hujayra ekzina deb ataladi. Ular har xil o’siqlar, tikanlar, bo’rtiqlar va hatto, ninalar (g’o’zada) bo’ladi, bular changning tumshuqchaga yopishishi uchun yordam beradi. Ichki qobiq ingichka hujayralardan iborat bo’lib, intina deb ataladi. Tashqi qobiqda teshikchalar bor, chang o’sayotganda ichki qobiqning o’siqlari ular orqali chiqib turadi. Har xil o’simliklarning changlarida teshikchalarning soni turlicha bo’ladi. Masalan boshoqdoshlar changida teshik bitta, liliyada (piyozgulda ) ikkita, g’o’zada ko’p.
Chang donachalarining sirti ba’zida quruq (boshoqdoshlarda), boshqalarida esa yopishqoq bo’ladi. Sirti quruq chang donachalari, asosan, shamol yordamida, yopishqoqlari esa hasharotlar yordamida changlanadigan o’simliklar uchun xos. Changning ichida bitta yadroli quyuq tsitoplazma, moy tomchilari va kraxmal donachalari bo’ladi. Odatda chang bitta hujayradan iborat bo’ladi, ammo ba’zan uning tarkibiga 4,8,16 va undan ortiq hujayra kiradi. Changchi gulpoya o’sish konusining bo’rtmasidan hosil bo’ladi. Uning keyinchalik osishida avval changdonlar shakllanadi, keyin changchi iplari rivojlanadi. CHangchi bo’rtmasining hujayralari oldin bir xil bo’ladi, ammo o’sib borgan sari, ular differentsiatsialana (farqlana) boshlaydi va changchi ipi ichida o’tkazuvchi bog’lamlar paydo bo’ladi, bu bog’lam orqali changchi oziqlanadi. Rivojlanishning dastlabki davrida changchi bir xildagi parenxima hujayralaridan iborat bo’ladi, biroq keyinchalik hujayra epidermisi ostida yotuvchi hujayrada - changchilarning bo’lajak to’rtta xonachali (chanog’ida) bo’ylama to’siqlar bilan ikki qavatga bo’linadi, bular keyin chang hosil bo’lishida qatnashadi. Epidermis ostida joylashgan tashqi qavatdan keyinchalik changdon devorlarining bir qismini hosil qiluvchi hujayralar, shuningdek, changlar oziqlanishi uchun sarflanadigan changdon hujayralari vujudga keladi. Ichki qavat keyinchalik arxesporiyning maxsus hujayralarini hosil qiladi, ular bo’linib, changning ona hujayralari boshlang’ichlarini beradi. Changning ona hujayralari reduktsion bo’linish natijasida to’rttadan chang donachasi, ya’ni xromosomalar soni yarim bo’lgan mikrosporalar beradi. Har qaysi chanoqda ko’p miqdor: bir necha o’ntadan ko’p o’n minglargacha chang rivojlanadi.
Urug’chi (mevachi ) – ginetsey. Gulqo’rg’onning ichki qismi bitta yoki bir nechta urug’chi, ya’ni ginetsey bilan band bo’ladi. Urug’chi - urg’ochi gul organi. Har bir urug’chi bittadan yoki bir nechta urug’chi bargdan rivojlanadi. Urug’chi barglar gul bandi bo’lmagan, pastki qismlari qalinlashgan, shakli o’zgargan barglardir. Tumshuqcha – urug’chining kengaygan yuqorigi qismi. Uning asosiy vazifasi chang qabul qilishdir. Tumshuqchaning shakli anchagina xilma – xil: u boshcha, cho’tka yoki patcha shaklida bo’ladi. Tumshuqcha, ko’pincha, yopishqoq suyuqlik yoki tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Tuguncha ingichka ipdan iborat ustuncha orqali tumshuqcha bilan birikkan. Ba’zi o’simliklar gulida ustuncha bo’lmaydi. Tugunchaga o’rnashgan tumshuqcha o’troq (bandsiz) tumshuqcha deyiladi. Ustuncha tumshuqchani ko’tarib turib, shamol tarqatgan yoki hasharotlar olib kelgan chang donachalarining yaxshiroq tutilib qolishiga yordam beradi. Urug’chi uch qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Urug’chining asosiy qismi - tuguncha (pastki qism qalinlashgan urug’chi barg) dir. Joylashishiga qarab, tuguncha gulo’rnidan yuqori ko’tarilib tursa yuqoridagi tuguncha, agar yarimigacha gulo’rin bilan qo’shilib o’sib ketgan bo’lsa, yuqorigi yarimi ustuncha va tumshuqcha bilan erkin qolsa o’rta tuguncha hamda agar tuguncha kosacha va gultojning asosi bilan gulo’rniga qo’shilib o’sib ketgan bo’lsa, pastki tuguncha bo’ladi. Tugunchani hosil qiluvchi urug’chi barglarning soniga va ularning bir – biri bilan qo’shilib o’sish darajasiga qarab, tugunchalar bir – xonali (chanoqli), ikki xonali yoki ko’p xonali, ya’ni tegishli ravishda bitta, ikkita yoki bir nechta ichki kameralarga bo’lingan bo’lishi mumkin.
Tugunchaning ichki bo’shlig’i urug’kurtaklar va ulardan rivojlanadigan urug’lar joylashishi uchun xizmat qiladi. Urug’kurtaklar urug’bandlar yordamida tugunchaning ichki devorlariga yopishadi. Tugunchadagi urug’kurtaklarning soni har xil o’simliklarda bittadan to bir necha mingtagacha bo’ladi. Urug’kurtaklar anchagina murakkab tuzilgan. Ular, odatda, tuxum shaklida va nutsellus deb ataladigan parenxima hujayralarining ichki qavatidan hamda ko’p hujayrali qoplamalar – intugmentlarning ikki yoki bir qatordan iborat bo’ladi. Urug’kurtakning yuqorigi qismida intugmentlar bir biri bilan birlashmaydi va kanal - chang yo’li (mikropile) qoldiradi. Chang yo’liga qarama - qarshi qism xalaza deyiladi. Urug’kurtaklar to’g’ri, teskari va egik bo’ladi. Urug’kurtak yadrosining ichida maxsus bo’shliq murtak haltachasi bor, bunda urug’lanish protsessi sodir bo’ladi.
Urug’kurtakning rivojlanishi. Murtak xaltachasi nutsellusda quyidagicha rivojlanadi. Epidermis ostida yotuvchi hujayralar qavatida makrosporalarning ona hujayrasi deb ataladigan anchagina yirik bitta hujayra diferentsiatsiyalanadi, keyin u reduktsion bo’linish yo’li bilan to’rtta hujayra hosil qiladi. Bular xromosomalarning soni odatdagining yarimi bo’ladi va mikrosporalar hisoblanadi. Bu hujayralar odatda, nutsellus o’qi bo’ylab, bir – birining ustida bir qator bo’lib joylashadi. SHundan keyin yuqorigi uchta hujayra nobud bo’ladi, pastkisi – murtak xaltachasining ona hujayrasi esa juda o’sib ketadi. Qolgan mikrosporada yadro ikkiga bo’linadi. Bular yana ikkiga bo’linadi, undan keyin yana ikkiga bo’linadi. Natijada hujayrada sakkizta yadro hosil bo’ladi. Bu yadrolar keyinchalik hujayraning qarama-qarshi uchlarida to’rttadan bo’lib joylashadi. Bu guruppa yadrolarning har qaysisidan bittadan yadro murtak xaltachasining markazi tomon yo’naladi, bu yerda ular bir biri bilan qo’shilib, markaziy yadroni hosil qiladi. Murtak xaltachasining qarama – qarshi uchlarida joylashgan yadrolar atrofida quyuq tsitoplazma to’planadi va uchtadan hujayra vujudga keladi. Urug’ yo’li yaqinida tuxum apparatining hujayralari joylashadi: ularning bittasi katta va yumaloq yadroli - tuxum hujayra, ya’ni urg’ochi gameta; boshqa ikkitasi kichikroq va yadrolari anchagina mayda-yordamchi (qo’shimcha) hujayralar, ya’ni sinergidlardir. Murtak xaltachasining xalaza qismida antipodlar deb ataladigan uchta yirik, uzoq saqlanmaydigan hujayra hosil bo’ladi. Shunday qilib, yetilgan murtak xaltachasida yetita hujayra bo’ladi. Changchilar bilan urug’chilar hamma gulda birga uchrayvermaydi. Ham changchilari, ham urug’chilari bo’lgan gullar ikki jinsli gullar, faqat urug’chilari yoki changchilari bo’lgan gullar bir jinsli gullar bo’ladi. Agar gullarda faqat changchilari bo’lsayu, urug’chilar bo’lmasa, erkak gul, agar faqat urug’chilari bo’lsa, urug’chi gullar deyiladi. Bir tupda faqat bir jinsli gullari (erkak va urg’ochi gullar) bo’lgan o’simliklar (makkajo’hori, yonhoq va tarvuz) bir uyli o’simliklar deyiladi. Boshqa o’simliklarda ham erkak, ham urug’chi gullar har xil individda joylashgan bo’ladi, bular ikki uyli o’simliklar (pista, terak, nasha, qichitqi o’t va boshqalar) deyiladi. Ko’p uyli o’simliklar ham uchraydi. Bunday o’simliklar bir o’simlikning o’zida ham bir jinsli, ham ikki jinsli gullar bo’ladi, masalan, g’umayda. Ikki jinsli gullar bitta o’simlikda, erkak, changchili gullar esa boshqa o’simlikda, joylashgan hollar ham uchraydi. O’simliklarning bunday tipi har xil uyli (aylant, gledichiya) o’simliklar deyiladi.

Download 25.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling