1. Genuya valyuta tizimining vujudga kelishi. Genuya valyuta tizimining tamoyillari va xususiyatlari


Download 1.49 Mb.
bet3/4
Sana10.11.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1760593
1   2   3   4
Bog'liq
genuya valyuta tizimi2

1-bosqich
    • Ikkinchi bosqichda (1931-yilning o‘rtalarida) jahon valuta tizimining kuchsiz bo‘g‘ini xorijiy kapitalning qaytishi, rasmiy oltin zaxirasining kamayishi va banklarning bankrotlikka uchrashi tufayli Germaniya va Avstriyada yuzaga keldi. Germaniya valuta cheklovlarini joriy etgan holda tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlarni va markani oltinga almashinuvini bekor qildi. Amalda mamlakatda oltin andozasi bekor qilinib, markaning rasmiy kursi «muzlatildi».

2-bosqich
Jahon iqtisodiy inqirozining kuchayishi tufayli 1931-yilda Buyuk Britaniyada oltin andozasining bekor etilishi orqali yuzaga chiqdi. Bu holatning bevosita sababi to‘lov balansi holatining yomonlashuvi va tovarlar eksportining hamda «ko‘rinmas» operatsiyalardan tushumning keskin qisqarishi tufayli mamlakat rasmiy oltin zaxirasining kamayishi bo‘ldi. 1931-yilning 21-sentabriga kelib fuht sterlingning oltin quyilmalarga almashinuvi bekor qilindi, uning kursi esa 30,5%ga pasaydi. Bir vaqtning o‘zida Britaniya hamdo‘stlik davlatlari (Kanadadan tashqari) hamda Buyuk Britaniya bilan yaqin savdo aloqalariga ega bo‘lgan mamlakatlar valutalari devalvatsiya qilindi. Germaniyadan farqli ravishda Buyuk Britaniyada funt sterlingning qadrini hamda Londonning jahon moliyaviy markazi sifatidagi mavqeini ushlab turish maqsadida valuta cheklovlari joriy etilmadi. Ushbu davrda Buyuk Britaniya devalvatsiyadan muvaffaqiyat qozondi, ya’ni Angliya eksportyorlari devalvatsion mukofot hisobiga valuta dempingini amalda keng qo‘lladilar va natijada Buyuk Britaniya to‘lov balansining passiv saldosi qisqardi.
3-bosqich
Valuta inqirozining to'rtinchi bosqichida oltin andozasi iqtisodiy inqirozning shiddatli avj olishi natijasida AQSHda bekor qilindi. Ushbu holatning bevosita sababi narxlarning notekis va shiddatli pasayishi bo'ldi hamda ommaviy bankrotlikni keltirib chiqardi. Banklarning yirik qismi (mamlakat banklari umumiy sonining 40%) bankrotlikka uchrashi tufayli AQSHda pul-kredit tizimi izdan chiqdi va dollar banknotalarini oltinga almashtirish bekor etildi. AQSH milliy korporatsiyalari raqobatbardoshligini oshirish maqsadida valuta urushlarini joriy etish uchun oltin sotib olish yo‘li bilan dollar kursini pasaytirish siyosatini o'tkazdilar. 1934-yil yanvariga kelib dollar oltinga nisbatan 40%ga qadrsizlandi va 41%ga devalvatsiya qilindi. Mazkur davrda amalga oshirilgan dollarning devalvatsiyasi AQSH eksportini birmuncharag‘batlantirdi, lekin iqtisodiy turg‘unlik sharoitlarida mamlakatda mahsulotlar narxi birqadar oshib ketdi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling