1. Geografiyning rivojlanishiga hissa qo`shgan allomalar


Geografiya fanlarining hozirgi tizimi va unda tabiiy geografiyaning o`rni


Download 42.43 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi42.43 Kb.
#1594820
1   2   3   4
Bog'liq
Geografiyning rivojlanishiga hissa qo`shgan allomalar

Geografiya fanlarining hozirgi tizimi va unda tabiiy geografiyaning o`rni
Ch.Layel tomonidan yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. V.V.Dokuchayev tomonidan tabiat zonalligi ta’limoti, A.A.Grigorev tomonidan geografik qobiq ta’limoti, V.A.Vernadskiy tomonidan biosfera ta’limoti yaratildi.
Bu bosqichning asosiy natijalari: geografiya jamiyatlari tuzildi. Shimoliy va Janubiy qutblar zabt etildi va dunyo xaritasida noma’lum bo‘lgan hududlar qolmadi. Ilmiy geografiya vujudga keldi. Okeanograf ya fani shakllandi. Meteorologik va gidrologik stansiyalar bunyod etildi. Atmosfera va okeandagi harakatlarning mohiyati ochib berildi. Yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. Bir necha ta’limotlar: tabiat zonalligi, geografik qobiq, biosfera ta’limotlari yaratildi.
Hozirgi zamon bosqichi. Geografiya fan-texnika inqilobi ta’sirida jadal rivojlanmoqda. Bu bosqichda geografiya fanining rivojlanishidagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: geografik tadqiqotlarda modellashtirish va tajriba usullari, geografik axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalari, kosmik usullar keng qo‘llanilmoqda. Kosmik usullar yordamida aylanasimon tuzilmalar, atmosfera harakatlari, okean suvi aylanma harakati va chuqurdagi suvlarning ko‘tarilish jarayonlari aniqlandi. Insonning tabiatga ta’siri kuchayib, hatto geografik qobiq doirasidan tashqariga chiqib ketdi. Shu munosabat bilan tadqiqotlar lokal (mahalliy) muammolar bilan bir paytda global muammolarga ham o‘z diqqatini qaratmoqda.
Fanda tabaqalanish, ya’ni geografik fanlar ichida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, landshaftshunoslikning Ichida amaliy landshaftshunoslik, antropogen landshaftshunoslik kabi bo‘linishlar yuzaga keldi.
Geografiya eng qadimgi va hamisha navqiron fanlardan biri. Geografik kashfiyotlar, g‘oya va bilimlarning rivojlanish xususiyatlariga asoslanib, bu fanning tarixida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin.
Qadimgi yoki antik davr bosqichi. Ibtidoiy odamlarning o‘zi yashab turgan joyni o‘rganish, yashash uchun qulay, tabiiy resurslarga boy joylarni topish va tasvirlashga bo‘lgan intilishlari asnosida dastlabki Geografik bilimlar to‘planib borgan. Er.avv. 2-ming yillikda finikiyaliklar O‘rta dengizdan Gibraltar bo‘g‘izi orqali suzib o‘tib, Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab Hindistongacha suzib borganlar. Shu paytdan Osiyo va Yevropa nomlari paydo bo‘lgan.
Geografiyning ribojlanishiga juda katta hissa qo`shgan allomalardan biri – sayyoh, geografik tadqiqotlar tashkilotchisi, buyk rus olimi Petr Petrovich Semyonov – Tyanshanskiydir (1827 – 1914). U geografiyaning predmeti va vazifalari masalalri bilan ham bevosita shug`ullangan. U K.Ritterning “Osiyo Yer bilimi” asarining rus tilidagi nashriga yozgan so`zboshida keng va tor ma`nodagi geografiyani farqlaydi. Keng ma`nodagi geografiya Yer sharini qattiq, suyuq va gaz qobiqlari bilan birgaliqda, uning boshqa sayyoralarga va unda yashaydigan organizmlarga munosabati qonunlarini to`liq tadqiq qiladi.Uning firicha keng ma`nodagi geografiya tadqiqot predmetining o`zshashligi bilan o`zaro bog`liq bo`lgan fanlarning butun tabiiy guruhidir. Fanlarning bu guruhiga matematik geografiyani, Yerni vauning tuzilishi qonunlarini o`rganadigan tabiiy geografiyani, etnografiyani va statistikani kiritadi.
Tor ma`nodagi geografiya Yer yuzasining fiziografiyasi, ya`ni uning doimiy, asrlar davomida tabiatning o`zi tomonidan belgilangan o`chmaydigan tuzulishiniham, inson qo`li bilan yaratilgan o`zgaruvchan, o`chadigan tuzilishini ham tasvirlashdir. L.S. Berg P.P.Semyonov – Tyanshanskiyning tor ma`nodagi geografiyasini mamlakatshunoslik deb hisoblagan edi. A.G. Isachenko esa (1971) yadrosini tabiiy geografiya tashkil etadigan tabiiy fan deb hisoblaydi.
XIX asrning so`ngi choragida geografiya Yer yuzasi haqidagi fan ekanligi to`g`risida tushuncha vujudga keldi. Bu tushuncha nemis geografi va geologi Ferdinand fon Rihtgofen (1833 – 1905) tomonidan rivojlantirildi. F.Rixtgofen geografiya o`simlikni Yer yuzasiga bo`lgan munosabatda, insonni esa butun tabiatga bo`lgan munosabatda o`rganish lozimligini ta`kidlagan edi. Geografiyaning eng asosiy maqsadi F.Rihtgofenga ko`ra, jonli tabiatning jonsiz tabiat bilan bilan bog`lik ekanligini hisobga olgan holda insonning jonli va jonsiz tabiat bilan aloqalari va munosabatlarini ochib berishdan iborat. U geografiyaning o`rganish predmetini quruqlik, dengiz va atmosferaning o`zaro ta`sirdagi Yer yuzasi (Erdoberfläche) deb hisoblagan; geografiyaning o`ziga xos maqsadi Yer yuzasida mujassam o`zaro ta`sirda namoyon bo`ladigan turli hodisalarga e`tiborni qaratilishi lozim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, Yer yuzasining har qanday qismini geografik jihatdan o`rganishni mukammal tabiiy geografik tasvirlashdan boshlash va shundan so`ng boshqa tabiiy tavsiflar va ularnig o`zaro aloqalarini tadqiq qilish lozim.
Fridrih Ratzel (1844 – 1904) sotsial geografiyning tarkib topishiga asos solgan nemis olimi. U o`zining “Antropogeografiya” deb nomlangan asarida tabiiy fenomenlarning inson tarixi yo`nalishiga ta`sirini bayon qilgan. U asosiy e`tiborni tabiiy sharotlarning insonga ta`sirini emas, balki inson faoliyatiga ta`sirini o`rgangan. F. Ratzelning asarlarida “Biosfera” termini (tushunchasi) ilmiy barqarorlikka ega bo`ldi va tan olindi.
F. Ratzel geografik determinizmni sotsial darvinizm bilan to`ldirdi, ya`ni biologik qonunlarni ijtimoiy munosabatlarni o`rganishga ko`chirishga harakat qildi. U kengayishga intiladigan davlatning organizm sifatidagi g`oyaning ham asoschisidir.
Pol Vidal de la Blash (1845 – 1918) – geografiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan fransuz olimidir.Uning fikricha geografik tadqiqotlarda asosiy e`tibor uncha katta bo`lmagan bir xil hududlarni bevosita o`rganish yo`li bilan inson va uning bevosita atrof muhiti (milieu) orasidagi mujassam o`zaro aloqalarga qaratilmog`i lozim. Fransiyada bunday hududlarni “peylar (pays)” deb atash qabul qilingan. Vidal geografik tadqiqot metodri to`g`risida bir qator g`oyalarni ishlab chiqqan. U xorologiya (yun. choros joy; logos fan, ta`limot) konsepsiyasini hududning o`zaro ta`sirda bo`lgan Yer yuzasining muayyan joylarini ifodalaydigan birligi orqali bog`langan ob`yektlar va hodisalarni o`rganish metodi sifatida qo`llab – quvvatlagan. Uning fikricha “…geografiya …bilimlarning umumiy xazinasiga o`zining tabiat qo`shgan narsalarni qismlarga bo`laklamaslik, umuman butun Yer yuzasida ham, ularning joylashuvining ayrim rayonlari doirasida ham narsalarning nisbati va aloqasini tushunish qobiliyatini kiritadi” deb yozgan edi (Jeyms, Martin, 1988). Vidal de la Blash asos solgan fransuz geografiya maktabi geografiyaning tabiiy va ijtimoiy komponentlariga baravar e`tibor bergan. Shu maktabning yorqin namoyondalaridan biri E. de Martonne asosan tabiiy geografiya bilan shug`ullangan. U geografiyadagi an`anaviy bilimni geologiya, geofizika va biologik bilimlarning ishonchli asoslari bilan qo`sha bilgan.
Martonnega ko`ra tabiiy geografiya hududning bir butun geografik tadqiqotini o`z ichiga oladi. Uning fikricha, geografiya Yer yuzasidagi fizikaviy, biologik va inson faoliyati bilan bog`liq hodisalarni, bu hodisalarning sababiy bog`lanishlarini o`rganadi. Uningcha geografiyaning predmetini fizikaviy, biologik va inson faoliyati bilan bog`liq hodisalarning Yer yuzasi bo`yicha taqsimlanishi va bunday taqsimlanishning sabablari tashkil etadi.
Shu davrning fransuz geograflari uchun geografiya ilmiy bilimning bir yioki bir necha sohasiga mansubligi, tabiiy va iqtisodiy geografiya orasidagi dihotomiya (yun. dicha ikki qismga, tomё qirqma, kesma) masalalriga oid muammolar bo`lmagan. S.Valloh o`zining “Geografiya fanlari (Les sciences geographiques)” degan kitobida tadqiqotning bir paytning o`zida ham unitar (lot. unitas birlik), ham avtonom (yun. autos o`zi, nomos qonun) maydoni, ko`pgina fanlar uchun esa yordamchi bilim sifatidagi geografiya to`g`risidagi tasavvurini bayon qiladi (Jeyms, Martin, 1988). Uning fikricha, geografiya nafaqat o`zining juz’iy falsafasiga ega, balki inson olami uchun o`ziga xos falsafa hamdir. Fransuz geograflarinng tushunchasidagi rayon nemis geografi O. Shlyutter tasavvuridagi madaniy landshaft (Qo`lturlandschaft) tusunchasiga deyarli o`xshash.
AQShlik geolog va geograf olim Nataniel Sautgeyt Sheylerning tadqiqolarida asosiy e`tibor Yer yuzasini kisxilarning hayoti bevosita bog`liq bo`lgan tabiiy resurslar manbai sifatida o`rganishga qaratilgan bo`lib, inson va uning faoliyatini landshaftning bir qismi sifatida qaragan. Shuningdek, uning fikricha Yer yuzasidagi o`zaro bog`liq bo`lgan predmet va hodisalarni tusuntirishda o`zgarish jarayonining ahamiyatini teran aniqlash lozimligini o`qtirgan. N.Sheyler J.Marshdan keyin birinchilardan bo`lib inson faoliyati, ayniqsa tiklanmaydigan tabiiy resurslarning qashshoqlashuvi jarayonida, Yer yuzasining ko`rinishini o`zgartirishiga e`tbor qaratgan. U doimo Yerni insonning uyi sifatida o`rganish zarur, deb hisoblagan.
N.Sheylerning shogirdi taniqli AQShlik geograf Uilyam Morris Devis tabiiy geografiyaning, ayniqsa uning tarkibiy qismlaridan biri bo`gann geomorfologiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo`shgan. Uning maktablarda, kollejlarda va oliy o`quv yurtlarida geografiyani o`quv fani sifatida tashviqot qilishda o`rni beqiyosdir. U.Devisda Yer to`g`risida umumiy fan va bu fan doirasida u sayyorani shakllantiruvchi dinamik modelni yaratish g`oyasi mavjud bo`lgan. Uning fikricha geografiyani o`rganish kopgina tabiiy fanlarga o`ziga xos muqadima bo`lishi lozim edi.
U.Devis geografiyaning kegroq miqyosdagi konseptual tuzilmasini topishga harakat qildi. U odatda noorganik tabiatning nazorat qilishni amalga oshiradigan ayrim elementlari va organik tabiatning nazoratni aks ettiruvchi ayrim elementlari orasida mavjud bo`ladigan umumiy qonuniyatlarning sababi va oqibatlarini topishga harakat qildi. Uning fikricha, sababiy aloqa g`oyasida geografiyadagi eng aniq birlashtiruvchi prinsip mavjud. U geografiyani noorganik tabiatning yo`riqlari va organik tabiatning unga javobi orasidagi o`zaro munosabatlarni o`rganadigan fan sifatida belgilaydi.
Mark Jefferson - geografiyaning tarkib topishi tarixida tushunchalar tuzulmasiga salmoqli hissa qo`shgan AQSHlik olimlardan yana biridir. Umumam M. Jefferson o`zining ilmiy ishlari bilan geografiyaning konseptual mazmunini ancha boyitdi.HH asrning birinchi yarmida AQShda geografiya asosan tabiiy muhitning insonga ta`sirini ochib berish bilan shug`ullangan.M.Jefferson o`quv fani sifatidagi geografiyaning fokusi (lot. focus manba, markaz,o`choq) “Yer va inson” tasavvuriga emas, balki “Yerdagi inson” tasavvuriga qaratilmog`i lozim. Uning fikricha, geografiyaning predmetiga berilgan ta`riflarning birortasi ham predmet to`g`risidagi qisman haqiqatni ochishdan boshqa narsaga da`vo qilishdan boshqa narsa emas; geografiyaning mohiyati taqsimlanishlar orasidagi ochib berish mumkin bo`lgan taqsimlanish va aloqalarning sabablarining mavjudligida ifodalanadi; kartografiya – geografiyaning san`ati bo`lib, geografiya fan sifatida joylashuv turlaridan har birining konfiguratsiyalarini (lot. configuratio ko`rinish, joylashuv) bir-biridan farqlash faktlarini fikrlaydi va ularning bir-birlari bilan aloqalarini qidiradi.
Pollin D. Solsberi geografiyaning tabiiy geografiya bo`limini fiziografiya deb ataydi. Uning tasavvuricha fiziografiya inson munosanatlarining holati rivojlanadigan tabiiy muhitni ilmiy o`rganish bilan shug`ullanadi.
Jorj B. Rurbah 1914-yilda “Geografiya nima ?” degan savolga javob olish maqsadida geografiya olimlari uchun savolnoma tuzib tarqatadi. Savolnomada geografiyaga oid ko`pgina muhim vazifalar qo`yilgan edi. Olingan javoblar asosida u geografiya Yer va hayot orasidagi o`zaro aloqalarni o`rganadi, degan javobda to`liq hamfikrlikni aniqladi.
Alfred Hettner (1859 - 1941) F. Rihtgofenning geografiya talqinidagi xorologik konsepsiyasini mukammal ishlab chiqqan va rivojlantirgan nemis geografi bo`lib, geografiyaning mustaqilligini asoslashga harakat qilgan.
A.Hettner o`zining “Geografiya, uning tarixi, mohiyati va metodlari” asarida (1927) geografiya alohida hududlarni o`rganish bilan shug`ullanishi lozimligini qat`iy ta`kidlaydi va geografiyani xorologik (yun. choros joy, logos tushuncha, ta`limot) fan, ya`ni tasviriy mamlakatshunoslik sifatida belgilagan.Uning fikricha, geografiya o`zining tadqiqot predmetiga ega emas, bu fan Yer yuzasida uchraydigan barcha tabiiy va sotsial-iqtisodiy hodisalarni qamrab oladi, ammo ularni juz’iy xossalariga ko`ra emas, balki “Yer fazosini predmetli to`lg`azib turishi” sifatida qaraydi. Geografiya predmet va hodisalarning rivojlanishini zamonda o`rganmasligi, umumlashtirish va qonunlarni belgilash bilan shug`ullanmasligi lozim; uning asosiy vazifasini alohida joylarning individual juz’iyatlarini o`rgaish tashkil etishini ta`kidlaydi. A. Hettnerning fikricha, geografiya – bu bir paytda ham idiografik (yun. idea tushuncha, g`oya; grǎpho yozaman, tasvirlayman), ham nomotetik fandir.
Download 42.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling