1. Gidrogenlash usullari. Gidrogenlash texnologik sxemalari
- rasm. Turgun katalizatorli kolonna reaktorda uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi
Download 247.47 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrogenlash jarayonining texnologik rejimlari.
22 - rasm. Turgun katalizatorli kolonna reaktorda uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi.
Xomashyo (1) sigimdan (2) nasos yordamida (8) issiqlik almashtirgich va (16) quvurli isitgich orqali uzluksiz ishlovchi (15) vakuum quritish uskunasiga beriladi. So`ngra (3) yiggichdan (4) nasos bilan (5) bugli isitgich orqali (6) aralashtirgichda vodorod bilan birga (7) reaktorga beriladi. Reaktordan chiqayotgan salomas (17) salomas yiggichga va undan so`ng (8) issiqlik almashtirgichga keladi. SHundan so`ng salomas (9) nasos yordamida (18) quvurli sovutkich orqali (10) tayyor maxsulot yiggichga uzatiladi va (11) nasos bilan omborxona baklariga jo`natiladi. Tozalangan va yangi vodorod aralashmasi (14) aralashtirgichdan (13) kompressor yordamida (19) resiver va (12) bugli isitgich orqali (6) aralashtirgichga, keyin (7) reaktorga beriladi, (17) salomas yiggichdan vodorod tozalash sistemasiga jo`natiladi. qotishmali turgun katalizator ishtirokida gidrogenlash jarayoni 180-2200C va bosimi 0,6-0,8 MPa ga teng bo`lgan sharoitda olib boriladi va texnik salomas olinadi. Bunda berilayotgan vodorod miQdori 300-400 m3/soatni va reaktorni ish unumdorligi 0,6-1,5 t/soatni tashkil qiladi. Turgun katalizatorli kolonna tipidagi reaktorga beriladigan vodorod miqdori gidrogenlashga sarf bo`ladigan vodorod miqdoridan 6-10 marta ko`p bo`ladi. Foydalanish jarayonida turgun katalizator gidrogenlash davomida aktivligini yo`qotadi. Masalan, qotishmali turgun katalizatorni ishlash muddati 1-3 oygacha bo`ladi. SHundan so`ng gidrogenlash reaktorlarida katalizator regeneratsiya qilinadi. Aktivligini yo`qotgan qotishmali katalizator sirt faol moddalarni issiq eritmasi bilan yuvib, yogsizlantiriladi. Keyin salomas qoldiqlarini sovunlash va katalizatorni ish?orlash uchun 1-2% li ishqor eritmasi bilan ishlov beriladi. Katalizatorga ishlov berib bo`lgandan so`ng suv bilan yuviladi va vodorod bilan quritiladi. Gidrogenlash jarayonining texnologik rejimlari. Gidrogenlash rejimi gidrogenlanadigan xomashyoni sifatи va yog kislota tarkibiga, salomas, gidrogenlash qurilmasi va katalizatorni turiga bogliq bo`ladi. Margarin maxsulotlari uchun mo`ljallangan salomas odatda uzluksiz usul bilan avtoklav batareyalarida 0,05-0,2 MPa bosim ostida kukunsimon nikel'-mis katalizatori ishtirokida olinadi. Past titrli va yuqori titrli texnik salomaslar xam shu sharoitda olinadi. Download 247.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling