1. Gidrogenlash usullari. Gidrogenlash texnologik sxemalari


Download 247.47 Kb.
bet1/5
Sana25.10.2023
Hajmi247.47 Kb.
#1720167
  1   2   3   4   5

10–MA’RUZA:
Yoglarni gidrogenlash uskunalari.
Reja:


1. Gidrogenlash usullari.
2. Gidrogenlash texnologik sxemalari
3. Gidrogenlash jarayonining texnologik rejimlari
Gidrogenlash usullari. Yoglarni gidrogenlash - suyuq fazali geterogen - katalitik jarayondir. Vodorod va qattiq - suspenziyali yoki turgun katalizatorlar ishlatiladi.
Gidrogenlash davriy va uzluksiz usullar bilan olib boriladi. Avtoklav orqali o`tayotgan vodorod xarakatining xarakteri jixatdan quyidagi usullarga bo`linadi:
1. To`yinish usuli - bunda vodorod reaktor ichida bosim ostida tsirkulyatsiyalanadi va reaktorga vodorod, uning sarfiga qarab beriladi. Bu usul chet elda keng qo`llaniladi.
2. Vodorodni tashqi tsirkulyatsiyalash usuli - bu usulda vodorod reaktorga ortiqcha miqdorda beriladi va avtoklavdan chiqarilib turiladi. Keyin, tozalangandan so`ng jarayonga qaytariladi. Bu usul MDX da keng qo`llaniladi.
3. Oquvchi (struevoy) usul - turgun katalizator reaktorga joylashtiriladi. Yogning vodorod bilan aralashishi katalizator qatlami orqali o`tadi.
Gidrogenlash uchun reaktorlar (avtoklavlar) aralashtirgichli va aralashtirgichsiz, kolonna tipidagi reaktorlar ishlatiladi.
Avtoklav (20-rasm) Sigimi 12,5 m3 bo`lgan reaktor (1) kislotaga chidamli po`latdan yasalgan bo`lib, sferik qopqoq va taglikdan iborat. Apparat o`qi bo`ylab trubinali aralashtirgich bo`lgan val (2) o`tgan bo`lib, reduktor orqali elektromotor (3)ga biriktirilgan. Apparat qopqogida lyuk (4), vodorodni kirishi va chiqishi, katalizator suspenziyasi uchun patrubkalar mavjud. Reaktor ostida apparatni bo`shatish uchun patrubkа (8) joylashgan.
Trubinali aralashtirgich ostida vodorod barbateri (7) bo`lib, uning teshiklari diametri 2mm bo`lgan xalqasimon ko`rinishidagi ikki trubadan iborat. Trubinali meshalka ustida apparat peremetri bo`yicha oltitа zmeevikli issi?lik almashgich (5) o`rnatilgan bo`lib, ulardan uchtasi gidrogenlashdan oldin moyni xizdirish uchun ishlatilsa, qolgan uchtasi tayyor maxsulot - salomasni sovutish uchun ishlatiladi. Uzluksiz gidrogenlash uchun reaktorda xuyish patrubkasi (6) mavjud. Reaktorni isituvchi bug bosimi 2,5-3,5 MPa. Apparatda ruxsat etilgan ishchi bosim 0,5 MPa gacha va xarorat 2800S gacha bo`ladи.
Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi. (21-rasm). Uzluksiz usul bilan gidrogenlash batareyalarida amalga oshiriladi. U uchta avtoklavdan iborat bo`lib, ular gazlift yoki xuyuvchi truba orxalи birlashtirilgan.
Rafinatsiyalangan va oqlangan yog, (1) yiguvchi bakdan (2) nasos dozator bilan uzluksiz ravishda (3) issi?lik almashgich or?ali (u erda tayyor salomasning issi?ligi ?isobiga isitiladi) (41) avtoklav ga keladi. Bu avtoklavda yog yuqori bosimli bug bilan 190-2000Cgacha isitiladi.
Avtoklav (41) ga ketma-ket ishlovchi yiguvchi (15) baklardan (16) nasos dozator bilan uzluksiz ravishda katalizator berib turiladi.

Download 247.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling