1. Gidrogenlash usullari. Gidrogenlash texnologik sxemalari


- rasm. Yoglarni gidrogenlash uchun avtoklav


Download 247.47 Kb.
bet2/5
Sana25.10.2023
Hajmi247.47 Kb.
#1720167
1   2   3   4   5
20 - rasm. Yoglarni gidrogenlash uchun avtoklav



Katalizator, (13) aralashtirgich dagi yangi katalizator va ishlatilgan (14) katalizator aralashtirib 1:4 yoki 1:5 nisbatda tayyorlanadi. Katalizator avtoklavga kontsentratsiyasi 5% bo`lgan yogli suspenziya shaklida yuboriladi. Yog ikkinchi (42) avtoklavga x?arorat 200-2100C, keyin esa uchinchi (43) avtoklavga quyiladi, xarorat 210-2200C ga teng bo`ladi.
Tayyor salomas ishlatilgan katalizator bilan birga (12) gazajratgich, issiqlik almashinish (3) apparati orqali salomas yiguvchi - tindirish (5) apparatiga keladi, u erda salomas qisman katalizatordan ajratiladi, keyin (6) sovitgich orqali (7) fil'trpressga keladi va katalizatordan ajratiladi. Salomasning xarorati oziqaviy salomas uchun 1000C dan, texnik salomas uchun 120-1300C dan oshmasligi kerak.
Fil'trlangan salomas (8) bakda yigiladi. Ajralgan vodorod gaz ajratgichdan gaz tozalash sistemasiga yuboriladi, u ikkita markazdan qochma tomchi (17,20) ajratgich suvli va ishqorli (18,19) skrubberlardan iborat. (19a) Apparat da ishqor tomchisini ajratish uchun. Rashig xalqasi tuzilishida nasadka bor. Tozalash sistemasidan ishlatilgan vodorod (21)aralashtirgichga keladi, u erda yangi vodorod bilan aralashtiriladi. Bu aralashma (21) aralashtirgichdan (22) kompressor bilan yuqori bosimli (23) ressiverga yuboriladi, u erdan (24) sovitgichdan rassol bilan 3-50C gacha sovitiladi va suv (25) ajratgich orqali (41;42;43) avtoklavlarga keladi. Siqish va sovitish orqali vodorod quritiladi. Suv miqdori 25-40 g/m3 dan 3 g/m3 gacha kamayadi.
Agar kerak bo`lsa, gidrogenlanayotgan yogni sovuq yog bilan (9) bakdan (10) nasos yordamida (11) sovitgich orqali sovitiladi.



21 - rasm. Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi

Avtoklavdan avtoklavga yog gazlift yordamida o`tadi. Gazliftda ishchi gaz vodorod xisoblanadi. Gazlift ikkita bir-birini ichiga qo`yilgan truba bo`lib, u avtoklav tagigacha tushgan bo`ladi. Ichki truba orqali vodorod yuboriladi, bu trubaning pastki qismida mayda teshikchalar bor. Vodorod yog bilan aralashib, kichik solishtirma ogirlikdagi aralashmani xosil qiladi. SHuni xisobiga trubadagi yog ko`tariladi va biriktiruvchi truba orqali keyingi avtoklavga quyiladi. Yog quyilishining tezligi vodorod uzatilishini o`zgarishi bilan nazorat qilinadi. Gazliftda yog katalizator bilan yanada yaxshiroq kontaktda bo`ladi, бу esa yogning to`la to`yinishiga olib keladi.


Turgun katalizatorda gidrogenlash. Rasmda turgun katalizator joylashtirilgan reaktorda uzluksiz gidrogenlash sxemasi ko`rsatilgan.






Download 247.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling