4-mavzu. Monomolekulyar asinxron mexanizmda o’tadigan reaksiyalar. Gidrogenlash
Download 62.5 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Degidrogenlash
4-MAVZU. Monomolekulyar asinxron mexanizmda o’tadigan reaksiyalar. Gidrogenlash (hydrogenium — vodorod) — oddiy moddalar (kimyoviy elementlar)ga yoki murakkab birikmalarga katalizatorlar ishtirokida vodorod biriktirish reaksiyasi. Kimyoviy birikmalardan vodorodni ajratish — degidrogenlash esa ning aks reaksiyasidir. Gidrogenlash va degidrogenlash organik moddalarni katalizatorlar ishtirokida sintez qilishning muhim usullari boʻlib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Bu reaksiyalar sanoatda ulkan reaktorlarda olib boriladi. Yogʻlar va kumirni gidrogenlash shular jumlasiga kiradi. Boshqa qator reaksiyalarda gidrogenlash va degidrogenlash reaksiyalari mujassamlashgan holda amalga oshiriladi. Etil spirtning katalizatorlar ishtirokida atsetaldegidga aylanishidan iborat qaytar reaksiya bunga misol boʻla oladi. Organik birikmalarni qatarish va gidrogenlash reaksiyalari. Alkenlar va alkinlarni katalizator (Ni) ishtirokida gidrogenlab ham alkanlar odinadi. Organik birikmalarga vodorodni birikishi gidrogenlash reaksiyasi deyiladi. R -CC-R + H2 R CH=CH-R+H2 R CH2-CH2-R T-ra koʻtarilganda va N2 bosimi pasayganda atsetaldegid, aks holda etil spirti hosil boʻladi. Gidrogenlash va degidrogenlashda baʼzi metallar (Fe, Ni, Co, Pt, Os va h.k.), oksidlar (NiO, CoO, Sg2O3, MoO2 va h.k.), shuningdek sulfidlar (WS2, MoS2, CrnSm) katalizatorlar boʻlib xizmat qiladi. Gidrogenlash va degidrogenlash sanoatda keng qoʻllaniladi. Mac, koʻpgina kimyo korxonalariga xom ashyo boʻladigan va erituvchi hisoblanadigan metil spirt uglerod monoksidini pyx-xrom oksidlari (katalizator) ishtirokida gidrogenlab olinadi. Boshqa katalizatorlar ishlatilganda, yuqori spirtlar ham shu usul bilan olinadi. Margarin i.ch. yogʻlarni gidrogenlashga asoslangan. Kapron, anid (naylon) va b. materiallar ishlab chiqarila boshlashi munosabati bilan oraliq mahsulotlar (fenoldan siklogeksonal, adipin kislota dinitrilidan geksametilendiamin va anilindan siklogeksilamin) olishda gidrogenlashdan keng foydalaniladi. SO ni turli katalizatorlar ishtirokida gidrogenlab, benzin, qattiq parafinlar yoki kislorodli organik birikmalar olish mumkin. Yuqori bosim ostida azot bilan vodorodni oʻzaro taʼsir ettirib, ammiakni sintezlash ham gidrogenlashdir. Gidrogenlash monomerlar sanoatida kauchuk va smolalarsh sintez qilishda keng qoʻllaniladi. Sintetik polimerlar i.ch.da, stirol va uning hosilalarini olishda, alkilaromatik uglevodorodlardan — etilbenzolni stirolga, izopropilbenzolni metilstirolga aylantirishda degidrogenlashning ahamiyati katta. Degidrogenlash (degidrogenlash) — organik birikmalardan katalizator ishtirokida vodorod ajra-tib olish reaksiyasi. Elektron almashinish bilan sodir boʻladigan oksidlanishqaytarilish jarayonlariga kiradi. Gidrogenlash uchun yaroqli katalizatorlarning kupi degidrogenlash uchun ham ishlatiladi. Degidrogenlash yuqori t-rada boradi. Bosimning oshishi degidrogenlash jarayoni bilan susayadi. Uglevodorodlarni Degidrogenlash da tarkibida Sg2O3 va MoO3 boʻladigan katalizatorlar koʻproq ishatiladi. Sanoatda Degidrogenlash.dan foydalanib, yuqori sifatli yoqilgʻi hamda monomerlar oli-nadi. Alyumoxrom katalizatorlari ishtirokida normal parafin uglevodorodlarni degidrogenlab, olefinlar va diolefinlar olinadi. Shu usuldan foydalanib, neft bilan birga chiqadigan yoʻlakay gazlar hamda neft mah-sulotlaridan butadiyen va izopren, bulardan esa kauchuk olinadi. 4 CH4 CHCH+CH2=CH2+5H2 2 CH3CH3 CHCH+CH2=CH2+3H2 Download 62.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling