Kation polimerlanish. Katalizatorlar va hamkor katalizatorlar


Download 11.39 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi11.39 Kb.
#1058227
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kation polimerlanish. Katalizatorlar va hamkor katalizatorlar-fayllar.org


Kation polimerlanish. Katalizatorlar va hamkor katalizatorlar

Kation polimerlanish. Katalizatorlar va hamkor katalizatorlar


  • Kation polimerlanish. Katalizatorlar va hamkor katalizatorlar.

  • Kation polimerlanish mexanizmi.

      3. Kation polimerlanishda zanjir uzilishi. Kation polimerlanish kinetikasi.

Kation polimerlanish. Katalizatorlar va hamkor katalizatorlar. Kation polimerlanish mexanizmi.

Kation polimerlanish. Katalizatorlar va hamkor katalizatorlar. Kation polimerlanish mexanizmi.

Monomerlarning ionli polimerlanish jarayoni katalizatorlar ishtirokida boradi. Ionli polimerlanish ham radikal polimerlanishga o’xshash zanjir reaksiyalardan iborat bo’lib, faqat o’sayotgan zanjir uchidagi radikal urnida kation yoki anion bo’ladi. O’sayotgan makromolekula o’zining musbat yoki manfiy zaryadlarini zanjir bo’ylab uzatishi orqali polimer zanjirining o’sishiga imkoniyat tug’iladi. Shu sababli o’sayotgan makroionning zanjir uchida hosil qilgan ionining zaryadiga qarab kationli va anionli polimerlanishi sodir bo’ladi.Shunday qilib, ionli inisiatorlar yoki jarayon tezligini ionlar yordamida tezlashtiruvchi moddalar ishtirokida sodir bo’ladigan polimerlanish jarayoni ionli polimerlanish deyiladi. Organik modda molekulasi tarkibidagi uglerod atomining zaryadlangan zarracha-ion holiday mavjud bo’lishini olimlar Balden 1903 yilda va Tang 1921 yilda ba`zi organik moddalarning eritmalarini elektr utkazuvchanlik xossalarini o’rganish natijasida aniqlagan edilar. Keyinchalik N.Berrum 1926 yilda kimyo faniga juft zaryadli ionlar tushunchasini kiritdi. Faynman naftalinning natriyli to’zining EPR spektrini o’rganib, organik anionlarning metal atomlari bilan ion jufti holiday mavjud bo’lishini fizikaviy usullar yordamida isbotladi. Shunday qilib, fanda yuqori reaksion faollikka ega bo’lgan ionlar ta`sirida yuqori molekulyar birikmalar olish mumkin bo’ldi. Ionli polimerlanishning qulayliklaridan biri polimerlanish jarayonini nihoyatda past haroratda olib borish imkonini ( -50dan-130 0S) beradi


Download 11.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling