Keltirilgan polimerlanish jarayoni mexanizmining sxemasidan ko’rinib turubdiki, kationli polimerlanish davrida makrion zanjirining oxirgi monomer halqasidagi qo’shbogning elektron buluti bog` bo’ylab, uglerod atomidan siljishi natijasida bu uglerod atomi musbat zaryadlangan karboniyionga aylanadi. Bunday karbokation, electron zichligi ortiq bo’lgan qo’shbogning CN 2 –guruhsi bilan oson birikadi va natijada monomer molekulalari usayotgan polimer zanjirida qat`iy tartib bilan “boshga - dum” holiday birikib boradi. Kationli polimerlanishda katalizator bilan sokatalizatorning miqdori stexiometrik nisbatda bo’lganda polimerlanish tezligi ortib, hosil polimerning molekulyar massasining kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari sokatalizatorning faolligi muhitning harakteriga bog`liq bo’ladi. Masalan, xlorid kislota qutbli erituvchilar muhitida polimerlanishni tezlashtirib yuboradi. Natijada makromolekula zanjiri yuqorida keltirilgan qonuniyat asosida o’sib boradi. Zanjirning uzilishi monomolekulyar mexanizm qonuniyatlari asosida boradi ( va bu holat amaliy tajribalar yordamida isbotlangan).
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |