1. Gigiyena fanining asosiy vazifalari ?


Download 20.3 Kb.
Sana20.10.2020
Hajmi20.3 Kb.
#134996
Bog'liq
savollarga javob


1.Gigiyena fanining asosiy vazifalari ?
Gigiyena fanining asosiy vazifalariga atrof muhit omillarini o'rganish va ularni odam organizmiga tasir etish xususiyatlarni aniqlash; olingan natijalarga asoslanib odam organizmi uchun befarq bo'lgan va uzoq muddat davomida tasir etganda ham zararli tasir ko'rsatmaydigan gigiyenik meyorlar va reglamentlarni ishlab chiqish; ishlab chiqilgan meyorlar va reglamentlarni hayotga tadbik qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish kiradi.
2.Gigiyena fanining tibbiyotda tutgan o'rni?

Gigiyena fani aholi sog’ligini saqlash va uni har tomonlama mustahkamlashdek vazifalarni o’rgatishi bilan tibbiyotda o’z o’rniga ega. Har bir davlatning sog’liqni saqlash tizimi oldiga qo'yiladigan asosiy vazifalaridan biri bu - aholining sog’ligini saqlash, mustahkamlash hisoblanadi. Inson uchun atrof muhit parametrlarining eng muvofiq darajalarini yaratish masalalari bilan gigiyena fani shug’ullanadi. Gigiyena fani - mustaqil fan bo'lib, odam organizmiga atrof muhitdagi omillarning tasirini o'rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv taminoti, turar-joylar bilan taminlash masalalarini ishlab chiqadi.



3.Gigiyenada qo'llaniladigan usullar?

Gigiyenada qo’llaniladigan usullarga quyidagilar kiradi;

1.Atrof muhit omillarini tekshirish usullari 2.Atrof muhit omillarini organizmga tasirini o'rganish usullari 3. Gigiyenik meyorlar va reglamentlarni o'rnatish va ularning haqqoniyligini ruyobga chiqarish usullari

kiradi. Ular o’z navbatida bir qancha bo’limlarga bo’lib o’rganadi

1.Atrof muhit omillarini tekshirish usullari;

-sanitar tavsifiy usul;

-fizikaviy usullar;

-kimyoviy usullar;

-biologik usullar;

2.Atrof muhit omillarini organizmga tasirini o'rganish usullari:

-fiziologik holatlarni tekshirish usullari;

-ayrim organlarning funktsional holatlarini tekshirish usullari;

3.Gigiyenik meyorlar va reglamentlarni o'rnatish va ularning haqqoniyligini ro’yobga chiqarish usullari:

-statistik usullar;

-hisoblash usullari;

4. Gigiyenaning bo'limlari?

Gigiyena fanining bo’limlariga mehnat gigiyenasi (MG), komunal gigiyena(KG), ovqatlanish gigiyenasi(OG), bolalar va o’smirlar gigiyenasi(BO’G), radiotsion gigiyena(RG) bo’limlari kiradi



5. KG bo'limining vazifasi va obyektlari?

Komunal gigiyena bo’limining vazifalari aholi turar joylarida tashqi muhitning inson salomatligiga tasirini o'rganish, aholi yashash joylarni sog’lomlashtirish, ozodalashtirish va optimal sharoitga keltirish uchun zaruriy sanitariya meyor va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish, kommunal gigiyena sohasida sanitariya qonunlarining asoslarini ishlab chiqish sanaladi. Komunal gigiyena bo’limining tekshirish obyektlariga sanoat korxonalari,qurilish korxonalari, qishloq xo’jaligi obyektlari, qishloq xo’jalik qurilish obyektlari va boshqalar kiradi.



6. MG bo'limining vazifasi va obyektlari?

Mexnat gigiyenasi bo’limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat;

-texnologik jarayonlarni o'rganish va ishchilar organizmiga zararli tasir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash;

-korxonadagi zararli omillarni odam va hayvon organizmiga tasir etish xususiyatlarini o'rganish va bu omillarning eng optimal bo'lgan parametrlarini aniqlash;

-tekshirilgan korxonadagi zararli omillarga nisbatan ishlab chiqilgan gigiyenik meyorlar va reglamentlarni ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq qilish;

Mexnat gigiyenasi tekshirish obyektlari asosan sanoat korxonalari,qurilish korxonalari,elektrostansiyalar,avtotransport korxonalari, aeroportlarni ishlab chiqarish korxonalari va tamirlash korxonalari, tarkibida ishlab chiqarish obyektlarini tutgan ilmiy ishlab chiqarish va tadqiqot institutlari, qishloq xo'jaligi obyektlari, mashinasozlik korxonalari, tamirlash ustaxonalari, qishloq xo'jaligi qurilish obyektlari sanaladi



7. Ovqatlanish gigiyenasi bo'limining vazifasi va obyektlari?

Ovqatlanish gigiyenasining vazifalari

-oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va ularning inson organizmiga tasirini aniqlash,

-aholining salomatlik holatini yaxshilashga qaratilgan oziq-ovqat mahsulotlariga qo'yilgan talablar va ularni tayorlash, saqlash va qo'llashga qaratilgan sanitar-gigiyenik meyoriy ko'rsatkichlarni aniqlash

dan iborat.

Ovqatlanish gigiyenasi bo'limining obyekti quyidagilardan iborat;

-Oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosi ishlab chiqarish, ularni saqlash, tashish bilan shug’ullanuvchi korxonalar,

- Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transportirovka qilish, saqlash va tarqatuvchi korxona va muassasalar,

- Umumiy ovqatlanish obyektlari, sut, go'sht sanoat korxonalari,

- savdo-sotiq tarmoqlari

- Sut, go'sht zavodlari,

-oziq-ovqat do'konlari

- ovqatlanish obyektlari

8. BO'G bo'limining vazifasi va obyektlari?

Bolalar va o’smirlar gigiyenasi bo’limining vazifalari;

-o'suvchi organizmga atrof muhitda bor bo'lgan turli omillarning tasirini o'rganish

- bolalar va o'smirlar organizmiga moslashtirilgan holda ilmiy asoslangan gigiyenik normativlarni, tavsiyalarni ishlab chiqish

-sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqib xayotga tadbiq qilish

vazifasini bajaradi.

Bolalar va o’smirlar gigiyenasi bo’limining tekshirish obyektlariga maktab,litsey,kollej,maktabgacha ta’lim kabi obyektlar kiradi.

9. Radiologiya bo'limining vazifasi va obyektlari?

Radiotsion gigiyena bo’limining vazifasi INM inson organizmiga tasir qilishining shart-sharoitlari va oqibatlarini o'rganish va ionlantiruvchi nur manbalarining organizmga salbiy tasirining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.

Radiotsion gigiyena bo’limining tekshirish obyektlari asosan  ionlovchi nur manbalari boʻlgan korxona yoki muassasalar binosi  radioizotoplar, rentgen apparatlari, gamma nurlar bilan ishlaydigan ishchilarning individual dozimetriyasi, atom sanoati korxonalari hisoblanadi.

10.Tibbiyot sohasida gigiyenaning tutgan o'rni?

Aholi sog’ligini saqlash va uni har tomonlama mustahkamlashdek vazifalarni o’rgatishi bilan tibbiyotda gigiyena o’z o’rniga ega. Gigiyena fani - mustaqil fan bo’lib, odam organizmiga atrof muhitdagi omillarning ta’sirini o’rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turarjoylar bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqadiHar bir davlatning sog’liqni saqlash tizimi oldiga qo'yiladigan asosiy vazifalaridan biri bu - aholining sog’ligini saqlash, mustahkamlash hisoblanadi.



Kadirberdiyev Baxtiyor Baxrom o’g’li
Download 20.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling