1. G‘isht terish ishlarni vazifasi va turlari G‘isht terishda qo‘llaniladigan toshlar va qorishmalar


Download 25.64 Kb.
Sana15.12.2022
Hajmi25.64 Kb.
#1007773
Bog'liq
Tosh g\'isht temirning egilishga cho\'zilishga va qirqilishga meyoriy va xisobiy qarshiligi


TOSH G'ISHT TEMIRNING EGILISHGA CHO'ZILISHGA VA QIRQILISHGA MEYORIY VA XISOBIY QARSHILIGI


Reja:


1.G‘isht terish ishlarni vazifasi va turlari
2.G‘isht terishda qo‘llaniladigan toshlar va qorishmalar
3.Terilgan toshlar tuzilishi
G‘isht terish ishlarni vazifasi va turlari
G‘ish tosh terish deganda g‘ish toshlarning oralarini qurilish qorishmalari bilan ma’lum bir qalinlikda to‘ldirib, terib chiqilishiga aytiladi va bunday konstruksiya yuqoridan va o‘z massasidan tushadigan yukni qabul qilishi, binoni issiq – sovuqdan shuningdek tovushdan ximoyalaydi
Bino va inshootlar qurilishida terishning quyidagi turlari qo‘llaniladi: oddiy g‘ishdan, sun’iy beton keramik va silikat toshlardan (yoki ularni terib tayorlangan yirik bloklardan), tabiiy toshlarni yo‘nib, aralab, tayyorlangan to‘g‘ri shaklli tabiiy toshlardan, yo‘nilmagan tabiiy xarsang toshlardan, xarsang tosh terilib, ustidan yo‘nilgan tabiiy toshlarni qoplab koshinlab terish, xarang tosh – beton shuningdek g‘ishtni ikki chetiga terib, orasi turli yengil materiallar bilan (yengil beton, yengil to‘ldiruvchi va x.k.) to‘ldirilgan yengillashtirilgan xillari mavjud.
Yuqoridagi terish xillari barpo qilinayotgan konstruksiya vazifasi, qanday sharoitda ishlashi, binoning mustaxkamligi, sinfi, qo‘llaniladigan materiallarning samaraliligiga qarab qabul qilinadi.
G‘isht terishda qo‘llaniladigan toshlar va qorishmalar
Plastik zichlab tayyorlangan sopol oddiy g‘isht, uning mustaxkamligi, namga, sovuqqa chidamligi va o‘zining uncha zich emasligi tufayli binolarning asosiy yuk ko‘taruvchi qismlari (tayanch devor, ustun) tutun mo‘rilari va boshqa yer osti va usti inshootlarini barpo qilishda qo‘llaniladi.
Silikat g‘ishtlar, yarim quruq zichlangan oddiy sopol g‘ishtlar va ichi bo‘sht oddiy sopol g‘ishtlar nam gruntli yerlarda yer osti inshootlari konstruksiyalari shuningdek namlik yuqori xonalarning tashqi devorlarini barpo qilishda va tutun xamda so‘rish kanallarini terishda ishlatiladi.
Ichi bo‘sh yoki g‘ovak – ichi bo‘sh sopol g‘ishtdan terilgan konstruksiyaning issiqlik o‘tkazuvchanlik xossasi kamligi va yengilligi tufayli ularni qalinligini oddiy loy g‘ishtdan terilgan devorga qaraganda 20-25% yupqalashtirish shu xisobiga konstruksiyalar massasi 20-30% kamayish imkoni tug‘iladi.
Beton toshlardan (og‘ir betondan tayyorlangan toshdan) teriladigan konstruksiyalar o‘zining mustaxkamligi, sovuqqa chidamliligi bilan ajralib, ular bino va inshootning yer osti va usti qismlarini tiklashda keng qo‘llaniladi.
Ichi bo‘sh va yengil beton toshlar binoning tashqi, ichki devorlari va pardevorlarini barpo qilishda keng qo‘llaniladi. Ular o‘zining sovuqqa chidamliligi, ashyo tejamliligi bilan ajrab turadi. Lekin shlak beton toshlarning esa o‘ziga xos kamchiligi bor, ya’ni ular namni ko‘p shimiydi shuning evaziga sovuqqa chidamliligi kamayadi.
Silikat toshlardan terish qachonki yuk katta bo‘lsa, lekin issiqlik o‘tkazuvchanlik yuqori bo‘lsa xam bo‘laverdigan konstruksiyalarda ishlatiladi, chunki ular zich bo‘lgani tufayli issiqlik o‘tkazishi yuqori.
To‘g‘ri shaklli tabiiy tosh va blok ashyolar o‘zining mustaxkamligi yuqori, sovuqqa va nurashga chidamliligi, ya’ni uvalinmasligi bilan tashqi ko‘rinishi ko‘rkamligi bilan ajralib turadi. Ular bino poypesh qismi, devor qismi shuningdek yer osti poydevor qismlariga ishlatilishi mumkin. Lekin yengil g‘ovakli (chig‘anoq, g‘ovak tuf va x. k.) arralangan toshlar esa kam yuk ko‘taradigan ichki devorlarga, ya’ni namlik kam bo‘ladigan konstruksiyalarga ishlatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xarsangtosh va xarsangtosh – betonlardan ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori va ko‘p qo‘l mexnati talab qilinishini inobatga olib imkoni boricha kam qo‘llaniladi. Lekin ular maxalliy ashyo bo‘lganligi tufayli qo‘llash iqtisodiy samaralidir. Ular yordamida bino poydevori, omborxona devorlari va ayrim qishloq yoki tog‘li rayonlarda bir qavatli binolar devorlarini ko‘tarishda xam qo‘llanilada.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan 530-95 UzRST ga asosan sopol g‘isht va toshlar paralellopiped shaklida tayyorlanib, o‘lchamlarga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi va quyidagi o‘lchamlilari ishlatiladi:
Yakka g‘isht: 250x120x65mm
Qalin g‘isht: : 250x120x88mm
Modul yakka g‘isht 288x138x65mm
Modul o‘lchamli qalin g‘isht: 288x138x88mm
Bo‘shliqlari ufqiy joylashgan qalin g‘isht:
250x120x88mm
Tosh-g‘isht ishlariga ishlatiladigan qorishmalar
Qurilish qorishmalari deb oldindan meyorlab olingan noorganik bog‘lovchi modda, mayda to‘ldiruvchi, suv va shuningdek plastiklashtiruvchi qo‘shimchani aralashtirib olingan aralashmaga aytiladi. Bunday aralashma vaqt o‘rtishi bilan qotish davomida birlashtirayotgan ashyo yoki konstrutsiya bilan birlashib ketadi.
G‘ish-tosh terish ishlarida ishlatiladigan qurilish qorishmalari tarkibi va sifati O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxetektura va qurilish kumitasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan KMK 3.03.06-99 da belgilangan
Qorishmalar quidagi turlarga bo‘linadi:
zichligi bo‘yicha; og‘ir zichligi 1500 kg/m3 va undan yuqori; yengil zichligi 1000 kg/m3 dan kam;
bog‘lovchilar turi bo‘yicha: sementli, oxakli va aralash (sement-oxakli, sement tuproqli va boshqalar);
siqilishga bo‘lgan mustaxkamligi bo‘yicha (vaqtinchalik qarshiligi bo‘yicha) tamg‘alarga: M4, M10, M25, M75, M100, M 150, M200. M4 va M10 tamg‘alari asosan oxakli va maxalliy bog‘lovchilardan (oxak-toshqolli, oxak putsoolan va shunga o‘xshash) tayyorlanadi. Tuproqdan tayyorlagan devorbob ashyolarni terish uchun loy qorishmalari qo‘llaniladi;
Qorishmalarning bog‘lovchilari ishlatish joyi, unga qo‘yiladigan talablar, qotish sharoiti va ular qo‘llanilgan inshoot yoki konstrksiyadan foydalanishiga qarab qanday tamg‘alar ishlatilishi quyidagi 5.1-jadvalda keltirilgan.
Yengil qorishmalar uchun to‘ldiruvchi sifatida tabiiy va suniy yengil to‘ldiruvchi: tuf, terass, oxak, toshqol, keramzit, agloporit va boshqalarni tuyib ishlatiladi.
Qorishma uchun ishlatiladigan suv qorishmani meyorida qotishini ta’minlashga qarshilik qiluvchi qushimchalarsiz bo‘lishi zarur.
Agar past va o‘rta tamg‘ali (tamg‘asi M50 gacha bo‘lgan) qorishmalar tayyorlash uchun yuqori tamg‘ali (M400 va undan ortiq tamg‘ali) sement ishlatilsa sement sarfini kamaytirish, shuningdek qorishma qo‘zg‘aluvchanlik oshirish xamda zichligini o‘zgartish maqsadida maydalab tuyilgan qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin.
Qorishmaga yuqori qo‘zg‘aluvchanlik va suv ushlab turish maqsaida qorishma tarkibiga organik va noorganik plastiklashtiruvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bunday qo‘shimchalar bo‘lib: milonaft, SNPS-1 plastifikatori, sovun ishqori, konefol shuningdek SDP xizmat qiladi.

Portland sement platiklashtirilgan – suvga chidamli portlandsement.


Toshqol portlandsement.
Putsoolan portlandsement magnizeollar va toshqol magnizeol portlandsement.
Oxak-toshqol
Qurilish qorishmasi uchun sement

O‘ta nam asosga qurilgan, xona namligi 60%dan ortiq bo‘lgan yer usti inshootlariuchun


10
Oxak toshqol
Remansement
Qurilish qorishmalari uchun sement
Oxak putsoolanli
Oxak kulli
Gidravlik oxak
25 va ortiq
Putsoolan portlandsement shlak portlandsement plastiklashtirilgan va suvga chidami portlandsement
Portlandsement
Oxak toshqolli
Qurilish qorishmalari uchun sement
Terilgan toshlar tuzilishi
G‘isht terish asosiy qoidalari.
Toshlarning joylashishi va choklarning turlari
G‘isht va toshlar qisuvchi kuchga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi, lekin g‘isht terishda ishlatiladigan qorishma g‘isht-toshga qaraganada mustaxkamligi ancha past. Shuning uchun g‘isht – toshlar terish paytida ularni imkoni boricha choklarni siljitib, ya’ni chok bostirib terish maqsadga muvofiq. Toshlar qishaymasligi yoki sinmasligi uchun ularni iloji boricha bir biriga katta yuzalar bilan tegib turishini taminlab turish zarur, ya’ni tushayotgan yuk burchak ostida bo‘lsa undan R1 va R2 kuchlar xosil bo‘lib surilishga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun g‘ishtlar bir-biri bilan yoppa tegib turishini ta’minlash maqasdga muvofiq (rasm 5.1a). Yuqoridagidan kelib chiqib g‘ish terishni birinchi qoidasi kelib chiqadi: toshlarning to‘shama tomonlari terishga ta’sir qiladigan kuchga perpendikulyar bo‘lishi terimdagi toshlar esa qotorma-qotor (qavatma-qavat) terillishi zarur.
Terimning har bir qatoridagi toshlar shunday terilishi zarurki, ularga yuqoridan tushayotgan yuk tahsiridan ular surilib ketmasin. Buni ta’minlash uchun g‘isht terishning ikkinchi qoidasi kelib chiqadi: g‘isht-toshlar qirralari tekkis (nishobligi bo‘lmagan va o‘z nishobligi bilan ikkinchi nishob g‘isht ustiga o‘rnamagan) choklari garizontli tashqi yuzaga paralell, vertikali esa tosh ustiga nisbatan perpendikulyar bo‘lishi zarur (rasm 5.1.v)da notug‘ri o‘rnagan g‘isht tasvirlangan (rasm 5.1.b)da esa to‘g‘ri bajarilgani tasvirlangani.
/
Rasm 5.1. G‘isht terish qoidalari:
a – g‘isht terilgan yuzaga burchak ostidagi kuch ta’siri: b – g‘isht qotorini to‘g‘ri bo‘linishi; v – g‘ish qotorlarni noto‘g‘ri bo‘linishi; g – g‘ish choklarini bostirib terilishi.
G‘isht-terish ishlarini bajarishda ko‘ndalang va bo‘ylama vertikal choklar konstruksiya balandligi bo‘yicha ketmasligi kerak, aks xolda terim ayrim ustunchalar xolida bo‘lib qolib, yuqoridan tushadigan yukka aloxida ishlab terim kerilishi va konstruksiya buzilishiga olib keladi. Buni oldini olish uchun g‘isht-toshlarni terishda chok bostirish maqsadga muvofiq (rasm 5.1.g) shundan g‘isht terishning uchinchi qoidasi kelib chiqadi: qatorlab g‘isht terishda birinchi qotor g‘ishtlari choki keyingi qotor g‘ish chokiga tushib qolmasligi ni ta’minlash maqsadida devor bo‘ylama qotor g‘ishtlarini 1/4 g‘ishtga, devor eniga joylashgan g‘ishtlarni esa 1/2 g‘ishtga surib terish talab qilinadi.
Tosh g‘isht terim elementlari
To‘g‘ri turtburchak shakldagi g‘isht yoki tosh 6 qirrali bo‘ladi (rasm 5.2).
Rasm 5.2.b da g‘isht devor terish elementlari nomlangan. G‘isht yoki toshlar terilayotganda gorizontal qotorlab teriladi. Terimda konstrksiyalarni sirtini xosil qililadigan g‘isht yoki toshlar chekka qatorlar (versta)deb ataladi. Binoning tashqi old tomoni qotori tashqi qator, xona ichki tomoni ichki qator deyiladi. Ular o‘z navbatida ko‘ndalang yoki bo‘ylama bo‘lishi mumkin. Tashqi va ichki qator orasiga terilgan g‘isht yoki toshlar oraliq (to‘ldiruvchi) qator deyiladi. Odatda g‘ishtli devorlar qalinligi yarim g‘isht yoki tosh qirrasi bo‘yicha o‘zgarib boradi, ya’ni bir, bir yarim, ikki, ikki yarim g‘isht va x.k.
/
Pardevorlar esa yarim 120 mm va chorak g‘ish 65 mm qalinlikda teriladi.
Devorning me’moriy detallariga esa bo‘rtish, kirim, chiqig‘, plyastr, tokcha, devor oralari va shtrablar kiradi.
Devor va pardevorlar terib borishni uziliksiz barcha uchastkada tashkil qilib bo‘lmaydi, ya’ni uzilish sodir bo‘ladi. Vaqtincha to‘xtatilgan qisimni yangi teriladigan qismga chok bostirib ulab ketish uchun qoldirilgan detali – bu shtrabadir (rasm 5.3.)
Rasm 5.3. Shtrabalar.
a – qochirma, b – vertikal, v – g – ko‘p qatorli vertikal va yakka qatorli vertikal, d – qochirma burchak shtrama, ye – yaxlit devorga oraliq qochirma shtrabaG‘isht terishda choklarni bostirish sistemalari
G‘isht terish ishlarida chok bostirish – bu g‘ishtlarni (toshlarni) bir-biriga nisbatan joylashishidir. Qurilishda xozirgi kunda eng ko‘p qo‘llanib kelinayotgan chok bostirish usullariga: bir qatorli (zanjirli) chok bostirish (rasm 5.4.a) va ko‘p qatorli chok bostrish (rasm 5.4.b) kiradi.
/
Rasm 5.4. Ikki g‘isht qalinlikdagi devorni terishda mustaxkamlik grafigi.
a - bir qatorli (zanjirli) chok bosish; b – ko‘p qotorli chok bostrish; v – uch qatorli chok bostirish

Rasm 5.5. Devorning to‘g‘ri burchagi va chetlarini terishda chok bostirish sistemasi.


a – bir g‘ish qalinlik; b – biryarim g‘isht qalinlik; v – ikki g‘isht qalinlik.

Bir qatorli (zanjirli) chok bostrishli terimda bo‘ylama va ko‘ndalang qatorlar galma-gal keladi bunda g‘ishtlar devor uzunlgi bo‘yicha 1/4 g‘ishtga, devor qalinligida esa 1/2 g‘ishtga surilib teriladi. Barcha bo‘ylama va yenlama choklar keyingi qator g‘ishti bilan to‘liq yopilib ketadi. Shuning uchun bunday chok bostirish o‘zining mustaxkamilgi bilan ko‘p qatorligdan ajralib turadi, ayniqsa yer silkinish kuchi yuqori rayonlarga ancha qo‘l keladi (rasm 5.5.a).


Ko‘p qatorlik chok bostrishda g‘isht terishda terim yarim g‘isht (120 mm) va g‘isht bo‘ylama terilib, bir necha qatordan so‘ng esa ko‘ndalang qator bilan chok bostriladi. Bunda vertikal chok besh qatordan so‘ng bosiladi. Bunday chok bostirish mustaxkamligi bir qatorlik chok bostirishnikidan past, ya’ni 98%ni tashkil etadi (rasm 5.6).
/
Rasm 5.6. Devor burchaklari va vertikal chetlarni ko‘p qatorli chok bostirish sistemasi.
a – bir g‘isht qalinligi, b – 1,5 g‘isht qalinligi.
Bu chok bostirish usuli bir qatorli chok bostirish usuliga nisbatan kam me’nat talab qiladi, ya’ni g‘ishtni kam maydalanish evaziga 1,3 marotaba kam g‘isht qo‘yiladi. Lekin ko‘p qatorli g‘isht terishni ustunlarni terishda qo‘llab bo‘lmaydi.
Uch qatorlik chok bostirishda uch qator yarim (120 mm) bo‘ylama g‘isht terilib ustidan bir qator ko‘ndalang g‘isht terib chok bostiriladi. Bu chok bostirish faqat ustunlar yoki ensiz deraza oraliqlarini terishda qo‘llaniladi. Quyidagi (rasm 5.7) da uch qatorlik chok bostrish usulidan ustunlarni terish keltirilgan
Rasm 5.8. Devor yuzasini qoplama g‘isht bilan qoplash misollari.
a – reja; b – ko‘ndalang kesim; 1 – qoplama g‘isht qalinligi 65 mm, 2 – oddiy g‘isht qalinligi 88 mm.

Bunday chok bostrish usuliga yarimtalik g‘isht kam ishlaydi, bu esa g‘isht sindirishni kamaytrish va me’nat unumdorligini ortirishga olib keladi.


Bir vaqtda g‘isht terish tashqi qismini qoplash bilan olib borish qachonki uni tashqi agressiv muxitdan saqlash yoki unga me’moriy tashqi ko‘rinish berish uchun yuzalarni maxsus g‘isht, sopol yoki beton koshinlar bilan qoplanadi.
Maxsus qoplama g‘isht oddiy boshqa rangda yoki glazurlangan bo‘ladi. Ularni rangi turlicha bo‘lishi mumkin. G‘isht terish ishlarini bajarishda tashqi qator qoplama g‘ishtni oddiy g‘isht bilan bir vaqtda terib borish quyidagi (rasm 5.8.) da berilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


7473-94 O‘z. Dav. St. «Beton qorishmasi», Toshkent, 1995.


866-98 O‘z. Dav. St. «Temirbeton konstruksiyalar va maxsulotlar uchun payvandlanma armatura to‘rlari». Toshkent, 1999.
KMK. 1. 01.04-98 «Me’moriy qurilish atamalar». Toshkent, 1998.
S.S.Atayev i dr. «Texnologiya, mexanizatsiya i avtomotizatsiya stroitelstva». M. «Vusshaya shkola», 1990.
S.S.Atayev, N.N.Danilov, B.V.Prqkin. «Texnologiya stroitelnogo proizvodstva». M.Stroyizdat, 1984.
A.A.Afanasev. «Betonne rabot». M. «Vusshaya shkola», 1991.
Y.M.Bajenov. Texnologiya betona. M. «Vusshaya shkola», 1987.
Download 25.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling