1. Glikozidlar tasnifi. Glikozidlar kimyosi Yurak glikozidlari tasnifi


Download 81.5 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1643388
1   2   3   4
Bog'liq
Glikozidlar va Yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari, xossalari va tasnifi. O‘simlik manbalari

2. Glikozidlar kimyosi
Glikozidlar osonlik bilan parchalanadi. Ayniqsa, ular o‘simliklarning o‘lik to‘qimasida ferment, xarorat ta’sirida va namlik ishtirokida tez parchalanadi. SHuning uchun tirik o‘simliklar to‘qimasida bo‘ladigan glikozidlarni birlamchi glikozidlar deb xisoblanadi. O‘simliklardan ajratib olingan glikozidlarga birlamchi glikozidlarning qisman gidrolizlanishidan vujudga kelgan maxsulot deb qaraladi. Bu xol maxsulot tayerlash, quritish va saqlash vaqtida xisobga olinishi zarur. Xaqiqatan xam yi\ilgan maxsulotlarni tezda quritilmay, uyib qo‘yilsa, u namlik ta’sirida qizib, to‘qimalaridagi fermentlar esa faollashib, glikozidlarni parchalaydi yoki to‘\ri quritilgan maxsulotni issiq va nam erda saqlansa xam Yuqorida aytilgan axvol qaytariladi. SHuning uchun tayyorlangan maxsulotni yi\ib qo‘ymay tezda va to‘\ri quritish, quritilgan maxsulotni yaxshi yopiladigan idishlarga solib, quruq erda saqlash lozim. SHundagina maxsulot tarkibidagi glikozidlar parchalanmay saqlanadi va dorivor maxsulot o‘z sifatini yo‘qotmaydi.
Glikozidlar o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan bo‘lib, ular o‘simliklarning barcha organlari to‘qimalarida, xujayra shirasida erigan xolda uchraydi. O‘simliklar tarkibida bir nechta glikozidlar bo‘lishi (bitta o‘simlik tarkibida 20 dan ortiq ayrim-ayrim glikozidlar bo‘lishi) mumkin. Ba’zan bitta yoki bir xil kimyoviy tuzilishdagi bir gurux glikozidlar butun bir oilaga (yoki botanik bir-biriga yaqin bo‘lgan qardosh oilalarga) xos bo‘lib, ular shu oilaga kiradigan turlarda keng tarqaladi (masalan, amigdalin glikozid ra’noguldoshlar, tioglikozidlar esa karamguldoshlar (krestguldoshlar) oilalari turlarida). SHu bilan bir qatorda ba’zi glikozidlar bir necha oilaga kiradigan o‘simliklarda uchraydi.
Glikozidlar o‘simlik to‘qimalarida bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Glikozidlarga uglevodlarning zaxira xolda yi\ilgan shakllardan biri deb xam qaraladi.
Sof xolda ajratib olingan glikozidlar kristall modda bo‘lib, ular ko‘pchilik organik erituvchilarda erimaydi, spirtda yomon (ba’zan yaxshi), suvda yaxshi eriydi. Glikozidlarning suvdagi eritmasi neytral reaksiyaga, shuningdek, qutblangan nur tekisligini o\dirish (optik faollik) xususiyatiga ega. Xamma glikozidlar Feling reaktividan misni qaytaradi. Glikozidlarning suvdagi eritmalari bariy gidroksid, qo‘r\oshin atsetat va tanin eritmalari bilan cho‘kma xosil qiladi.
Glikozidlarning kimyoviy xossalari va analiz kilish usullari aglikonlarning tuzilishiga bo\liq. Aglikonlarning kimyoviy tuzilishi turlicha bo‘lganligi uchun analiz usullari xam turlichadir. Glikozidlarning terapevtik ta’siri xam ularning aglikonlariga bo\liqdir. +and qismi aglikonlarni (demak, glikozid molekulasini) suvda erishini xamda xayvonlar organizmida shimilishini, ya’ni organizmga ta’sir qilishini tezlashtiradi. SHu bilan birga, ba’zi monosaxaridlar ayrim aglikonlarni ta’sir kuchini oshirishi yoki aksincha pasaytirishi mumkin.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling