1. Glikozidlar tasnifi. Glikozidlar kimyosi Yurak glikozidlari tasnifi
Download 81.5 Kb.
|
Glikozidlar va Yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari, xossalari va tasnifi. O‘simlik manbalari
3. Yurak glikozidlari tasnifi.
Yurak glikozidlarining aglikonlari – geninlari bir, ikki, uch va ba’zan to‘rtta qand molekulasi bilan birikib, glikozidlar xosil qiladi. Bu glikozidlar asosan Yurak muskullariga ta’sir etganligi uchun Yurak glikozidlari (yoki Yurak zaxarlari) deb ataladi. YUrak glikozidlarining geninlari quyidagi ikkita birikmadan bittasining unumi bo‘lishi shart: Agar Yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a’zoli tuyinmagan lakton (butenolid) xalqasi bo‘lsa, kardenolidlar (I), 6 a’zoli 2 marta tuyinmagan lakton (kumalin) xalkasi bo‘lsa, bufadienolidlar (II) deb ataladi. Sterioid birikmalarga Yurak glikozidlaridan tashqari, o‘simlik va xayvonlar organizmida ko‘p uchraydigan moddalar: vitamin D, ba’zi saponinlar, sterinlar (fito-xamda zoosterinlar), o‘t kislota, jinsiy organlarning garmonlari va boshqa birikmalar kiradi. Bu birikmalarning asosiy skeleti siklopentanperfenantren yadrosidan iborat bo‘lsa-da, ular kimyoviy tuzilishi bilan bir-biridan katta farq qiladi. Faqat Yurak glikozidlariga xos guruxlar: 3 va 14-nomerga joylashgan uglerod atomlaridagi OH, 13-nomerga joylashgan uglerod atomidagi SN3 va 17-nomerdagi uglerod atomiga birlashgan 5 yoki 6 a’zoli to‘yinmagan lakton xalqalaridir. 5,11,12 va 16-nomerdagi uglerod atomlarida qo‘shimcha ON, 10-nomerdagi uglerod atomida metil-SN3 (angishvonagul tipi) yoki glikozid molekulasidagi qand skeletining 3-nomeridagi uglerod atomiga joylashgan – ON guruxi orqali birlashadi. Bitta glikozid tarkibida 5 tagacha monosaxaridlar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha glikozid molekulasida qand kismi sifatida glYukoza, shuningdek, o‘ziga xos 6-dezoksigeksozalar (6-nomerdagi uglerod atomida ON guruxi bo‘lmaydi), 2-6 – dezoksigeksozalar (2 va 6-nomerdagi uglerod atomlarida ON guruxi bo‘lmaydi) va shu dezoksigeksozalarning 3-nomerdagi uglerod atomi orqali xosil qilgan metil efirlari xamda o‘ziga xos di- va trisaxaridlar bo‘ladi. Xozir Yurak glikozidlari tarkibiga kiradigan 350 ta xar xil monosaxaridlar ma’lum. Yurak glikozidlarining asosiy ta’sir etuvchi guruxi 17-nomerdagi uglerod atomiga joylashgan 5 yoki 6 a’zoli bo‘lishi glikozidlar ta’siriga unchalik axamiyatli bo‘lmasa-da, lekin lakton xalqasining parchalanishi yoki to‘yinishi ( masalan, strofantidinda) ular ta’sir kuchini butunlay to‘xtatadi. SHuning uchun maxsulot tayyorlash, quritish va saqlash paytida Yuqorida aytib o‘tilgan xolatlarni unutmaslik lozim. CHunki tayyorlangan o‘simlik nam joyda qolsa va o‘z vaqtida to‘\ri quritilmasa, maxsulot tarkibidagi Yurak glikozidlari gidrolizlanish, geninning lakton xalqasi to‘yinishi, oksidlanishi xamda parchalanishi mumkin. Natijada glikozidlarning ta’sir kuchi kamayadi yoki butunlay Yuqolib ketadi. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling