1. Globallashuv yangi falsafiy mavzu
Global jarayonlarning shakllanish tarixi
Download 1.19 Mb.
|
falsafa 2-Mi (1)
Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma'lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga orin boshatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini togri talqin qilishga muvaffaq boldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar toplanishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab boldi. Songgi zikr etilgan voqyealar pirovard natijada insonning tabiatni ozgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay ozgartirdi.
yer kurrasi shar (globus) korinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat oz tarixida birinchi bolib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qolga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, oz davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi. Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab boldi; xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda tashib keltira boshladilar va shu tariqa uning demografik tarkibini butunlay ozgartirdilar. Shuning oziyoq globallashuv turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdan uzviy bogliq bolgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. XVII asr boshlariga kelib sharq va garb savdogarlari ulkan hududlarni ozlashtirdilar va deyarli butun dunyo boylab joylashdilar. Shu tariqa ular insoniyat tarixida birinchi bolib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar. Shunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar jahon tarixining rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va «evropa siyosatining keskin, misli korilmagan darajada kengayishiga olib keldi. Dunyo chegaralari muayyan darajada kengaydi. Endilikda yevropa mamlakatlari ortasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqobat ham qoshildi»1. Shu tariqa yangi xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga, turli madaniyatlarning ozaro ta'siriga va Garbiy yevropa dengiz davlatlarining ozlari kashf etgan yer kurrasining turli hududlaridagi ekspansiyasiga asos solindi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling