1. Globallashuv – yangi falsafiy mavzu


Download 1.19 Mb.
bet4/6
Sana29.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1306345
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
falsafa 2-Mi (1)

Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o‘zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi, XX asr o‘rtalariga kelib esa u to‘la darajada borliqqa aylandi.
Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo‘lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma'naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, s'ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o‘sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi.
Shunday qilib, amalda butun dunyo kuchli davlatlar va yirik monopoliyalar o‘rtasida keskin kurash va ta'sir doiralarini bo‘lib olish maydoniga aylandi va bu pirovardda Birinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu urushda jahonning ko‘p sonli xalqlari bevosita yoki bilvosita ishtirok etdi, chunki shu davrgacha dunyo miqyosida yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy bog‘liqlik sayyoraning birorta ham yirik davlatiga urushdan yoki hyech bo‘lmasa uning ta'siri va oqibatlaridan butunlay chetlashish imkonini bermas edi. Bu mazkur davrdan e'tiboran tarix faqat yevropa tarixi yoki, aytaylik, alohida Xitoy, Rossiya, Amerika, G‘arb, Sharq tarixi bo‘libgina qolmasdan, insoniyat tarixiga, ya'ni tom ma'nodagi jahon tarixiga ham aylanganidan dalolat beradi.
1918 yilda Birinchi jahon urushining tugashi xalqaro maydonda kuchlarning yangicha nisbati yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi va turli davlatlarning urushdan keyingi munosabatlari, manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangroq tugunga bog‘lagan oqibatlarga olib keldi, shu tariqa butun dunyoni barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahon hamjamiyatiga aylantirdi. Pirovardda Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig‘idagi davrda globallashuv jarayonlari yanada bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. Bu davrda, globallashuvning asosiy beligilari:
a) biosferaga antropogen ta'sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga aylanishi;
b) ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste'mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi;
v) televizorning ixtiro etilishi, vaqt o‘tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targ‘ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi;
g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko‘rsatkichlariga qadar uzil-kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit'alararo qo‘nmay, to‘g‘ri uchib o‘tishlarlarda namoyon bo‘ldi.
Ammo yechilmagan ziddiyatlar va umumiy bog‘liqlikning kuchayishi insoniyat tarixidagi eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda yer aholisining to‘rtdan uch qismi ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar ko‘proq qurbonlar berildi.
Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtai nazaridan bu urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. Ularning o‘rtasidagi farq faqat miqdor ko‘rsatkichlarida ko‘rinadi. Mohiyat e'tibori bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni yechish – XX asr boshida bo‘lib olingan, yaxlit va o‘zaro bog‘langan dunyoni qayta bo‘lib olishga qaratilgan edi. Urush olib borish usullari ham deyarli bir edi, farqi esa, texnik jihozlanish darajasi va miqyosi Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta'sir esa avvalgi urushda yo mavjud bo‘lmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan aviatsiya, dengiz, temir yo‘l, avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bilan ko‘p karra kuchaytirilishida namoyon bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi dunyoviy tartibning o‘ziga xos xususiyatiga aylangan bir qator olamshumul oqibatlarga olib keldi. Ularning orasida eng muhimi shu bo‘ldiki, urush mutlaqo yangi qurol turi (atom va reaktiv
Mavzu: Ontologik va munosabatdosh kategoriyalarning uyg’unligi.
Reja:

Ontologiya (borliq) o’zi nima? Uning umumiy asoslari.


Borliq Kategoriyasi.
Borliq va uning mavjudliki shakllari.
1 Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "O." terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1613 yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, O.ni mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl "stixiya", Demokrit "atomlar", Anaksimandr "apeyron", Anaksagor "urugʻ" deb atagan. Platon gʻoyalar O.sini, Aristotel empirizm O.sini yaratdi. Oʻrta ayerlar falsafasida O. ilohiyot bilan chambarchas bogʻlanadi. Sharq falsafasida O. koʻproq ilohiy borliqning , xudoning mohiyatini aks ettiruvchi taʼlimot tarzida, sharq panteistik falsafasida vahdati mavjud va vahdati vujud koʻrinishidagi taʼlimotlar shaklida paydo boʻlgan. Falsafada O. monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar shaklida ham uchraydi (qarang Materiya). Yangi davr falsafasida dualistik O. namoyandasi R. Dekart boʻlgan. Oʻz falsafasining asosiga "monada" — "ilohiy atomlar"ni qoʻygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik O.ga mansubdir. Bu konsepsiya boʻyicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin. Shunday konsepsiya empiriokrititsizmda ham uchraydi. R. Avenarius, E. Max borliqning asosida sezgilar majmui yotadi, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon falsafasida O.ning mazmuni yanada boyigan. Bu borliq haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Maʼlumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etishda u moddiylik bilan, aktual mavjudlik bilan, reallik bilan aynanlashtirib qoʻyilgan edi. Borliqaslida barcha narsa va hodisalarni, ilgari mavjud boʻlgan, hozir mavjud boʻlib turgan va kelajakda mavjud boʻladigan realliklarni, moddiylik va maʼnaviylikni, modda va gʻoyani ham oʻziga qamrab oladi.
2. «Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan kop sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy orinni egallaydi. CHunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, ularning mavjud bolish, bevosita yoki bilvosita namoyon bolish, ozaro tasirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson ozligini va ozini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday obektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq oz dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan toqnash keladi:
1. «Men kimman?»
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bolgan?»
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, moljal bormi?»
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi, avvalo, ozi nima bilan bevosita ish
korayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u ozining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan
narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu tariqa inson va uning ongi ozini qurshagan barcha narsalar, avvalo,
mavjud bolish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Borliq kategoriyasi esa xuddi shunday eng umumiy tomonni; yani hamma moddiy va manaviy
predmet va hodisalarni realligini ifodalaydi. Ikkinchi yonalish vakillari esa, borliq avvalo, mavjudlik orkali
ifodalanar ekan borliq kategoriyasini ishlatishda ehtiyoj yoq, chunki borliq tushunchasi mavjudlik
tushunchasiga nisbatan hech bir yangilik bermaydi deyishadi. Gap shundaki, borliq falsafiy kategoriya
sifatida faqat mavjudliknigina ifodalab qolmasdan, balki mavjudlikka nisbatan umumiyrok va kengroq
mazmunga ega bolgan reallikni bildiradi.
Shunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yolidagi ilk urinishlaridayoq duch
kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi
masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan orin oldi. Mifo
logiyaning bosh vazifasi «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u
qaerdan paydo bolgani va qaerga yoqolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas.
Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish
zaruriyati bilan toqnash kelganlar:
falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
unga qanday falsafiy mano yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat
etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur boyicha talim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bolishlari
lozimligini hisobga olib, bu erda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha toxtalamiz va mazkur muammoni
anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz.
Borliq tushunchaning etimologiyasi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi na faqat eng muhim, balki boshqa
kategoriyalar orasida ayniqsa, kop ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan izohlash
mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning ayniqsa, keng tarqalgan tillarida ayni bir mano
«bolish»,«mavjud bolish», «hozirlik», «hozir bolish», «mavjudlik» manolarini anglatadi. Jahonning
aksariyat tillarida yuqorida sanab otilgan va mano jihatidan unga yaqin fellar negizini tashkil etadigan «bolmoq» feli, ozining bevosita manosidan tashqari, yordamchi fel sifatida ham faol ishlatiladi. Bu dalilga izohni inson tafakkuri tabiatidan izlash lozim bolib, uning mantigi va qonunlari fikrni bayon etishning til shakliga bogliq bolmaydi, lekin, albatta, fikrlash mumkin bolgan, universal va ozgarmas sifatida amal qiladigan va shu sababli har qanday mulohazaning tayanch nuqtasi bolib xizmat qilishi mumkin bolgan nimagadir tayanishi lozim. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom manoda universal fel (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: ozbek tilida «bolmoq», «bor», ingliz tilida «is», nemis tilida «ist»va hokazo.
Shunday qilib, «borliq» va «yoqlik» kategoriyalarining oziga xosligi, betakrorligi va universal ahamiyati
shundan iboratki, ularning falsafiy manosi tavsiflanadigan turli tillarda ular feldan, aniqroq aytgan da,
«bolmoq» felidan (yoki uning inkoridan) hosil bolgan tushunchalar hisob lanadi va narsaning ozini emas,
balki uning mavjudligi yoki yoqligini kor satadi. Masalan, stol bor, yomgir yoq, oqlik bor, aks yoq, miya bor, goyalar yoq va hokazo.Borliq tabiiy tillarda otlar, ravishlar yoki ravishdoshlar bilan
ifodalanadigan, yani bilishda uning obekti yoki subekti sifatida amal qiladigan tushunchalar bilan
tenglashtirilishi mumkin emas. Ayni zamonda bu obektlaryoki subektlarning birortasi ham uning borligi
yoki yoqligini qayd etmasdan fikrlanishi mumkin emas.
Borliq va yoqlik dialektikasi. «Borliq bor, yoqlik esa yoq», deganida, Parmenid ayni shu holga
etiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, togri,notogri, quvnoq, shor, oq, qora, katta, kichkina kabi
va shunga oxshash sifatlar borliqqa nisbatan qollanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar
tizimiga joylashtirib bolmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega boladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bolishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.«Yoqlik» har qanday tilda amalda mavjud bolmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yoqlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (yani amalda mavjud bolishimumkin bolgan narsalar) ozligini yoqotgan holda «yoqlik» atamasi ayni shumanoda ishlatiladi va ular haqida ular «yoqlikka chekindi», mavjud emas deyiladi. Lekin, sof falsafiy manoda bu fikrni togri deb bolmaydi. Borliq va yoqlik ortasida dialektik ozaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga kora, biz yashayotgan Olam boshliqdan bino bolgan.
Boshliq materiyaning alohida holati. Boshliq fizik borliqning eng boy tipi, oziga xos potensial borliq sifatida namoyon boladi, zero unda mumkin bolgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yoq. Yana shuni ham etiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu manoda borliq va yoqlikning ozaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, amalda mavjud bolgan narsaning obektiv borligi yoqlikka chekinadi, lekin, shunga
qaramay u haqda gapirilayotgan, yani u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bolsa, bu narsa ongda
mavjud boladi va ozining «ikkinchi»borligini saqlaydi, ayni holda u dastlabki obektning nusxasi, ideal
obrazi bolib qoladi. Shunday qilib, otgan zamondagi borliq yoqlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim
hozirgi zamonda mavjud boladi, u faqat hozirgi zamonda ozini namoyon etadi, basharti u dolzarb va
amalda namoyon bolish imkoniyatiga ega bolsa, agar upotensial, yani axborot manbalarida mavjud yoki
uning paydo bolishi obektivrivojlanish mantigi bilan belgilangan bolsa. Amalda yoq bolgan narsa
haqidaideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq
shakl-shamoyilini berish mumkin. Otmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu manoda soz yuritishimiz
mumkin.Ayni shu manoda biz goyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki ozimizga yaqin odamlar
togrisida soz yuritamiz, bunda ular yoqlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi
ozgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.
Shunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon bolish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar oz xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bolmish insonni bilish yolidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, korsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, on g, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi. Inson ozi va umuman dunyo haqida oylar ekan, odatda, muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish koradi. Ayni vaqtda, u ozini qurshagan dunyoni sinchiklab organish va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bolib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasizmavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, orta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak mavjudman», degan ongli inson amal qilganini koramiz. Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida toxtab qolmagan va ozini qurshagan borliqning kop sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling