Kasalliklar, ularning umumiy sabablari va klinik beligilari


Download 0.53 Mb.
bet1/5
Sana09.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1343518
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3.KASALLIKLAR


KASALLIKLAR, ULARNING UMUMIY SABABLARI VA KLINIK BELIGILARI.
Ekologiya, ya`ni organizm bilan tashqi muhit o`rtasidagi munosabat haqidagi fanning yuzaga kyelishini va «ekologiya» («oikos» -yunoncha xonadon, yashash joyi, «logos- fan») iborasining qo`llanilishi 19 asrda yashab o`t gan nemis tabiatshunos olim Yernst Gekkyel (1834-1919 y) nomi bilan bog`liq va u ekologiya fanining otasi deb qaraladi. Bu borada e`tiroz qilishimiz darkorrki, qariyb 1000 yil avval buyo`q vatandoshimiz tibbiyot dahosi Abu Ali Ibn Sinoning hozirda ekologiya deb yuritilayotgan atrof muhitning deyarli barcha omillari ularga insonning, jonzotlarning ta`siri va nihoyat bu omillarning inson va jonzotlarga aks ta`siri to`g`risidagi mashhur iboralarini kyeltirishning o`zi kifoya. «Chang bo`lmaganda inson 1000 yil yashagan bo`lar edi» yoki : « havo toki muvozanatlangan va toza bo`lsa, unga (pnevmaga) begona qo`shimchalar qo`shilmasa u salomatlik garovi bo`ladi, aks holda turli kasalliklarga sabab bo`ladi». Kasallikni kyeltirib chiqaruvchi sabablar: Shu nuqtai nazardan Ibn Sino talimotiga asosan inson organizmiga ta`sir qilib, xastalikka sabab bo`ladigan tashqi va ichki faktorlar mavjud: 1.Tashqi faktorlar: ob-havo, yil fasli, ichimlik suvlari, oziq-ovqat mahsulotlari. 2. Inson organizmini ichki faktorlari: emostional holat- qo`rquv, quvonch, g`am – anduh, g`azab va hokazolar.
Ibn Sino ta`limotida kasalliklar klassifikastiyasi:
A. SODDA KASALLIKLAR:
1. Mijoz buzilishi kasalliklari
a) moddali
b) moddasiz
2. Tarkib kasalliklari
a) tuzilish kasalliklari
- shakl kasalliklari
- oqim yo`llari kasalliklari
qopchiq va bo`shliqlar kasalliklari
- a`zo yuzalari kasalliklari
b) miqdor kasalliklari
v) son (adat) kasalliklari
g) vaziyat (quyilish) kasalliklari
3. Uzluksizlikning buzilishi kasalliklari
a) suyak sinish va chiqishlari
b) tirnalish, yo`liinish
v) qon tomirlarining yorilishi, uzilishi
g) mushak va paylarning kesilishi
d) nyervlarning uzilishi
e) ichki organlarning yorilishi
B. MURAKKAB KASALLIKLAR:
Shishlar
a) issiq shishlar (absstess, flegmona,karbunqo`l, frunqo`l)
b) sovuq shishlar (stirroz, rak, tepki, kistalar,bo`qoqlar)
Toshmalar
a) issiq toshmalar
b) sovuq toshmalar
Mizoj buzilishi kasalliklari:
Moddali - organizmda xiltlarning o`zgarishi natijasida kelib chiqadi.
Moddasiz – organizmning tashqi ta`sirlari natijasida kelib chiqadi.
(issiq urishi, sovuq urishi)
Tarkib kasalliklari:
Tarkib kasalliklari 4 xil bo`ladi:
tuzilish kasalliklari o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
Miqdor kasalliklari – biror bir organning o`sishdan kattalashib ketishii yoki kasallik natijasida o`sishdan orqaga qolishi.
Son (adat) kasalliklari:
Son (adat) kasalliklari – ular tabiiy bo`ladi. Ortiqcha barmoq, yoki notekis o`sgan ortiqcha organlar misol bo`ladi.
Vaziyat (quyilish) kasalliklari:
Vaziyat (quyilish) kasalliklari – bu kasallik Jolinusning fikricha «o`rin» ham «mushorakat» degan ma`nolarga to`g`ri kyeladi. A`zoning bug`indan qo`zg`alishi, ichakka mansub churra kasalliklari misol bo`ladi.
Uzluksizlikning buzilish kasalliklari
Uzluksizlikning buzilish kasalliklari– bu biror bir organ bo`tunligining buzilishi bo`lib, kuyidagilar kiradi:
tirnalish va yo`liiinish
jarohat va yara
suyaklarning sinishi
kesilish
qon tomirlarining yorilishi
nyerv tomirlarining kesilishi
mushak va paylarning kesilishi,uzilishi va ezilishi

Kasalliklarning ba`zilari sodda, ba`zilari murakkab bo`ladi.


Sodda kasalliklar – mizoj kasalligi navlaridan biri yoki tartib (tuzilishi) kasalliklari turlaridan bir xil kasalliklardir. Inson organizmida 2 ta kasallikning uchrashi
Murakkab kasalliklar – ularda kasallik turlaridan ikki va undan ortig`i to`planib, beshta kasallikni hosil qiladi. Masalan: o`tkirappendistit

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling