Kasalliklar, ularning umumiy sabablari va klinik beligilari


Download 0.53 Mb.
bet4/5
Sana09.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1343518
1   2   3   4   5
Bog'liq
3.KASALLIKLAR

MURAKKAB KASALLIKLAR.

Bir qancha kasalliklar yig`indisidan bir kasallikning paydo bo`lishi. Misol qilib, shishni aytish mumkin. Shishda shakl va tarkib (tuzilish) kasalligi ham topiladi, chunki shakl va miqdorni buzmaydigan shish yo`qdir. Shish yumshoq a`zolarda paydo bo`ladi, ba`zan suyaklarda ham shishga o`xshash narsa paydo bo`lib, uning (suyakning) hajmi kattalashadi. Har qanday shishda ko`rinarli sabab yo`q, uning jismoniy sababi moddaning biror a`zodan pastki a`zoga o`tishidadir, buni nazla deb ataladi.

.

Shishga sabab bo`ladigan moddalar 6 tadir. 4 xil xilt, suvli va yelli. Shish issiq bo`lishi yoki issiq bo`lmasligi mumkin. Issiq shish yolg`iz qondan yoki safrodan paydo bo`ladi deb o`ylab bo`lmaydi, u o`z javhari issiq bo`lgan yoki chirish natijasida issiqlik paydo bo`lgan har bir moddadan hosil bo`ladi.

Issiq bo`lmagan shishlarga kelsak, ular yoki savdo moddasidan, yoki balg`am moddasidan, yoki suvli moddadan, yoxud yel moddasidan paydo bo`ladi. Savdo moddasidan bo`lgan shish uch jinsdan iborat:

1.Qattiqlik (stirroz) jinsi.

2.Saraton (rak) jinsi

3.Bezlar jinsi, tepki va o`smalar kabi shishlar shu jinsga kiradi.

Bez jinslari bilan u boshqa ikki jins orasida farq shuki, bez jinslari sof bezlar kabi o`zlarini o`ragan a`zodan ayri o`sadilar, yoki tepki kabi, u a`zolarga tashqaridan yopishgan bo`ladilar. Boshqa jins shishlar esa o`zlari o`sgan a`zoning moddasiga aralashib, bir – birlariga kirishib ketgan bo`ladilar.

Saraton bilan qattiqlik jinslari o`rtasida farq shuki, qattiqlik Harakat siz va sezgini yo`qotuvchi shish bo`lib, unda alam beruvchi og`riq bo`lmaydi. Saraton esa Harakat qiluvchi, ortuvchi va aziyat etkazuvchi shishdir.

Kasalliklarning davrlari haqida.

Ibn Sino fikricha kasalliklarning ko`pchiligida 4 davr bo`ladi: boshlanish davri, zo`rayish davri, nihoyatga yetishi davri va pasayish davri. Bu davrlardan tashqarigi vaqt sog`lik davridir.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling