Mavzu: Anaerob infeksiya


Download 32.52 Kb.
bet1/6
Sana12.02.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1190656
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 lek xirurgiya


4 – ma’ruza.

Mavzu:

Anaerob infeksiya.

Reja:

1.

Anaerob infeksiyaningqo’zg’atuvchilari va ularning xususiyatlari.




2.

Anaerob infeksiyaning asosiy shakllari (gazli gangrena, anaerob flegmona, xatarli shish, chirituvchi infeksiya).




3.

Anaerob infeksiyaning rivojlanishi, klinik belgilari. Davolash va oldini olish tamoyillari.




4.

Spesifik jarrohlik infeksiya: qoqshol, nekrobakterioz, aktinomikoz, va aktinobasillyoz.




5.

Anaerob infeksiyani jarrohlik yo’l bilan davolash va oldini olish usullari.

Adabiyotlar: 1. 131 – 139; 2. 51 – 53, 370 – 371 b.
Tayanch iboralar: anaerob infeksiya. Gazli gangrena. Klostridium. O’ta virulentlik. Eritrositlarlizisi. Miotoksin. Neyrotoksin. Gialuronidaza fermenti. Nerv sistemasining parabiozi. Gazli flegmona. Krepitasiya. Ixorozli suyufliq. Chirituvchi infeksiya. Basillalar. Chirish jarayoni. Kontrapertura. Oksigenoterapiya. Aktinomikoz. Nurli zamburug’. Druza. Nekrobakterioz, qoqshol va aktinobasillyoz.


1. Anaerob infeksiya asosan jarohat infeksiyasi bo’lib hisoblanadi. Ammo adabiyotlarda uning endogen yul bilan ham rivojlanish mumkinligi ko’rsatilgan. Bu infeksiya emlash ishlarida va inyeksiya qilishda antiseptika qoidalariga rioya qilmaslikdan ham rivojlanadi. Tekshirishlar anaeroblar yerda 100%, tezakda 95% holatlarida borligini ko’rsatadi. Anaeroblar bilan ifloslangan yirik jarohatlar o’z vaqtida xirurgik yo’l bilan tozalanib, antiseptika usullari qo’llanganda kamdan–kam infeksiya tarqalishiga sabab bo’ladi chunki anaeroblar kislorod tasirida 10 daqiqa ichida o’ladi.
Jarrohlik anaerob infeksiya asosan 4 tur chaqiruvchilar tasirida rivojlanadi: 1. Cl. perfringens. 2. Cl. oedematiens. 3.Cl. oedematiensmaligni. 4. Cl. nystolyticus.
Infeksiya rivojlanishiga jarohat teshigining kichikligi, ezilgan to’qimalar, cho’ntaklar, qon laxtalarining mavjudligi; asosiy arteriyalarning yorilishi va trombozi; venozli qonning turib kolishi; gematomalar; ko’p qon yo’qolishi; oyoqlarda jgut ko’p turib kolishi; yurak faoliyatining susayishi va boshqa, to’qimalarda kislorod kamayishiga olib boradigan sabablar ko’maklashadi. Ulardan tashqari anaerobli infeksiyaning rivojlanishiga gipo– va avitaminozlar, hamda xirurgik ishlov kechikib bajarilgani ham yordam beradi.
Qoramollarda jarohatda ko’p miqdorda fibrin to’planishi sababli anaeroblarning ayniqsa ko’prok rivojlanib tarqalishi kuzatiladi.
Anaerob infeksiyada organizmning immuniteti juda kuchsiz bo’ladi. Yallig’lanish jarayoni yaqqol sezilmaydi va gazli gangrena va gazli shishda hatto bostirilgan bo’ladi.
Anaeroblar yaxshi rivojlanishi uchun asosan ishqorli muhit kerak. Masalan: B. tetaniph 7,0–7,6; Cl. perfringensph 7,2–7,4; Cl. hystoliticusph 6,0–7,6; Cl. vibrionsepticusph 7,6; Cl. oedematiensph 7,2 – 7,4 da yaxshi rivojlanadi. Ular hammasi (B. tetani dan tashkari) gramm bo’yicha bo’yaladi.

Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling