Mavzu: Anaerob infeksiya
Download 32.52 Kb.
|
4 lek xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xatarli shishda
- Chirituvchi infeksiya
- 4. Spesifik jarrohlik infeksiya.
Gazli flegmona ko’pincha yirik jarohatlarda bo’ladi. Jarayon avval yiringli flegmonaga o’xshaydi, ammo keyinchalik markazida yallig’lanish bostiriladi va u yerda gazli gangrenozli jarayon boshlanadi va gazlar to’planadi. Gazli gangrena tez tarqalishi tufayli granulyasion to’sik shakllanishga ulgurmaydi. Jarayonning markazi tarang shishadi, sovuk bo’ladi, krepitasiya tovushlari eshitiladi. Og’riq va mahalliy harorat faqat jarayonning chetlarida bo’ladi. Flegmona yorilganda ichidan loyqa yiringsimon ko’pikli suyuqlik chiqadi. Hayvonning umumiy ahvoli yomon, puls, nafas olish soni va umumiy harorat yuqori.
Kasallik okibati – gazli gangrenaga nisbatan yaxshi. Xatarli shishda to’qimalar zararlanishidan so’ng bir necha soat yoki 1–2 kun o’tib tez rivojlanadigan teri osti shishi hosil bo’ladi. Avval u iliq va kam og’riqli, keyinchalik esa sovuq bo’ladi. Paypaslaganda krepitasiya seziladi. Jarohatdan qon zardobiga o’xshash, hidsiz va pufakchalarsiz suyuqlik okib chikadi. Hayvonning umumiy ahvoli yomon, umumiy harorati yuqori bo’ladi. Kasal hayvonlar 1–2 kunda o’ladi. Chirituvchi infeksiya disbakterioz, ichaklar invaginasiyasi, jarohatlanishlarda rivojlanadi. Endogen chirituvchi infeksiya esa og’ir, ezilgan, cho’ntaklari mavjud jarohatlarda rivojlanadi. Chirituvchi infeksiya asosan o’lgan to’qimalarda yashab ko’payadi. Shunday qilib, chirituvchi infeksiya rivojlanishi uchun o’lgan to’qima, aynigan qon laxtalari, qon aylanishining buzilishi va kislorod yetishmasligi kabi holatlar kerak. Chirituvchi infeksiyaning fermentlari tasirida o’lgan to’qimalar yemiriladi va natijada patologik o’chokda zaharli ptomain va toksalbuminlar, gaz hamda ixor to’planadi. Chirish moddalari yallig’lanish reaksiyasini keskin susaytiradi, natijada atrofdagi to’qimalarda xujayralarning hayoti to’liq bosiladi. Chirish moddalari qonga so’rilib organizmning og’ir intoksikasiyasini chaqiradi. Nerv sistemasi va ichki a’zolar faoliyati keskin yomonlashadi. 4. Spesifik jarrohlik infeksiya. Download 32.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling