Mavzu: Anaerob infeksiya


Klinik ko’rinishi bo’yicha anaerobli infeksiya quyidagilarga bo’linadi: Gazli gangrena


Download 32.52 Kb.
bet2/6
Sana12.02.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1190656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 lek xirurgiya

2. Klinik ko’rinishi bo’yicha anaerobli infeksiya quyidagilarga bo’linadi:
Gazli gangrena. 92–100% holatlarda Cl. perfringens, 21–35% Cl. oedematiens, 4–12 % Cl. vibrion septicus chaqiradi va juda kam holatlarda (0.6%) jarayonga Cl. putrificus va Cl. sporogenes lar qo’shilishi mumkin.
Cl. perfringens gramm manfiy saprofit bo’lib, yaxshi sharoitga tushganda juda virulentli bo’lib qoladi. U tez rivojlanib, jarohatdagi eritrositlarni lizisga uchratuvchi gemolizin, mushaklarni nekrozga chalintiruvchi miotoksin, nerv sistemasiga tasir etuvchi neyrotoksin va gialuron kislotasini parchalatuvchi gialuronidaza fermentlarini o’zidan ajratib chiqaradi. Boshqa anaeroblar ko’shilganda ularning toksin va fermentlari ham jarayonga ko’shiladi. Masalan: Cl. hystolyticus proteolitik ferment ajratib (fibrolizin) o’lgan va hatto tirik to’qimalarni eritib yuboradi (pay va paychalarni ham). Boshqa mikroblar, masalan ichak tayoqchasi asosiy chaqiruvchining toksik xususiyatlarini ancha kamaytiradi.
Gazli flegmona.Chaqiruvchilari xuddi gazli gangrenanikiday, ammo ulardan tashqari jarayonga streptokokk va stafilokokklar ham qo’shilgan bo’ladi. Asosan teri osti klechatka zararlanadi. Bo’lishi mumkin: teri osti, fassiyaosti va mushaklararo.
Xatarli shish. Hamma turdagi hayvonlarda uchraydi, ammo qo’ylarda (junni qirqishda) va qo’chqorlarda ko’prok kuzatiladi (ochik usul bilan axtalash). Chaqiruvchilari Cl. vibrion septigue va Cl. oedematiens. Bu jarayonga Cl. perfringens va Cl. hystolyticus aralashishlari mumkin. Undan tashqari jarayonga B. sporogenes qo’shilganda to’qimalarning chirishi kuzatiladi.
Chirituvchi infeksiya. Chaqiruvchilari –B. colli, B. putrificus, B. proteus vulgaris. Ularga streptokokk va stafilokokklar qo’shilishi mumkin. Bu infeksiyada to’qimalar chirib gemorragik, sassiq suyuqlik – ixor hosil bo’ladi. Avval uning rangi kulrang bo’lib, keyinchalik go’sht yuvindisiga o’xshaydi.
3. Gazli gangrenada toksin va fermentlar tasirida 24–48 soatdan so’ng kuchli og’riq, tomirlar falaji kuzatiladi. Natijada tez rivojlanadigan sovuq og’rimaydigan shish, to’qimalarning o’lishi va yemirilishi, qon aylanishining yomonlashishi boshlanadi. Qon tomirlarda tromblar tiqilib qoladi. Oqsil, glikogen va uglevodlarning parchalanishidan gaz hosil bo’ladi. Shish sohasida to’plangan gaz to’qima ichidagi bosimni oshiradi bu esa jarayonning yanada yomonlashuviga olib boradi, jarayon yanada tez kechadi va 2–3 kunda tananing ancha qismi o’ladi. Nerv sistemasida parabioz holati rivojlanib, barcha a’zolar va to’qimalarning disfaoliyati va diskoordinasiyasiga olib keladi. Jigarning antimikrob va antitoksik faoliyati buziladi. Endokrin sistemasi zararlanadi, jarayonga kuchli toksikoz qo’shiladi. Aytilgan barcha o’zgarishlarga sepsis holati qo’shilib hayvon 3–4 kunda o’ladi.
Klinik belgilar: kasallik boshlanishida jarohat atrofida kuchli og’riq bo’ladi va keyinchalik sovuk og’riqsiz shish rivojlana boshlaydi, teri taranglashadi, yuzasida vena va arteriyalar bo’rtib chiqadi. Pigmentlashmagan terining rangi ko’kimtir – jigarrang, ayrim joylarida yashil izlar ko’rinadi. Jarohat katta ochik bo’lib, ichidan kam miqdorda qizg’ish jigarrang yoki kulrang achchiq xidli suyuqlik ajralib turadi.
Aralash infeksiyada suyuqlik ko’prok ajraladi,hidi va rangi aynigan go’shtnikiga o’xshaydi. Kesganda to’qimalar shishgan, sariq –yashil rangda bo’ladi. Mushaklar rangi avval pishgan go’shtga uxshaydi, keyinchalik esa koramtir qo’ng’ir rangga kiradi. To’qima parchalari suv yoki 10% osh tuzi eritmasida cho’kmay suzib yuradi. Hayvonning umumiy ahvoli juda yomon bo’lib, ovkatni kabo’l qilmaydi. Umumiy tana harorati baland, puls aritmik, tez uradi. Hayvonning nafas olishi tezlashadi. Shilliq pardalar sarg’ish rangga kiradi.
Qonda eritrositlar soni kamaygan, leykopeniya kuzatiladi. Eozinofillar va monositlar bo’lmaydi.
Kasallik okibati –gumon yoki yomon.

Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling