Gemorragik isitmalar (febris haemorrhagica)


Download 0.83 Mb.
bet1/2
Sana19.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1102634
  1   2
Bog'liq
Gemorragik isitma


Gemorragik isitmalar (febris haemorrhagica). Gemorragik isitmalar - viruslar qo‘zg‘atadigan tabiiy o‘choqli zoonoz kasalliklar bo‘lib, qon tomirlarining jarohatlanishi (kapillyarotoksikoz), gemorragik alomatlar, isitma va intoksikatsiya bilan namoyon bo‘ladi.
G smorragik isitma kasalliklari arboviruslar qo‘zg‘atadigan kasalliklar guruhiga mansub. Xozirgacha arboviruslarning 300 ga yaqin turi mavjudligi va ulardan 80 xili odamlarda kasallik qo‘zgatishligi aniqlangan.
Odamlarda gemorragik isitma kasalligining 13 xili haqida ma’lumotlar berilgan. Aniqlangan gemorragik isitmalar epidemiologik xususiyatlariga karab uch guruhga bo‘linadi:
Kanalar orqali yuqadigan gemo rragik isitmalar (Qrim-Kongo va Urta Osiyo gemorragik isitmasi, Omsk gemorragik isitmasi va b.).
CHivin orqali yuqadigan gemorragik isitmalar (sariqlik isitma, Depge gemorragik isitmasi, CHikungunya va Rift-Valli gemorragik isitmalari).
Kontagioz zoonoz gemorragik isitmalar (buyrak sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitma, Argentina gemorragik isitmasi, Marburg isitmasi va b.).
Ma’lum bo‘lgan gemorragik isitma kasalliklarining ko‘pchiligi tropik o‘lkalarda endemik tarzda tarqalgan. Bizda va sobiq ittifoq xududlarida asosan Qrim-Kongo, Urta Osiyo, Omsk gemorragik isitmalari va buyrak sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitmalar ko‘proq kuzatiladi.
G emorragik isitma kasalliklari bilan, ko‘prok, hayvonlar bilak ishlovchi shaxslar, o‘rmopda ishlovchilar, geologlar, qishloq xo‘jaligi ishchilari, vivariyada ishlovchilar kasallanadilar. Kasallikni turli kechishlarida o‘lim darajasi turlicha bo‘lib 1-5% dan 50-70% gacha boradi.
Qrim-kongo gemorragik isitmasi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasi ( QKGI) - tabiiy o‘choqli, kanalar orqali yuquvchi virusli kasallik bo‘lib, og‘ir intoksikatsiya va kuchli gemorragik sindrom bilan namoyon bo‘ladi.
E tiologiyasi. QKGI n ing qo‘zg‘atuvchi virus arboviruslar avlodiga, Bunyaviridae oilasiga, Nairovirus turkumiga mansubdir. Virus, ko‘pchilik dezinfeksiyalovchi moddalar, ayniqsa xloroform, efir ta’siriga va yuqori haroratga chidamsiz. U 56°S da - 5-10 min. da, qaynatilganda esa darhol nobud bo‘ladi, ammo muzlatilganda uzoq saqlanadi. Optimal rN - 7.0-8.0.
Epidemiologiyasi. Qrim-Kongo gemorragik isitma tabiiy o‘choqli infeksiyalar qatoriga kiradi. Virusni tabiatdagi manbai, asosan yovvoyi kemiruvchi xayvonlar (quyonlar, Afrika tipratikani va b.), uy hayvonlari (yirik va mayda shoxli hayvonlar) va ayniqsa kanalar hisoblanadi. SHu hayvonlarda parazitlik qiladigan, 8 turkumga mansub 20 dan ortiq xil kanalar, nafaqag virus tashib yuqtiruvchi, balki tabiatda virusni saqlovchi rezsrvuar bo‘lib ham xizmat qiladilar. CHunki ularning organizmida virus transovarial yo‘l bilan avloddan - avlodga o‘tib saqlanadi. Kasallik yuqtiruvchi kanalar saralab ko‘rilganda, ularning 99 .3% Hyalomma marginatus kanasi bo‘lib chiqqan. Kasallikni yuqishi - asosan trasnmissiv yo‘l bilan, ya’ni kana chaqishi orqali sodir bo‘ladi. O‘rta Osiyo va Afrikada kasallik ko‘proq Hyalomma anatolicum, Qrimda - Hyalomma plumbeum orqali yuqadi. Virusni aerogen yo‘l bilan (laboratoriya sharoitida) yoki kontakt (butunligi buzilgan teri va shillik pardalarga bemor konini tushishi) yo‘li bilan yuqishi juda havfli hisoblanadi. CHunki transmissiv yo‘l bilai yuqqan bemorlar orasida o‘lim 14.5% ni tashkil qilgan bo‘lsa, kasalxona ichida yuqtirib olgan bemorlar orasida 40% bo‘lgan.
Bizni sharoitimizda kasallik mart oyidan boshlab, noyabr oyigacha kuzatiladi, qishda kamdan-kam uchraydi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Virus organizmga gushgandan keyin unda rivojlanadigan patologik jarayon birpecha bosqichda kechadi. Virusni makrofagal sistema elementlarida ko‘payish davri klinik oshkor bo‘lmaydi. Agar virus bu barerni yorib o‘tolsa, keyingi boskich -viruse-m i ya boshlanadi. Virusemiya boskichida iptoksikatsiya rivojlanib, kasallik - umumiy toksik belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Keyingi -gematogen d i s s e m i n a s i ya boskichida esa - tarqoq kapillyarotoksikoz, DVS (qon tomirlar ichida konni ivib qolishi) sindromi va turli a’zolarda (jigar, miokard, buyraklar, bu yrak usti bezi) nekrotik va distrofik o‘zgarishlar yuzaga keladi. Patologik jarayonni bu tarzda kechishi, kuchli gemorragik alomatlar hamda ko‘pchilik a’zolarning zararlanishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi.
I mmuniteti bo‘lmagan shaxslarda, kasallik og‘ir kechadi va ko‘p o‘lim bilan yakunlanadi. Kasallikni o‘tkazgan shaxslarda paydo bo‘lgan immunitet turg‘un saqlanadi.
Klinik manzarasi. Kasallikni inkubatsion davri - 2-14 kun, o‘rtacha 3-5 kun bo‘ladi. Kasallik ko‘pincha o‘tkir boshlanadi. Et uvishishi va titrab-qaqshash unchalik kuchli bo‘lmasada, tana haroratini ko‘tarilishi tez va yuqori bo‘ladi. Bemor - kuchli bosh og‘rig‘i, a’zoi - badani va ayniqsa belini qaqshab ogrishi, keskin quvatsizlik va ishtahasining yo‘qligiga shikoyat qiladi. Ba’zan qornida ham og‘riq bo‘ladi, og‘zi quriydi, kungli aynab qusadi. Ayrim bemorlarda Pasternatskiy simptomi musbat bo‘ladi.
Kasallikni boshlang‘ich davri 2-6 kun davom etadi. Bu davrda bemor ancha xayajonlangan holda bo‘ladi. YUz, bo‘yin, ko‘krak qafasining yuqori qismi terisida hamda shilliq pardalarida qizarish, lablari kuriganligk va ayrimlarda uchuq toshmalari ko‘riladi. Pulsi tezlashgan (ba’zan nisbiy bradikardiya), yurak tonlari bo‘giqlashgan, arterial gipotenziya holati kuzatiladi. Periferik qonda - leykopeniya, neytrofillarni chapga siljishi, trombotsitopeniya va ECHT ortganligi ko‘riladi.
Kasallikning avj olgan davri, ko‘pincha 2-4- kundan boshlanib, 2-6 kun davom etadi. Bemorning umumiy ahvoli og‘ir, isitmasi yuqori (ba’zan tana harorati 1-2 kun davomida biroz pasayishi mumkin) bo‘lganligi holda
g emorragik alomatlar paydo bo‘ladi. Tananing yon kismida, qo‘l-oyoq terisi burmalarida petexial toshmalar paydo bo‘ladi. Og‘ir kechishlarda - yirik qon quyilishlar (purpura), hamda tish milklaridan, burundan, oshqozondan, ichakdan, o‘pkadan va bachadondan qon ketishlar kuzatiladi. Bemorning terisi quruk, kizargan, ogiz shilliq pardalarida gemorragik enantemalar, in’eksiya o‘rinlarida yirik qontalashlar bo‘ladi. Ko‘p qon ketish hollari 10-15% bemorlarda kuzatilib 3-4 kun davom etadi.
B u davrda bemorning ruhi tushgan, rangi oqargan, butun tana ko‘kargan (akrotsianoz), yurak urishlari tezlashgan, xiralashgan, arterial bosimi pasaygan va jigari kattalashgan bo‘ladi. Bemorlarning 10-25% da meningial simptomlar, trishishlar, alaxsirashlar bo‘lishi va koma rivojlanishi mumkin. Siydik kelishi kamayadi, mikrogematuriya va azotemiya kuzatiladi. Qonda gemotokrit ko‘rsatkichi, koldiq azot, aminotransferaza aktivl igi ortadi va mstabolik atsidoz belgilari ko‘riladi. Trombotsitopeniya darajasi va gematokrit ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishi kasallik oqibatinipg smonligidan darak beradi. Isitma 4-9 kup davom etadi, 79% da ikki o‘rkachli bo‘ladi.
Rekonvalessensiya davrida uzoq vaqt (1-2 oy) astenik sindromlar davom etadi.
Kasallik ikki xil ko‘rinishda: 72%) bemorlarda gemorragik sindromlar bilan va 28% yda gemorragik belgilarsiz kechadi. Kechishini og‘ir yoki engilligiga qarab: epgil (45%), o‘rta ogir (35%) va og‘ir (20%) kechishlari farqlanadi.
QKGI ning oqibati og‘ir. Ulim bilan yakunlanishi - 2-8% (Musaboev I.K.) va hatto 40% (SHuvalova E.N.) bo‘lishi mumkin.
Asoratlar kam kuzatiladi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilishi tufayli - zotiljam, angina, parotit, flegmona, ba’zan peritonit, hatto sepsis bo‘lishi mumkin.
Tashxisi. Epidemiologik ma’lumotlarga, hamda kasallikni boshlangich davriga xos (et qakshashi, isitma ko‘tarilishi, terining qizarishi singari) belgilarni tez rivojlanishi, gemorragik alomatlarni tez ortishi va ko‘pligiga, periferik qondagi xos o‘zgarishlarga asoslanadi.
Laborator diagnostikada - konda virusni (virusemiya davrida) aniqlash; serologik tekshiruvlardan - bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasini tormozlash, immunoflyuoressensiya, immuioferment analizi va komplimentpi biriktirish reaksiyalaridan foydalaniladi.
Taqqosiy tashxisi. QKGI ni msningokokk infeksiyasi, gripp, leptospiroz, goshmali tif, trombotsitopenik purpura, SHenleyn-Geiox kasalligi; tropik o‘lkalarda - sariqli isitma va boshka gemorragik isitmalardan farqlash kerak.
Davolash. Kasallikni barcha turlarida bemor darhol kasalxonaga yotqizilib, qat’iy yotish rsjimi va zaruriy parhez tayin qilinadi.
Davolash alomatlari birinchi navbatda intoksikatsiyani kamaytirish va kon ketishini to‘xtatishga qaratiladi. Spetsifik davo maqsadida - 60-100 ml dan immunli zardob yoki giperimmun immunoglobulin qo‘llash yaxshi samara berishi mumkin. Immunli zardobni, ilgari gemorragik isitma bilan og‘rib o‘tgan odamning konidan olib tayyorlash mumkin. Uni 20 ml dan mushak orasiga, 3 kun davomida yuboriladi (CHumakov M.P. usuli - 1945 yil.).
P rofilaktikasi. Bemorni ko‘rayotganda, parvarishlanayotganda yoki unga turli muolajalar o‘tkazilayotganda, tibbiyot xodimlari va boshqa muloqotda bo‘layotgan shaxslardan katta ehtiyotlik talab etiladi. Kasallik o‘chogi aniqlangan joyda, darhol tegishli deratizatsiya, dezinseksiya va dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi.
Ko‘rsatmaga ko‘ra vaksinatsiya qilinadi, immunoglobulin yuboriladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling