Gemorragik isitmalar (febris haemorrhagica)


Sariq isitma (febris flava)


Download 0.83 Mb.
bet2/2
Sana19.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1102634
1   2
Bog'liq
Gemorragik isitma

Sariq isitma (febris flava). Xalqaro nomenklatura bo‘yicha – Amaryl Sariqli isitma - chivinlar orqali yuquvchi, tabiiy o‘choqli, o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, to‘satdan boshlanishi, kuchli intoksikatsiya, ikki o‘rkachli isitma, gemorragik sindrom, sariqlik, jigar va buyrak etishmovchiligi bilan namoyon bo‘ladi.
Kasallikni juda og‘ir kechishi va juda ko‘p (40-90%) o‘lim berishi tufayli sarikli isitma 1892 yilda o‘ta xavfli konvension kasalliklar guruhiga kiritilgan va tibbiy-sanitariya qoidalariga ko‘ra JSST da ro‘yxatga olipadi.
E tiologiyasi. Sariqli isitmani qo‘zg‘atuvchi virus (Flavivirus febricis)
- Flavivirus turkumiga, Togaviridae avlodiga mansub arbovirusdir. U 17-25
nm (12-27 nm g‘acha) kattali kda bo‘lib, o‘zida RNK tutadi, pantrop va ayniqsa
visserova neyrotrop husisiyatga ega. Virus - suyultrilgan muhitda, oddiy
dezinfeksiyalovchi moddalar va issiklik ta’siriga sezuvchan, kurutilgan holda esa 100-110°S issiqlikda 5 soat, muzlatilaganda bir necha yilgacha tirik saqlanadi.
Epidemiologiyasi. Sariqli isitmani tabiatda ikki hil epidemiologik o‘chog‘i: tabiiy yoki changalzor - o‘rmonlardagi o‘chog‘i va shaharlardagi o‘chog‘i mavjud.
Kasallikni endemik o‘choqlari - Markaziy va Janubiy Amerika hamda G‘arbiy va Markaziy Afrikada tarqalgan.
O‘rmonlardagi o‘chog‘ida ipfeksiya manbai - marmazet maymunlar hisoblanadi, birok kemiruvchilar, xaltalilar, tipratikanlar va boshqa hayvonlar ham bo‘lishi mumkin.
Afrikadagi tabiiy o‘choqlarda virusni - Aedes Simsoni, Aedes africanus chivinlari, Janubiy Amerikada esa Haemagogus sperazzini va b. tarkatadi. Bu chivinlar hayvonlardan virusli qonni so‘rganlaridan 9-12 kun o‘tgach odamga kasallikni yuqtira oladilar.
SHaharlarda esa virusni Aedes aegypti chivinlari tarqatadi. Kasallik manbai bemor odam hisoblanadi. Bemor virusemiya vaqtida yuqumli bo‘ladi.
Urmonlardagi o‘choqlarda kasallik, odatda sporadik tarzda, ko‘iroq shu o‘rmon xo‘jaligida ishlovchi shaxslar orasida, uchraydi. SHaharlarda esa epidemiya shaklida tarqaladi.
Sariqli isitma Janubiy va Markaziy Amerika hamda Afrikaning -Zoir, Kongo, Sudan, Samali, Keniya va boshqa mamlakatlardagi tropik o‘rmonzorlarda hozir ham sporadik ko‘rinishda uchrab turadi.
Klinik manzarasi. Sariqli isitma ko‘pchilikda og‘ir va hatto yashin tezligida kechib ko‘p o‘lim bsrsada, ayrim hollarda engil - subklinik shaklda ham kechishi mumkip. Kasallik siklik kechadi, unda 5 davr farqlanadi. Ipkubatsion davri 3-6 kun, ba’zan 10-12 kungacha cho‘zilishi mumkin.
Boshlang‘ich (qizarish) davri - 3-4 kun davom etadi. Kasallik, prodromal bslgilarsiz, to‘satdan titrab-kaqshash va tana haroratini 39-41°S gacha ko‘tarilishi bilan boshlanadi, Bemorning boshi qapiq ogriydi, butun tana mushaklarida, suyaklarda, bugimlarda va ayniqsa belida kuchli ogriq his qiladi. Ogriq ko‘kragida va qornida ham bo‘lishi mumkin. Ko‘ngli aynab, ko‘p marta qusadi, keyinchalik qon ko‘shilganligi tufayli, qusug‘i kofe yoki qora rangda bo‘lib qoladi. Ayrimlarda ichi ham suyuq keladi. Kasallikni birinchi kuplaridan ko‘pchilik bemorlarning yuzi, bo‘yni va ko‘kragining yuqori qismida terisi yaqkol kizargan, yuzi kepchigan, lablari qizargan va bir oz shishgan, ko‘zlari qizargan bo‘ladi. Bemorning ko‘zlari yoshlanib turadi, y oruglikka karay olmaydi. Bemor ko‘p bezovtalanib, alahlaydi, har xil nojo‘ya harakatlar qiladi. Uning yuzi va ko‘zining qizilligi, ustiga-ustak bezovtaligi mast odamni eslatadi. Pulsi tezlashgan, keyinchalik bradikardiya va gipotenziya aniqlanadi. Bradikardiya bo‘lmasdan taxikardiyanipg davom etishi kasallikni yomon kechishidan darak beradi.
Ko‘pchilik bemorlarda jigar kattalashgan va og‘riqli bo‘ladi. Boshlang‘ich davrining oxiriga kelib ko‘z va teri sargayadi, petexiyalar yoki ekximozlar ko‘riladi.
Gipersmiya davridan so‘pg qisqa muddatli (bir necha soatdan 1-1.5 kupgacha) remissiya boshlapib, tapa harorati pasayadi va bemor o‘zini ancha engil his tgadi. Ba’zan remissiyadan so‘ng bemor sogayib ketadi. Lekin ko‘pchilik xollarda kasallik keyingi bosqichga o‘tadi, ya’ni vena tomirlarida staz davri boshlanadi.
S taz davrida bemorning ahvoli yana yomonlashadi. Tana harorati yuqori darajalargacha ko‘tariladi, sariqlik ortadi. Bemorning terisi oqargan, og‘ir kechishlarda ko‘kargap bo‘ladi. Tana va oyoq, qo‘l terisida tarqoq gemorragik toshmalar (petexiyalar, purpura, ekximozlar) paydo bo‘ladi. Milklar qopaydi, bemor qon qusadi, burnidan, ichagidan, bachadondan qon ketadi. Ogir kechishida shok rivojlanadi. Tomir urishi siyraklashadi, susayadi, arterial bosimi pasayishda davom etadi. Oliguriya yoki anuriya rivojlanib, azotemiya ortadi. Ko‘pincha toksik enssfalit alomatlari rivojlanadi. SHok rivojlanishi hamda jigar va buyrak faoliyatining etishmovchiligi tufayli bemor ko‘pincha, kasallikning 7-9 kuni o‘ladi.
Kasallikni boshlag‘ich va staz davrlari o‘rtacha 8-9 kun davom etadi. Isitma pasayishi bilan sog‘ayish (rekonvalessensiya) davri boshlanib, patologik alomatlar asta-sekin yo‘qolib boradi.
Endemik o‘choqlarda yashovchi aholi orasida sariqli isitma engil yoki abortiv shaklda kechishi mumkin. Bunday xollarda, sariqlik va gemorragik belgilar oshkor bo‘lmaganligi tufayli, kasallikni o‘z vaqtida aniqlash mushkul bo‘ladi.
Kasallikni boshlang‘ich davrida leykopeniya va trombotsitopeniya ko‘riladi, leykotsitar formula chapga (ba’zan promielotsitlargacha) suriladi. Kasallikning avj davrida esa - leykotsitoz, trombotsitopeniya, giperkaliemiya, azotemiya, gematokrit ko‘rsatkichini ortganligi; siydikda -eritrotsitlar, oqsil va silindlar aniqlanadi.
Biokimyoviy tekshiruvlarda - giperbilirubinemiya va aminotrapsferazalarni (ko‘proq AsAT ni) akt ivligi ortganligini ko‘riladi.
Davolash. Bemorni tezlikda kasalxonaga joylashtirib, palataga chivin kirmaslig‘i va kasallikni parenteral yo‘l bilan xodimlarga yuqmasligiga qaratilgan barcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Kasallikni o‘tkir kschishi davrida bemor qat’iy yotish rejimida bo‘lishi, ko‘p suyuklik iste’mol kilishi lozim. Parhezida tuz, hayvonot oqsili va yog‘i bir oz cheklanadi.
Davo choralari, asosan intoksikatsiyani kamaytirishga, shok va gemostaz holatiga qarshi shuning‘dek jig‘ar va buyraklar faoliyatini tiklashga karatiladi. Jigar va buyrak etishmovchiligi rivojlanib, azotemiya yuzaga kelgan taqdirda gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkaziladi.





Mavzu: Gemorragik isitma
(febris haemorrhagica).







Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling