Mavzu: Anaerob infeksiya


Anaerob infeksiyanijarrohlik yul bilan davolash va oldini olish usullari


Download 32.52 Kb.
bet5/6
Sana12.02.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1190656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 lek xirurgiya

5. Anaerob infeksiyanijarrohlik yul bilan davolash va oldini olish usullari.
Davolash kompleksli bo’lishi shart. Bunda anaeroblarning biologik xususiyatlari va kasallikning kechishi hisobga olinadi. Birinchi navbatda osmo – oksigenli va patogenetik terapiya (nospesifik davolash) bilan birgalikda operativ va spesifik davolash choralari ko’llanadi. Hayvonga tinch sharoit ta’minlanadi. Antibiotik, vitaminlar, glyukoza, Kadыkov suyukligi, yurak faoliyatini yaxshilovchi vositalar yuboriladi.
Eng muhimi barcha davolash usullari kasallik boshida bajarilishi lozim.
Kasal hayvonlar sog’ hayvonlardan ajratiladi, hamma ishlatiladigan asboblar, oyoq kiyimi va rezin qo’lqoplar yaxshi yuvilib sterilizasiya qilinadi. Ifloslangan bog’lov materiallari va ishlatilgan arqonlar yoqib yuboriladi.
Anaerob infeksiyada davolash ishlari, bu infeksiyadan holi bo’lgan hayvonlarga ishlov bergandan so’ng boshlanadi. Operasiyadan avval shish periferiyasi bo’ylab novokain – antibiotikli infiltrasiya bajariladi.
Gazli abssess keng kesim orqali ochiladi, o’lgan to’qimalar kesib tashlanadi, to’qimali cho’ntak va qovaklar yo’qotiladi va vodorod perikisi, kaliy permanganati yoki xloramin qo’shilib, issiq (40 oS) o’rta tuzlarning gipertonik eritmalari qo’llanadi. Xlorgeksidin eritmasi samaraliroq ta’sir qiladi.
Gazli flegmona, gazli shish va gazli gangrena keng bir yoki bir nechta kesimlar orqali ochiladi, qon paydo bo’lgancha o’lgan to’qimalar olib tashlanadi.
Rivojlanayotgan anaerob infeksiya belgilari mavjud tikilgan jarohatlar (krepitasiya beruvchi shish, gaz ajralishi va boshq.) zudlik bilan ochiladi, qon paydo bo’lgunga qadar qo’shimcha kesimlar bajariladi, kontraperturalar qilinadi, o’lgan to’qimalar yo’qotiladi. To’qimalarini kesishdan avval va keyin jarohat uzoq vaqt (20 daqiqa) yuqorida keltirilgan eritmalar bilan yuviladi. Ularga 2–10% li skipidar qo’shilishi yaxshi samara beradi. Yuvilgan jarohatlar Sol. natrii chloridi 20%; Hydrogenii peroxydati 3%, 100,0 aa; Ol. Terebenthini 10,0 bilan tarqoq drenajlanadi.
Drenajlashdan tashqari jarohatga murakkab kukunlar va yarim sintetik antibiotiklar aralashmasini sepish mumkin (Acidi borici 6,0, Iodoformii 2,0, Ampicillini 0,5 yoki Carbenicillini). Venaga gentamisin yuboriladi.
Oksigenoterapiyada anaerobli o’choqqa va chegaradosh sog’ to’qimalarga kislorod yuboriladi.

Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling