Mavzu: Anaerob infeksiya
Download 32.52 Kb.
|
4 lek xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nekrobakterioz
- Aktinobasillyoz
Aktinomikoz– zamburug’lar chaqiradigan surunkali yallig’lanish jarayon bo’lib, chegaralangan yiringxonalar atrofida biriktiruvchi to’qimaning proliferasiyasi bilan harakterlanadi. Yiring tarkibida zamburug’ druzalari topiladi.
Chaqiruvchisi Actinomyces zamburug’lari. Ular ko’pincha og’iz bo’shlig’ining shillik pardasi orqali yumshoq to’qimalarga o’tib o’rnashadi. Kasallik avvalida to’qimalarda mayda tugunchalar hosil bo’lib, ular keyinchalik birlashadi va katta, zich yaralar yoki yiringxonalarga aylanadi. Yara yuzasi fungozli granulyasiya bilan qoplanadi. Ikkilamchi jarayon sifatida jag’osti va xalqumorti limfatik tugunlar zararlanadi (34 %). Aktinomikozda odatda jag’ suyaklarining osteomiyeliti rivojlanadi. Qoramol va cho’chkalarda o’pka aktinomikozi ham kuzatiladi. Davolash: chegaralangan aktinomikomalar operativ yul bilan olib tashlanadi. Kichik jarayonlarda gemo–novokain qamallari, mahalliy–antibiotikoterapiya va yodoterapiya usullari qo’llanadi. Ikkinchi usulda qoramollarga 6,0 dan yodli kaliy og’iz orqali 10–14 kun beriladi. Immunoterapiya vositasi sifatida peptinolizatlar qo’llanadi. Kasallikning oldini olish uchun oxur chetlari tozalanadi. Dag’al xashaklarga issiqbug’ bilan ishlov beriladi. Nekrobakterioz kasalligi hayvon barmoqlari nekrobakterioz tayoqchalari bilan zararlanganda hosil bo’ladi. Barmoqlar xajmi kattalashadi, yuzasida ko’p sonli nekroz o’choqlari paydo bo’ladi. To’qimalar zichlashadi. Nekrozli o’choqlardagi oqmalardan suyuq va sassiq yiring oqib chiqadi. Davolamaganda hayvon o’pkasida va boshka joylarda metastazlar rivojlanadi. Jarayon chuqurroqo’tib pay, suyak, tuyoqlarga ko’chadi va keyinchalik sepsisga aylanadi. Qoqshol spesifik o’tkir yuqumlik kasallik bo’lib, uni sporali anaerob tayoqcha B. tetani qo’zg’atadi. Bu tayoqcha ikkita toqsin – tetanospazmin va tetanogemolizinlarni ishlab chiqaradi. Tetanospazmin asab tizimiga ta’sir qilib, targ’il mushaklarda tonik va klonik tirishishlarni chaqirsa, tetanogemolizin esa eritrositlarni eritadi. B. tetani saprofit sifatida uy hayvonlari, shuningdek odam ichagida yashaydi va fekaliylar orqali tuproqqa tushadi. Shuning uchun har qanday jarohat qoqshol uchun yaxshi sharoitdir. Davolash maqsadida kompleks davolash uslubi qo’llanadi: 1. Toksinlar miqdorini kamaytirish va neytrallash. 2. Tonik va klonik tirishishlarni kamaytirish va yo’qotish. 3. Hayvonning umumiy ahvolini, yurak, o’pka faoliyatini yaxshilash. 4. Ikkilamchi asoratlarning (sepsis va boshq.) oldini olish. Aktinobasillyoz–surunkali infeksion kasallik bo’lib, asosan qo’ylarning boshi sohasida ko’psonli abssesslar paydo bo’lishi bilan ajralib turadi. Kasallikni Actinobacillus Lignieri turiga mansub mikrob chaqiradi. Mikrob boshoqli o’simliklarning qiltiqlari, poyalari va boshq. mexanik shikast yetkazishi natijasida to’qimalarga kirib o’rnashadi. Qo’ylar aktinobasillyozida bo’yin terisi va lablarning shilliq pardasida ko’p sonli yoki yagona sovuq, kattaligi no’xatdan tovuq tuxumigacha kattalikda keladigan yiringxonalar hosil bo’ladi. Limfatik tomirlar zararlanganda tasbex ko’rinishida mayda abssesslar rivojlanadi. Ular o’z–o’zidan tashqariga, burun bo’shligiga yoki og’iz bo’shligiga yoriladi. Ichidan sassiq yiring oqib chiqadi. Kasallik cho’zilsa metastazlar hosil bo’ladi. Davolash: zararlangan o’choqlarga jarrohliq ishlov beriladi. Jarohat yuzasi lyugol eritmasi bilan yuviladi yoki yodlangan baliq yog’i: Olei Jecoris Aselli – 100,0; Aquae distillatae – 2,5; Kalii ioditi – 2,5; Iodi puri – 2.5 suriladi. Uyqu arteriyasiga 20 ml 0,25 % li novokain eritmasi bilan neomisin va morfosiklin (1 kg tirik massaga 0,5–1 mg) yoki 10 ml 0,25 % li novokain eritmasi bilan miserin (kunaro, 1 kg tirik massaga 5000 T.B.) yuboriladi. Hayvon 6–9 kunda sog’ayib ketadi. Download 32.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling