Qidir Gangrena Gangrena


Download 58.22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.04.2023
Hajmi58.22 Kb.
#1364508
Bog'liq
Gangrena - Vikipediya



Qidir
Gangrena
Gangrena (
yunoncha
: gangraina — irish), qorason — tirik tana, aʼzo yoki toʻqimalar bir
qismining irib nobud boʻlishi, nekroznnsh bir turi. Barcha toʻqima va aʼzolarda (teri, teri osti
yogʻ qatlami, muskullar, ichak, oʻt pufagi, oʻpka), koʻpincha qoʻl-oyoq va qorin boʻshligʻidagi
aʼzolarda uchraydi. G. asosan qon tomirlari kam boʻlgan soha va aʼzolar (mas, barmoqlar, qoʻl-
oyoq panjasi, quloq chigʻanogʻi)da tez rivojlanadi. Toʻqima va aʼzolarning ezilishi, sovuqurishi,
kuyishi, ularga qon kelmay qolishi, qon tomirlariga tromb, embol (qarang Tromboz, Emboliya)
tiqilib qolishi (tomirlar jarohatlanishi yoki aterosklerozda torayishi va boshqalar), turli
mexanik, kimyoviy (kislota, ishqor taʼsiri) va fizik omillar (50° dan yuqori yoki 20° dan past
temperatura, alfa yo beta-nurlar) G.ga sabab boʻlishi mumkin. Yurak-tomir faoliyatining,
moddalar al mashinu vining buzi lishi, avitaminozlar, chekish. spirtli ichimliklarga ruju qilish
va boshqa ham G.ga olib kelishi mumkin. Quruq, hoʻl va gazli G. (qarang Gazli gangrena) farq
qilinadi. Halok boʻlgan toʻqimaga qon kam kelishi va shu joydagi toʻqima suyuqligining
bugʻlanishi sababli toʻqima namligi tez kamayganda quruq G. vujudga keladi; venalar ishlab
turgani holda arteriya berkllib qolib, irigan toʻqima quriydi, qotadi, burishadi. Irigan toʻqima
qurib qolguncha chirituvchi mikroblar tushsa, quruq G. hoʻl G. ga aylanadi. Toʻqima suyuqligi
koʻp boʻlib, irish jarayoni sekin-asta avj olganda ham hoʻl G. roʻy beradi. U koʻpincha ichki
aʼzolar (oʻpka, ichak)da paydo boʻladi. Qoʻl-oyoq uchidagi irigan toʻqimaning qurishiga tashqi
sharoit imkon bermaganda ham hoʻl G. kuzatiladi. Bunda rangsiz-koʻkimtir terida qizgʻish va
qoramtir venalar koʻrinadi, har joy-har joyda epidermis koʻchib, oʻrni pilchirab turadi. Hoʻl G. oʻz
vaqtida davolanmasa, toʻqima tobora irib, turli noxushliklarga olib keladi. Davo asosan G.
xavfini tugʻdiruvchi kasallikni davolashdan iborat; turli dori-darmonlar, antibiotiklar va jarrohlik


usuli qoʻllaniladi. G.ning oldini olish uchun kasallikka xos ilk alomatlar paydo boʻlganda darhol
vrachga murojaat etish lozim.
Hayvonlarda G. koʻproq oʻpka, ichak-qorin, teri, yelin, barmoq, quloq chigʻanogʻi va dumda
uchraydi. Terining G. boʻlgan qismi qurib qotadi, jigarrang va qora tusga kiradi. Kasallik ogʻir
oʻtganda, teri koʻkarib qorayadi, shishadi, toʻqimalar yumshab, iriy boshlaydi, qon aralash iflos
suyuqlik oqadi, gavda harorati koʻtariladi, yurak faoliyati buziladi, nafas olish qiyinlashadi,
ishtaha yoʻqoladi.
Davosi: quruq G.da pioktaninning spirtdagi 2—3% li eritmasi, gensi-anviolet, dermatol, vismut,
kseroform, oq streptotsid ishlatiladi. Hoʻl G.da esa nekrozning tarqalib ketishiga yoʻl
qoʻymaslik va irigan toʻqimalarni tezda ajratib olish maqsadida quruq havo vannalari,
sollyuks, novokain blokadasi va boshqalardan foydalaniladi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gangre
na&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 4 kun avval
 
PlanespotterA320
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Gangrena&oldid=2532245

dan olindi 

Download 58.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling