1. Grammatik ma’no ─ grammatik munosabat ifodalaydigan umumiy ma’no


Grammatik ma’no ifodalovchi vositalar haqida


Download 137.5 Kb.
bet5/8
Sana13.05.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1455305
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Grammatika tilning grammatik qurilishi haqidagi

Grammatik ma’no ifodalovchi vositalar haqida.
Affiksatsiya tilimizda grammatik ma’noni ifodalashning eng keng tarqalgan usuli bo`lib, tilimizga xos bo`lgan grammatik ma’nolarning deyarli barchasi son, egalik, kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat, belgi darajasi, harakat, nisbat, tarz (harakatning sodir usuli), bo`lishli-bo`lishsizlik (tasdiq-inkor), mayl- zamon, shaxs-son affiks - qo`shimchalar yordamida ifodalanadi. O`zbek tilida, asosan,
suffikslar, ya’ni o`zak yoki asosdan keyin qo`shiladigan qo`shimchalar ishlatiladi. Tilimizda eroniy tillardan kirgan bir qator [be-], [bo-], [ser-], [no-], [ba-] kabi prefikslar ─ o`zak va asosdan oldin keladigan qo`shimchalar ham o`zlashib qolgan. Lug`aviy shakl va aloqa - munosabat qo`shimchalari vositasida yasaladigan shakllar tilshunoslikda s i n t e t i k shakllar deb aytiladi. Chunonchi, kitoblar, akamga, uylarimizda, kelmasaydingiz, yaxshiroq, o`nta kabi shakllar sintetik
shakl sanaladi. O`zbek tilida kelishik shakllari standart holda(tushum kelishigi faqat – ni orqali ifodalanadi) bo`lsa, rus tilida kelishik ma’nosi turli shakllar orqali ifodalanadi. Qaratqich kelishigining birlik ma’nosi: a (окна), и (тетради), я (коня) va h.
Yordamchi so`zlar. Bular ham grammatik ma‟no ifoda qilish uchun qo`llaniladi. Ko`makchilar ot, ma‟nosi toraygan so`zlar bilan birga kelib, o`zi aloqador bo`lgan so`zni boshqa so`z bilan munosabatga kiritadi: Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz (A.Q.) - holat ma’nosi voqelangan; Telefon orqali gaplashdim –vosita ma‟nosi voqelangan; Do`stlik biz uchun hamisha ilhom va kuch-quvvat manbai bo`lib kelgan (O‟.U.) – atalganlik ma‟nosi voqelangan. O`zbek tilida yordamchi so`zlar juda katta guruhni tashkil etadi, ko`makchi, bog`lovchi va yuklamalarning yarim bog`lovchi, yarim ko`makchi, yarim yuklama kabi turlari mavjud bo`lib, bunday so`zlar ham mustaqil, ham yordamchi ma’noga ega. Chunonchi, Ishning boshida Abdurahim turar edi.
Yordamchi so`zlar sifatida o`zbek tilida juda, eng, bag`oyat, nihoyatda, o`ta, sal, birmuncha kabi ravishlar ham, olmoq, bermoq, qolmoq, o`tirmoq, chiqmoq, ketmoq, boshlamoq, bo`lmoq kabi 40 dan ortiq fe‟llar ham keng qo`llaniladi. Yordamchi so`zlar vositasida yasalgan shakllar a n a l i t i k shakllar deb ataladi.
Tilimizda juda ko`p holatlarda ayni bir grammatik ma’no sintetik shakl bilan ham, analitik shakl bilan ham ifodalanishi mumkin. Chunonchi, Kitobni akamga
(akam uchun /akamga deb / akamga atab/ akamga mo`ljallab/...) oldim. Ingliz tilidа the va a (n), frаnsuz tilidа le, un, nemis tilida der, das kаbi аrtikllаr grаmmаtik mа‟nо ifоdаlаydi. Masalan, the table ingliz tilidа аniqlik grаmmаtik
mа‟nоsini ifоdаlаyapti. Rus tilidа в, на, под kаbi prеdlоglаr turli mа’nоlаrni ifоdаlаydi.
Takror (reduplikatsiya)- bir so`zni aynan ikki marta takrorlash sanalib, bunda ham turli grammatik ma’nolar hosil qilinadi: predmetning ko`pligi, belgining oshirilishi, ma’noning kuchayishi, harakatning takrorlanishi hamda uzoq davom etishi va boshqalar. Chunonchi, etak-etak paxta ─ miqdoriy ko‟plik; ayta- ayta charchamoq ─ harakat davomiyligi. Grammatik vosita sifatida takror malay (indoneziya tili), hind, xitoy singari tillarda ishlatiladi. Masalan: xitoy tilida син – yulduz, син-син – yulduzlar; hind tilida бхай – birodar, бхай-бхай – birodarlar; malay tilida orang – kishi, orang-orang- kishilar Tilimizda bu usulning to`liq takror (etak- etak paxta) va qisman takror (qip - qizil, ko`m- ko`k, yam - yashil) va tilimizgagina xos bo`lib, fanda "sadodosh takror" (слово-эхо) deb atalgan ko`rinishi ham keng tarqalgan (mayda- chuyda, she`r-pe’r, kitob -mitob, ko`k- mo`k, qizil- pizil).

Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling