1. Gravitatsiya usulida boyitishning nazariy asoslari Cho`ktirish usulida boyitish asoslari


Cho`ktirish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari


Download 317 Kb.
bet4/4
Sana17.12.2022
Hajmi317 Kb.
#1025760
1   2   3   4
Bog'liq
10 ma’ruza GRAVITATSIYA USULIDA BOYITISH CHO‘KTIRISH USULI CHO‘KTIRISH

Cho`ktirish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari


Cho`ktirish mashinasi – gravitatsiyali boyitish mashinasi, unda boshlang’ich material cho`ktirma g’alvirda suyuqlik yoki havoning vertikal o`zgarishlari ta`siri ostida ajraladi.
Cho`ktirish mashinasi (54-rasm) ikkita o`zaro aloqada bo`ladigan – konsentratsiya bo`limidan I va pulslanish bo`limidan II tuzilgan. Konsentratsiya bo`limida minerallar ajraladigan g’alvir 1 mahkamlangan. Pulslanish bo`limidagi mashina kamerasida to`ldirilgan suvning qaytma-ilgarilanma harakatini bildiruvchi qurilma mavjud. Boyitiladigan foydali qazilmalar suv bilan birga g’alvirga tushadi, u mashina bo`ylab to`shama deb ataluvchi qatlamli bir tekis taqsimlanib, tashiladi.
Materialning g’alvirda joylashgan butun massasi, hosilalar va jinslar to`shama 3 deyiladi.
G’alvirdagi teshik orqali yuritmadan tezligi bo`yicha o`zgaruvchan va yo`nalishi bo`yicha ko`tariluvchi-pasayuvchi suv oqimi hosil bo`ladi. Ko`tariluvchi-pasayuvchi oqimlarning ko`p martali ta`siri natijasida to`shama qavatlarga ajraladi: yengil minerallar ko`tariluvchi oqim bilan yuqori qatlamlarga chiqadi, og’ir minerallar esa, og’irlik kuchi ta`siri ostida muhit qarshiligini yengib, to`shamaning pastki qatlamiga to`planadi. Tashish suvining bo`ylama oqimlari hisobiga to`shama mashina bo`ylab g’alvirning boyitish mahsulotlarini qatlamlab tushirish sodir bo`layotgan tushirish oxiriga 2 siljiydi.
Mayda og’ir zarralar g’alvir orqali mashina kamerasiga yuklanadi, eng yiriklari g’alvir bo`ylab siljiydi va g’alvir oxiridagi tirqish orqali tushiriladi, yengil zarralar esa quyish bilan birga chiqarib yuboriladi.
Cho`ktirish mashinalarida 0,25 dan 50 mm.gacha yiriklikdagi rudani va 0,5 dan 13 mm.gacha yiriklikdagi ko`mirni boyitish mumkin. Boyitish samaradorligini oshirish uchun ruda yirikligi bo`yicha sinflarda elashga duch qilinadi va har bir sinf alohida cho`ktirma mashinada boyitiladi.
Zarralar yirikligi ko`lamini aniqlash uchun har bir sinfda zarralar teng tushishi koeffitsientidan foydalanish mumkin.



54-rasm. Cho`ktirish mashinasining umumiy sxemasi
Masalan, agar zichligi 2600 kg/m3 kvarts zarrasi va zichligi 7000 kg/m3 kassiterit zarrasi aralashmasi cho`ktirishga duch qilinsa, erkin tushish sharoitlarida zarralar teng tushish koeffitsientini quyidagi formula bo`yicha hisoblash mumkin




bunda, dkv, d kas – kvarts va kassiterit zarralari yirikligi; δkv, δ kas - ushbu zarralar zichligi.


Shunga ko`ra, bunday aralashmani cho`ktirish bilan samarali boyitish uchun har bir sinfda kvarts va kassiterit zarralari diametrlari nisbati 4 oshmasligi lozim. Qisilgan tushish sharoitlarida teng tushish koeffitsienti katta va tasnif shkalasini kengroq (4 dan yuqori) olish mumkin.
Cho`ktirma mashinalarni qo`llashning turli sharoitlari ko`p sonli tuzilmali ko`rinishlar yaralishiga olib keldi. Cho`ktirma mashinalar maqsadli vazifalari, yuritmaning ishlash tartibi, ajralish mahsulotlarini tushirish usullari, belgilangan mahsulotlar soni va boshqa belgilar bo`yicha tasniflanadi.
Ajralish muhiti turiga bog’liq holda, barcha mashinalar gidravlik (suvli ishchi muhitli) va pnevmatik (havoli ishchi muhitli) turlarga bo`linadi.
Konsentratsiya bo`limida suvning pulslanishini ta`minlovchi yuritma ishlashining qoidalari bo`yicha cho`ktirma mashinalar porshenli, diafragmali, havoli-pulslanuvchi (porshensiz) va qo`zg’alma g’alvirli turlarga bo`linadi.
Porshenli cho`ktirma mashinalarda (OMP) suvning pulslanishi porshenning qaytma-ilgarilanma harakati bilan yuzaga keladi. Porshenli mashinalar 2-40 mm yiriklikdagi marganetsli, qalayli, volfram rudalarini boyitish uchun qo`llaniladi.
Diafragmali cho`ktirma mashinalarda (MOD) muhit pulslanishi konusli ostning harakatlanishi va diafragma bilan yuzaga keladi. Mashinalar boyitish materialining 0,5-15(30) mm yirikligida qora, noyob metallar va oltin tarkibli sochilmalarni boyitish uchun qo`llaniladi.
Havoli-pulslanuvchi (porshensiz) cho`ktirma mashinalarda muhit pulslanishi (OPM, OPO) siqiq havoning davriy chiqishi bilan hosil qilinadi. Mashinalar 0,5(0,3)-13(25) mm yiriklikdagi ko`mirni boyitishda va kam hollarda ajraladigan material yirikligi 0,5-4(60) mm bo`lgan rudalarni boyitishda keng qo`llanilishga ega.
Qo`zg’alma g’alvirli cho`ktirma mashinalarda muhit o`zgarishi g’alvir harakati bilan yaratiladi. Mashinalar juda kam hollarda ajraladigan material yirikligi 3-40 mm bo`lgan temir va marganets rudalarini boyitishda qo`llaniladi.
Havoli-pulslanuvchi (porshensiz) cho`ktirish mashinalari eng taraqqiy etgan va tez yeyiladigan detallarga deyarli ega emas, chunki cho`ktirish bo`limida tebranishlarni hosil qilish uchun siqiq havodan foydalaniladi.
Havoni kiritishda havoli bo`limda suv sathi pasayadi, cho`ktirish bo`limida esa oshadi, atmosferaga havoni chiqarishda teskari holat yuz beradi. Shu tufayli cho`ktirish bo`limida suvning tebranma harakati amalga oshiriladi.
Porshensiz cho`ktirish mashinasi MOBM-10 (OMP1) (55-rasm) cho`ktirish bo`limidan to`siqlar (g’alvir ostida) bilan ajratilgan, havo kameralarining yon tomonda joylashuvili, bo`ylama to`siqlar bilan cho`ktirish va havoli bo`limlarga ajratilgan bir nechta (2-6) kameralarga ega.
Porshensiz cho`ktirma mashina quyidagi tuzilmaviy elementlarga ega:

  • korpus 1, suvning tebranuvchi massasi uchun oquvchi qismi V va boyitiladigan material uchun idishga mashinaning barcha tugunlari uchun biriktiruvchi tuzilma bo`lib xizmat qiladi (ikkita pog’onada ifodalangan: jinsli va oraliq mahsulotli);

  • ishchi to`shama qatlami uchun tayanch bo`lib va shu bilan birga uning pulslanishi jarayonida suvning o`tishiga yo`l qo`yuvchi va og’ir mahsulotning eng mayda zarralarini g’alvir ostidagi qismga tushirishga xizmat qiluvchi cho`ktirish panjarasi 2;






55-rasm. Porshensiz cho`ktirish mashinasi



  • tashish suvi va shlamning ortiqchalarini ajratib oladigan qurilmalar (tushirish-shlamsizlantirish qurilmasi) bilan ko`pincha birga qo`shiladigan, dastlabki materialni tushirish uchun qurilma 3;

  • g’alvir usti qismida berilgan chastotali suvning ko`tariluvchi va pasayuvchi harakati almashinishini ta`minlovchi pulsator 4;

  • pulsatorlar yuritmasi 5;

  • cho`ktirish chiqindilarini tushirishni nazorat qilish va tartibga solish uchun po`kakli datchik 6;

  • cho`ktirishning og’ir mahsulotlari to`planib qolgan zonadan ularning uzluksiz chiqarib tashlanishini ta`minlovchi tushirish qurilmasi 7.

Materialni cho`ktirish g’alvir ustida joylashgan sun`iy to`shama qatlami orqali amalga oshiriladi. To`shama va g’alvir orqali o`tadigan og’ir zarralar kameradan tushirish qurilmasi orqali tushiriladi. Chiqindilar mashina oxiridagi boshqariladigan boshlanish qism orqali va qisman kameraning yon devorlaridagi quyish tuynuklari orqali chiqarib tashlanadi. G’alvir osti suvi patrubkalar bo`ylab umumiy kollektordan mashina kamerasiga beriladi.
Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling