Oddiy sharoitda molekula holidagi Vodorod faol emas, bunday holda faqat metallmaslar bilan (ftor, nur taʼsirida xlor bilan ham) birika oladi. Qizitilganda koʻpgina elementlar bilan birikadi. Atom holidagi Vodorod molekula holidagi Vodorodga nisbatan kimyoviy jihatdan juda faol hisoblanadi. Vodorod kislorod bilan suv hosil qiladi: N2+1/2O2=N2O; bunda 68,3174 kkal/mol issiqlik ajraladi (25° va 1 atm.). Odatdagi sharoitda reaksiya sekin, 550° dan yuqorida esa portlash bilan boradi. Vodorod-kislorod aralashmasining portlash chegaralari 4 dan 92% N2 gacha, vodorod-havo aralashmasiniki esa 4 dan 74% N2 gacha (2 hajm N2 va 1 hajm O, aralashmasi qaldiroq gaz deb ataladi). Vodorod oksidlardan kislorodni tortib ola olishi sababli koʻpgina metallarni qaytarish maqsadlarida ishlatiladi. - Oddiy sharoitda molekula holidagi Vodorod faol emas, bunday holda faqat metallmaslar bilan (ftor, nur taʼsirida xlor bilan ham) birika oladi. Qizitilganda koʻpgina elementlar bilan birikadi. Atom holidagi Vodorod molekula holidagi Vodorodga nisbatan kimyoviy jihatdan juda faol hisoblanadi. Vodorod kislorod bilan suv hosil qiladi: N2+1/2O2=N2O; bunda 68,3174 kkal/mol issiqlik ajraladi (25° va 1 atm.). Odatdagi sharoitda reaksiya sekin, 550° dan yuqorida esa portlash bilan boradi. Vodorod-kislorod aralashmasining portlash chegaralari 4 dan 92% N2 gacha, vodorod-havo aralashmasiniki esa 4 dan 74% N2 gacha (2 hajm N2 va 1 hajm O, aralashmasi qaldiroq gaz deb ataladi). Vodorod oksidlardan kislorodni tortib ola olishi sababli koʻpgina metallarni qaytarish maqsadlarida ishlatiladi.
- CuO+H,=Cu+H2O; Fe3O4+4H>3Fe+4H2OL. galogenlar bilan galogenvodorodlar hosil qiladi, mas.,N2+S12=2NS1. Bunda ftor bilan portlash orqali, xlor va brom bilan nur yoki qizdirish orqali birikadi, yod bilan esa faqat qizdirilganida reaksiyaga kirishadi. Vodorod azot bilan birikib, ammiak hosil qiladi: 3H,+N2=2NH3. Oltingugurt bilan birikkanda vodorod sulfid hosil boʻladi. Yuqori temperaturada sof holdagi uglerod bilan birikib, metan beradi. Metallar bilan bevosita birikib, gidridlar hosil qiladi. H,+2Li=2LiH. Vodorod ning uglerod (I)-oksid bilan reaksiyasi amaliy ahamiyatga ega boʻlib, bunda temperatura, bosim va katalizatorga qarab turli xil organik birikma (mas., formaldegid, metanol va b.) lar olish mumkin. Toʻyinmagan uglevodorodlar Vodorod bilan reaksiyaga kirishib, toʻyingan uglevodorodlarga aylanadi (qarang Gidrogenlash). Vodorod baʼzi elektromanfiy elementlar (mas., Gʻ, O, N, S, V, S1, S, R) bilan vodorod bogʻ hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |