1. Hammaxo`r zararkunadalar va ularning bioekalogik xususiyatlarini o`rganish Zararli chigirtkalar


Dala ekinlarining hammaxo‘r zararkunandalari


Download 152.5 Kb.
bet4/5
Sana25.10.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1718760
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hammaxo`r zararkunadalar va ularning bioekalogik xususiyatlarini o`rganish

Dala ekinlarining hammaxo‘r zararkunandalari


Hammaxo‘r zararkunandalar qishloq xo‘jalik ekinlarining judako‘plab botanik oilalariga mansub o‘simliklar turiga katta iqtisodiy zararyetkazadi. Katta guruhga tegishli bo‘lgan hammaxo‘r hasharotlarning qurti va katta yoshdagilarning og‘iz apparati kemiruvchi tiðdadir. Bu zararkunanda hasharotlar qishloq xo‘jalik ekinlarini deyarli butunlay yeb, juda katta zarar yetkazadi. Hammaxo‘r zararkunanda hasharotlarning, hatto bitta turining ham keng tarqalishi bir necha minglab gektar maydondagi o‘simliklarga zarar yetkazishi va ularni batamom yo‘q qilib yuborishi mumkin. Bu to‘g‘rida qadimgi Misr yozuvlaridan ham ma’lum. Bu guruh zararkunandalarga to‘g‘ri qanotlilar (Orthoptera) turkumiga mansub bo‘lgan chigirtkalar (Acrididae), ninachilar (Gryllidae), temirchaklar (Tittigoniidea), chirildoqlar (Oecanthidae), yarim qattiq qanotlilar (Hemiðtera)va qattiq qanotlilar (Coleoptera)kiradi. Òo‘g‘ri qanotlilar (Orthoptera) turkumi
Hozirgi vaqtda yer yuzida to‘g‘ri qanotlilarning 20 mingdan ortiq turi bo‘lib, shulardan 524 dan ortig‘i Markaziy Osiyoda keng tarqalgan.
Bu guruhga mansub hasharotlarning orqa oyog‘i juda yaxshi rivojlangan, sakrashga moslashgan. Hasharot o‘rtacha kattalikda, boshi cho‘ziq, uzun antennasi bor. Yaxshi rivojlangan murakkab ko‘zlari va oddiy ko‘zlari mavjud. Og‘iz apparati yaxshi rivojlangan, kemiruvchi tiðda. Yaxshi rivojlangan oldingi yelkasi o‘rta yelkani yopib turadi. Oldingi qanotlari qattiqroq, terisimon bo‘ladi. Orqa qanotlari enliroq va yumshoqroq bo‘lib, uzunasiga ketgan tomirlar bo‘ylab yelpig‘ich kabi yig‘iladi.Qorin qismi 10 bo‘g‘imdan iborat va uchida serkasi bo‘ladi. Urg‘o-chilarining tuxum qo‘ygichi bor, mo‘ylovlari ingichka, qilsimon cho‘zilgan, tanasidan uzunroq (uzun mo‘ylovlilarda) yoki kalta iðsi-
mon, tanasining yarmigacha yetadi (kalta mo‘ylovlilarda). Òo‘g‘ri
qanotlilarning ayrim guruhlari tovush chiqarish, eshitish xususiyatiga
ega bo‘lib, ular ma’lum tur tovushlarni eshitishga moslashgan. Jinsiy
voyaga yetgan davrda bu tovushlar bilan bir-birini chaqiradi. Chigirtkalar boldirining orqa tomoni bilan qanotining ustidagi tomir yo‘liga tegishi orqali tovush chiqaradi. Ninachi va chirildoqlar esa bir qanotini ikkinchisiga ishqalab tovush chiqaradi. Ninachilar, chirildoqlarning tovush eshitish organi oldingi oyog‘ining boldirida, chigirtkalarda esa yon tomonida joylashgan.
Òo‘g‘ri qanotlilar, asosan, tuproqqa tuxum qo‘yadi, ayrim hollarda
o‘simliklar poyasiga ham qo‘yishi mumkin. Bu zararkunandalar chala
o‘zgaruvchan bo‘lib, 4 — 5 marta po‘st tashlab, katta yoshdagi fazaga
o‘tadi. Ular lichinkalik va katta yoshdagi fazasida ham o‘simliklar bilan ko‘plab oziqlanadi. Mahalliy galalashib yashovchilarga marokash
chigirtkasi (Dociostaurus maroccanus), osiyo chigirtkasi (Locusta
migratotia) kiradi. Galalashib yashaydigan chigirtkalar g‘uj bo‘lib turadi.
Voyaga yetgan chigirtkalar gala-gala bo‘lib uchadi. Ular, ayniqsa, quyoshli
iliq kunlari doim harakatlanib turadi, lekin sovuq bulutli kunlari ham
harakatda bo‘ladi. Lichinkasi kechalari o‘simliklarda tunaydi, kunduzi
yer yuzasi qizishi bilan harakatlana boshlaydi. Chigirtkalar quyosh juda
qiziganda kam harakatda bo‘lib, o‘simliklar soyasida harakatsiz turadi.
Harorat normaga kelganda ular yana harakatlana boshlaydi. Beshinchi
yoshda lichinkalar po‘st tashlagandan so‘ng qanot chiqarib, avval yaqin
masofaga, keyinchalik uzoq-uzoqlarga uchib ketadi. Biroz vaqtdan keyin
ular voyaga yetib juftlashadi, shundan so‘ng ular tuxum qo‘yadi.
Òo‘da hosil qilmaydigan chigirtkalar «kobilka» (Calliðtamus) deb
ham yuritiladi. Bu chigirtkalar gala bo‘lib to‘planmaydi, bir joyda hayot
kechirib, qulay fursat tug‘ilishi bilan juda ko‘plab urchiydi. Bu
chigirtkalarning lichinkasi ham, voyaga yetganlari ham muayyan tartibda ko‘chib yurmaydi. Chigirtkalar bir necha donadan yuztagacha va undan ham ko‘proq tuxum qo‘yishi mumkin. Ular tuxum qo‘yishdan avval tuxum qo‘ygichi va qorinchasining uchi bilan yerni kavlab chuqurcha yasaydi, tuxumini o‘sha chuqurchaga qo‘yadi. Kuzgacha tuxumi ustini jinsiy organlaridan, qo‘shimcha bezlaridan ajraladigan va havoda tez qurib qoladigan ko‘piksimon modda bilan suvab qo‘yadi va atrofiga tuproq yopishtirib ko‘zacha hosil qiladi.
Har qaysi turga mansub chigirtkalarning ko‘zachasi o‘ziga xos shaklda
va har xil kattalikda bo‘ladi. Ular tuxumini qulay joyga qo‘yadi.
O‘zbekistonda deyarli barcha zararkunanda chigirtkalar tuxumlik
bosqichida qishlaydi.
Chigirtkalar (Acrididae)
Chigirtkalarning jahonda 10000 ga yaqin turi bo‘lib, Markaziy
Osiyoda 500 turi mavjud. O‘rta Osiyoda 66 ta oilasi va 262 turi bo‘lib,
ular ichida Osiyo chigirtkasi hammaxo‘rdir. Ular o‘tsimon o‘sim-
liklar, daraxt, buta o‘simliklari, ayrim hollarda mineral moddalar bilan
oziqlanishi kuzatilgan. Lekin, ularning yaxshi ko‘rgan ozig‘i boshoqli
o‘simliklar bo‘lib, ular bilan yaxshi oziqlanadi. Ularning oziqlanishi
lichinkalarining yoshi va yashash sharoitiga bog‘liq. Quyosh yaxshi isitib,
harorat qancha yuqori bo‘lsa, namlik kam, oziq ko‘p bo‘lsa, chigirt-
kalar shuncha yaxshi oziqlanadi. Ob-havo past bo‘lib, bulutli kunlarda chigirtkalar oziqlanmasdan turadi. Ba’zan ularda kannibalizm hodisasi
ham kuzatiladi. Ayniqsa, ular uchish paytida, oziq va namlik yetish-
maganida o‘zidan kichik yoshdagi lichinkalarning po‘st tashlayotgan-
larini, birorta kamchiligi bo‘lgan sheriklarini yeb qo‘yishi mumkin. Oziq
va namlik yetarli bo‘lganda kannibalizm kam kuzatiladi. Chigirtka g‘alla
ekinlariga hujum qilganda, avvalo, barglarini, keyin poyasini va
boshoqlarini yeb bitiradi. Ko‘p hollarda boshoqlar yerga to‘kilib ketadi.
Osiyo yoki to‘qay chigirtkasi (Locusta migratoria L.)
Bu chigirtka ko‘pincha ko‘chmanchi to‘qay chigirtkasi deb ham
ataladi. Ular juda keng tarqalgan bo‘lib, Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy
Avstraliya, Janubiy Afrika, Hind va Òinch okeani orollarida ko‘p uchraydi.
Chigirtkalarning asosiy joylanishi Amudaryoning o‘rta va quyi oqimlarini
o‘z ichiga olgan bo‘lib, qamishzorli maydonlarning million gektariga
yaqin joyda yashashi mumkin. Bundan tashqari, Orol-Cho‘y massivi
Orol dengizining shimoli-g‘arb tomonidan — Irgiz va Òurgoy
quyi oqimidan janubi-sharqqa qarab to Òyanshan tog‘oldi zonasigacha
borib taqaladi. Bu joy juda katta chigirtkalar o‘chog‘i bo‘lib, Irgiz va
Òurgoy deltalari va Sirdaryoning quyi oqimidagi Òalas hamda Chu
daryolarining o‘rta va past qismlarini o‘z ichiga oladi. Bu yerda
chigirtkalar ko‘payishi uchun qulay, taxminan 1700000 gektar maydon
bo‘lib, 500000 gektar maydonda ommaviy ko‘payish xavfi bor. Bundan
tashqari, Balxash vohasida salkam bir million, Astraxan va Volga
daryosining quyi oqimida 1300000 ga, Kaspiy dengizi atrofida 600000
ga, Sassiqko‘l atrofida 200000 ga va Irtish daryosining oqimida 200000
ga maydon chigirtkalar ko‘payishi uchun qulay joy hisoblanadi.
Shunday qilib, Osiyo to‘qay chigirtkasi doimiy ko‘payishi va yashashi
uchun juda qulay bo‘lgan 6 mln gektardan ortiq maydon mavjud. Ularning
2 mln dan ortiq maydonda ommaviy ko‘payishi uchun sharoit mavjud.
Chigirtkalar ommaviy ko‘paygan yillari ular galasi bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chib, o‘zaro aloqa qilib turadi. Masalan, Balxash, Alako‘l,
Zayson chigirtkalarining G‘arbiy Xitoy tomondan uchib kelishi yoki u
tomonga uchib ketishi kuzatilgan.
Òo‘qay chigirtkasi erkagi tanasining uzunligi o‘rtacha 65, urg‘o-
chisiniki 70 — 75 mm bo‘lib, rangi kulrang, yashil, sariq-yashil, ko‘-
pincha kulrang va qoraranglar aralashmasidan iborat bo‘ladi. Ko‘kragining
pastki tomoni qalin kigizga o‘xshash tolalar bilan qoplangan. Yelkasining
oldingi qismida o‘tkir o‘siqchasi bor, to‘g‘ri yoki bukilib turadigan bu
Osiyo chigirtkasining rivojlanish fenologik jadvaliShartli belgilar: «+» — voyaga yetgan hasharot; «•» — tuxumi; «—» — lichinkasi(•) — qishlovchi tuxumi. o‘siqchasining yonidan 2 ta tuk yo‘l o‘tadi. Qanoti ustida mayda kulrang dog‘lar bor. Qanotlari yaltiroq, ko‘kish-sariq, sonining ikki tomoni ko‘kish, boldirlari och yashil, yuqorigi jag‘i ko‘k bo‘ladi. Yakka uchadigan chigirtkalar ko‘pincha och yashil yoki kulrang tusli, yelkasiningoldingi qismidagi ustiga bo‘rtib chiqqan bo‘rtiq yo‘li bilinar-bilinmasholda bo‘ladi.Òo‘qay chigirtkasi qishlash fazasidan keyin ko‘zachasidagi tuxumva o‘z uyasidan may oyining boshida, ayrim yillari aprel oyining o‘rtalaridachiqadi. Qulay sharoit bo‘lganda lichinkalari tuxumdan juda tez, 4 — 5
kunda chiqib bo‘ladi. Ba’zi hollarda, ko‘zachalar joylashgan maydonlarni
suv bosganda lichinkalar chiqishi 2 — 2,5 oygacha cho‘ziladi, qolganlari
pasayib, tuproq quriganda va yer isiganda chiqadi. Òuproq juda qurib
ketsa ham lichinkalarning tuxumdan chiqishi 15 — 20 kunga kechikishi
mumkin. Janubiy tomonga qaragan qirlardagi o‘t kamroq bo‘lgan
joylarda, qumloq yengil tuproqli yerlarda lichinkalar 6 — 15 kun oldin
chiqadi. Òuxumdan yangi chiqqan lichinka oqish rangda bo‘lib, bir-ikki soat o‘tgandan keyin to‘q kulrang yoki qora rangga aylanadi. Ular rangining
bunday o‘zgarishi yorug‘lik va haroratga bog‘liq bo‘ladi. Janubiy
tumanlarda lichinka 30 — 40 kunda rivojlanadi. Ularning rivojlanishi
atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Chigirtkalar 30 — 40°C da, 2 — 3 kunda
tuxumdan chiqadi. Rivojlanishi bu haroratda 13 —15 kunda tugaydi.
Ularning rivojlanish tezligiga oziq va namlikning ta’siri katta.
Chigirtkalar lichinkasining bir yoshdan ikkinchi yoshga o‘tishi ularning
po‘st tashlashi bilan birga boradi. Po‘st tashlashdan bir sutka avval ularning aktivligi pasayadi va ishtahasi kamayadi. Po‘st tashlashga 4 —6 soat qolganda, umuman oziqlanmaydi. Po‘st tashlab bo‘lgandan keyin
2 — 3 soat harakatlanmaydi. Po‘st tashlashdan avval lichinka o‘simliklarga
chiqib, boshini pastga qilib, orqa oyog‘ining panjalari bilan osilib turadi.
Po‘st tashlash 10 — 20 minut davom etadi. Odatda, to‘dadagi 0,5%
lichinkalar po‘st tashlab turadi, 10% dan 20%gacha lichinkalar passiv
oziqlanadigan yoki po‘st tashlashga tayyorgarlik ko‘rishga moslashib
turadi. 5 yoshda po‘st tashlagandan so‘ng qanotli chigirtkalar paydo
bo‘ladi. Po‘st tashlab bo‘lgan katta yoshdagi chigirtkalar darhol
o‘simliklarga chiqib, boshini yuqoriga qilib joylashadi. Keyinchalik,
qaddini chiqarib, asta-sekin to‘g‘rilaydi va 1,5 — 2 soatdan so‘ng qanotlari
qotadi. Katta yoshdagi, qanot chiqargan chigirtkalar 2 — 3 kun qanotidan
foydalana olmaydi, xuddi lichinkadek bo‘lib yuradi va 2 — 3 kundan
keyin uchishni boshlaydi. Oldin bir necha marta uchadi, keyinchalik
uchish mahorati ortib boradi. Oradan 10 kun o‘tgach, qanot chiqargan
chigirtkalar gala bo‘lib ucha boshlaydi. Ular o‘z uyalaridan 500 km
gacha uzoqqa uchib ketishi mumkin. Osiyo chigirtkasi eng uzoqqa—
1200 km gacha uchishi kuzatilgan. Keyin u Amudaryoning quyi oqimidan
Kaspiy dengizining g‘arbiy qirg‘og‘igacha uchib borgani aniqlangan.
Qanot chiqargandan 20 — 30 kun keyin ommaviy juftlashish
boshlanadi. Ayrim erkaklari qanot chiqargandan 12 — 15 kundan keyin
ham juftlashishi mumkin. Juftlashish ommaviy bo‘lishida chigirtkalarning
rangi o‘zgarib turadi, tiniqlashib boradi, ayniqsa, sariq ranglar juda
ajralib turadigan bo‘lib, ular bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib,
harakatchan bo‘lib, chirillagan tovush chiqaradi.
Juftlashish ko‘p marta bo‘ladi, lekin urg‘ochi chigirtka uchun bir-
ikki marta juftlashish yetarli bo‘lib, uning qo‘ygan tuxumi urug‘langan
bo‘ladi. Dala sharoitida juftlashish 2 — 3 oygacha cho‘zilishi mumkin,
ayniqsa, kun issiq vaqtda juda faol kechib, uning davomi 10 soatga
cho‘zilishi mumkin. Qanot chiqargandan bir yarim oydan va juft-
lashgandan 15 — 20 kundan keyin tuxum qo‘ya boshlaydi.
Chigirtkalar, asosan, tuproqqa, ayniqsa, yengil qumoq yerlar va
qumloq tuproqlarga yaxshi tuxum qo‘yadi, ayrim hollarda og‘ir, sho‘r-
langan tuproqlarga va poyasi singan qamishlar ichiga, eski tuproq solingan
uy tomlariga ham qo‘yishi mumkin. Òuxum qo‘yishga yetilgan chigirtkalar
yerda harakatlanib, mo‘ylovi va qornining oxiri bilan tuproqni tanlaydi.
Joy tanlagandan keyin tezlik bilan qorin qismining uchi bilan chuqurcha
hosil qilib, tuxum qo‘yishga kirishadi. Òuxum qo‘yishigacha chuqurcha qilish va tuxum qo‘yish uchun bir soat talab qilinadi. Òuxum qo‘yish
kunning eng issiq vaqtiga to‘g‘ri keladi. Lekin ayrim hollarda kechki
paytda ham tuxum qo‘yishini kuzatish mumkin. Òuxum qo‘yishning
dastlabki vaqtida qalin o‘simliklar bilan qoplangan joylarga, keyinchalik
qamishzorlar atrofiga, quyosh tushadigan, o‘simligi kamroq tuproqlarga
qo‘yadi. Ko‘zachalarining soni, asosan, haroratga ko‘proq bog‘liq.
Masalan, ancha sovuq bo‘lgan Zayson zonasidagi urg‘ochi chigirtka
bitta ko‘zachaga tuxum qo‘yadi. Issiq sharoitda, masalan, Sirdaryoning
irmoqlarida bitta urg‘ochi chigirtka 5 tagacha ko‘zachaga tuxum qo‘yishi mumkin.Laboratoriya sharoitida temperatura 30 — 35°C, oziq mo‘l bo‘lganda7 — 8 ta ko‘zachaga, alohidalari esa 14 — 15 ta ko‘zachaga tuxum qo‘yishi
mumkin. Shunday sharoitda ayrim urg‘ochi chigirtkalar 22 tagacha
ko‘zachaga tuxum qo‘ygan. Ko‘zachalarning uzunligi 50 — 75 mm gacha
yetadi, eni 7 — 10 mm bo‘ladi. Ko‘ndalang kesimi ko‘pincha yumaloq
yoki biroz elliðssimon bo‘ladi. Òuproq turiga qarab ham ko‘zachalar
har xil bo‘ladi. Yengil, mexanik tarkibi har xil bo‘lganda, ko‘zachalar
turli shaklda bo‘lishi mumkin. Rangi qizg‘ish-jigar rang yoki sariq-qizg‘ish
bo‘lib, ular ko‘piksimon massadan iborat. Ko‘zachaning pastki qismiga,
asosan, o‘zidan bir miqdorda 4 — 5 ta ko‘ndalang qator hosil qilib,
devorga nisbatan 45 — 50° burchak ostida tuxum qo‘yadi. Ko‘zacha
devorining qalinligi 0,5 dan 1,5 mm gacha bo‘ladi. Ko‘zachaning yuqori
qismi elastik, qopqog‘i bor. Oziq ko‘p bo‘lganda, bu ko‘piksimon
moddalar ko‘p bo‘ladi. Agar oziq kam bo‘lsa, tuproq yaxshi yopishadi
va tuxumlarni yopishtirish uchun ko‘piksimon moddalar yopishmasligidan
ko‘zachalar tezda buzilib ketadi. Xuddi shunday, bahorda ham
ko‘zachalar osonlik bilan buzilib ketadi. Ko‘zachalarning qalinligi 1 m2
da 1 — 2 tadan 800 tagacha bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda 7 — 8
ta bo‘ladi. Har bir ko‘zachada o‘rtacha 60 tadan 80 tagacha, ayrim
hollarda 120 tagacha tuxum bo‘ladi. Òuxumlar yirik, silindrsimon, biroz
bukilgan yoki to‘g‘ri, ikki tomonga qarab qisqarib boradi. Rangi
pushti, sarg‘ish yoki jigarrang bo‘ladi. Shakli bug‘doy doniga o‘xshab
ketadi, uzunligi 6,5 dan 8,5 mm gacha, vazni 0,0058 yoki 0,023
grammgacha bo‘ladi. Ular namlik yetishmasligiga juda sezgir, lekin past
haroratda, ya’ni — 40°C da 2 sutka saqlansa ham, ularning rivojlanishiga
salbiy ta’sir etmaydi.
Òuxumning embrional rivojlanishi asosan uch davrga bo‘linadi:
1. Òuxum qo‘yilgan vaqtdan diapauzaga o‘tishigacha bo‘lgan davr.
2. Diapauza vaqti.
3. Keyingi rivojlanish davri bo‘lib, to lichinka tuxumdan chiqi-
shigacha davom etadi. Birinchi davrda tuxumda embrion hosil bo‘lish
jarayoni boradi, bunda tanasi aniq segmentlarga bo‘lingan bo‘lib, bosh
va ko‘krak qismi yaxshi ko‘rinadi. Bunda tuxumning 2/5 qismini embrion
egallaydi, uning bosh qismi pastga qaragan bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Laboratoriya sharoitida harorat 30° bo‘lganda bu davr 6 kunga, tabiatda
esa 8 — 10 kunga cho‘ziladi. Ikkinchi davr ancha tinch davr bo‘lib,
bahorda tugaydi. Diapauza davri 20 — 30°C haroratda tugab qolishi mumkin. Bu
davrning tugashi uchun 2 — 3 oy talab qilinadi. Uchinchi davrda em-
brion 180° burilib, uning bosh qismi yuqoriga qaragan bo‘ladi. Bunda
embrion tez rivojlanib, tuxumdan lichinka chiqishi bilan bu davr
yakunlanadi. Harorat 30 — 33°C bo‘lganda 7 — 8 kun, 20 — 30°C
bo‘lganda 2 — 3 oy embrion to‘liq siklni o‘tishi, lekin tabiatda bu jarayon bahorda tamom bo‘lishi ham mumkin.
Chigirtkalarning tuxum qo‘yishi shimoliy tumanlarda sentabr
oxirlariga, janubiy rayonlarda esa oktabrning o‘rtasi va oxirlariga to‘g‘ri
keladi. Kunlar soviganda, uzoq vaqt harorat past bo‘lganda (kechalari
5°C gacha pasayganda) chigirtkalar yoppasiga nobud bo‘ladi. Ular tuxum qo‘yib bo‘lganidan keyin nobud bo‘ladi.

Adabiyotlar:




  1. Download 152.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling