16. Qo'shma fe’l qatnashgan gapni toping.
A) Mana men. Borlig'im bilan senga ko‘mak qilurga
hozirman.
B) Mo'ysafid gullarni shiyponga qo'yib, mehmonlar
bilan ko'risha ketdi.
C) Besh kunlik dunyoning g’animatligini o’ylang.
D) Unsin ostonadan hatlashi bilan qarshisiga yugurib
chiqqan Zumrad bilan quchoqlashib ko'risha ketishdi.
17. Qaysi maqolda ikki o‘rinda shaxs oti qo‘llangan?
A) Arslon izidan qaytmas, yigit-so‘zidan.
B) Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l.
C) Mehmon otangdan ulug‘.
D) Zar qadrini zargar biladi.
18. Qaysi javobdagi gapda imloviy xatolikka yo‘l
qo‘yilgan?
A) Kotiba qiz tanlovda mukofotlanganlar ro‘yxatini
yozib chiqdi.
B) Bugungi faravon hayotimizning qadriga
yetmog‘imiz kerak.
C) Do‘stim, tamagirlik har qanday insonni qabohat
sari yetaklaydi.
D) Bu ko‘rsatuv tomoshabinlar olqishiga sazovor
bo‘ldi.
19. Qaysi gapda olmoshning to‘rt turi qatnashgan?
A) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani
bozordan keltiraverar edi.
B) Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u
o‘z maqsadlariga oson erishadi.
C) Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga
ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi.
D) Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi
hech qachon bo‘g‘ilmaydi.
Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni aniqlang. A) Ular yolg'izoyoq yo'ldan nihoyatda sekin borishardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |