O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti Olmaliq filiali Fan: Mustaqil ish Mavzu: Qaytar va qaytmas jarayonlar. Tekshirdi: Bajardi: Olmaliq 2023


Download 28.98 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi28.98 Kb.
#1635789
  1   2   3   4   5   6
    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Olmaliq filiali

Fan:

Mustaqil ish
Mavzu: Qaytar va qaytmas jarayonlar.


Tekshirdi:
Bajardi:


Olmaliq 2023

Reja:

1.Termodinamik jarayonlar turlari.

2. Termodinamik potensiallar.

3 Sikllar.




Kirish


QAYTMAS JARAYONLAR (fizikada) — muvozanat buzilganda sistemada oʻz-oʻzidan faqat bitta yoʻnalish boʻyicha sodir boʻladigan fizik jarayonlar. Diffuziya, issiqlik oʻtkazuvchanlik, gazning muayyan hajm boʻyicha kengayishi va boshqalar hodisalar Qaytmas jarayonlarga misol boʻladi. Hamma Qaytmas jarayonlar ketmaket muvozanatsiz holatlarning uzluksiz qatoridan iborat. Sistemalarda Qaytmas jarayonlar sodir boʻlgan boʻlsa, uni tashqi muhitda hech qanday oʻzgarish yuzaga keltirmasdan boshlangʻich holatiga qaytarish mumkin emas. Umuman, tabiatda sodir boʻladigan hamma real jarayonlar Qaytmas jarayonlardan iborat. Berk sistemalarda shunday Qaytmas jarayonlar sodir boʻlishi mumkinki, natijada sistema entropiyasi faqat ortib boradi.
Qaytar jarayonlar (fizikada) — avval bir yoʻnalishda, soʻngra teskari yoʻnalishda sodir boʻlib, sistema oʻzining boshlangʻich holatiga qaytib kelganida tashqi muhitda hech qanday oʻzgarish yuzaga kelmaydigan fizik jarayonlar. Ideal (ishqalanishsiz va noelastik urilishsiz) sharoitda sodir boʻladigan hamma sof mexanik jarayonlar qaytuvchan boʻladi. Mutlaqo ishqalanishsiz hamda mutlaq elastik tarzda roʻy beradigan urilishlarsiz sharoitda energiyaning maʼlum qismi issiqlik energiyasiga aylanadi.
Cheksiz sekinlik bilan oʻtadigan issiklik harakatiga bogʻliq boʻlgan jarayon ketmaket muvozanatli holatlarning uzluksiz qatoridan iborat va qaytuvchan boʻladi. Real sharoitlarda esa har qanday jarayon chekli tezlikda yuz beradi va energiyaning sochilishi tufayli susayib borish bilan kechadi. Qaytar jarayonlar nazariyasi statistik fizikada oʻrganiladi.

Termodinamikaning birinchi qonuni nima?


Koʻpgina quvvat stansiyalari va dvigatellar issiqlik energiyasini ishga aylantirish orqali ishlaydi. Buning sababi, qizdirilgan gaz mexanik turbinalar yoki porshenlarni harakatlantirib ish bajarishi mumkin. Termodinamikaning birinchi qonuni gazlar uchun energiyaning saqlanish qonunini tavsiflaydi. Termodinamikaning birinchi qonuniga koʻra, \Delta UΔUdelta, U sistema ichki energiyasining oʻzgarishi sistemaga berilgan issiqlik miqdori QQQ va sistema ustida bajarilgan ish WWW ning yigʻindisiga teng. Formula shaklida termodinamikaning birinchi qonuni quyidagicha:
\Large \Delta U=Q+WΔU=Q+Wdelta, U, equals, Q, plus, W
[Shoshmang, nega mening kitobim/oʻqituvchim ushbu formulada manfiy ishora qoʻygan?]
Bu yerda \Delta UΔUdelta, U – sistema ichki energiyasi UUU ning oʻzgarishi. QQQ – sistemaga uzatilgan umumiy issiqlik miqdori, yaʼni QQQ sistemaga uzatilgan barcha issiqlik miqdorlarining yigʻindisi. WWW – sistema ustida bajarilgan umumiy ish.
Demak, musbat issiqlik miqdori QQQ va musbat ish WWW sistemaga energiya beradi. Shuning uchun termodinamikaning birinchi qonuni \Delta U=Q+WΔU=Q+Wdelta, U, equals, Q, plus, W shaklida yoziladi. Uni shunchaki sistemaning ichki energiyasini sistemaga issiqlik uzatib yoki sistema ustida ish bajarib oshirish mumkin deb aytsa ham boʻladi.

Download 28.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling