1. Har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi o‘rinlarda mahalla) yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilsin


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar


Download 1.19 Mb.
bet4/6
Sana26.01.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1124288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PQ-92 19.01.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 7-bandida:
“Naimenovaniye meropriyatiya” ustunidagi “pervichnimi organizatsiyami Soyuza molodeji Uzbekistana” so‘zlari “territorialnimi podrazdeleniyami Agentstva po delam molodeji” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Soyuz molodeji Uzbekistana (K. Kuranbayev)” so‘zlari “Agentstvo po delam molodeji (A. Sa’dullayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3402-son qarorida:
5-banddagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilova 3-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi” va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari” so‘zlari tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisidagi “, 2018-yil 27-iyundagi ““Yoshlar — Kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmonlari” so‘zlari “Farmoni” so‘zi bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarori 7-bandining “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarori 7-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisidan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidan “, “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4768-son qarorida:
a) 1-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “75” raqami “71” raqami bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “766” raqami “10 652” raqami bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;”;
v) 2 — 4-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga
2-ILOVA

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling