1. Hasharotlarning ekologik makonlari va hayotiy shakllari


Download 27.58 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi27.58 Kb.
#1331310
1   2   3   4   5
Bog'liq
h.ekologiyasi

Blattoidae - Suvaraklar eng qadimgi hashoratlardan bo’lib, subtropik va tropik iqlimda keng tarqalgan tuproq hayvonlaridan hisoblanadi. Ular tuproq yuzasida yashab, o’simlik barglari va mevalarining chirishida muhim ahamiyatga ega. O’rta Osiyoning sahro zonasida yirik Misr suvaragi uchraydi. Suvaraklar mikroorganizmlar bilan murakkab simbiotik kompleks hosil qiladi. Ularning simbiontlari bo’lgan bakteriyalar ham evolutsiya davomida kuchli o’zgarishga uchragan. Bakteriyalar o’similik qoldiqlarini parchalab suvaraklarga yordam beradi.
Isoptera - Termitlar jamoa bo’lib yashovchi hashoratlar, ularning oilasida bir necha yuz mingtagacha hashoratlar bo’ladi. Ularda jinsiy deformizm yaxshi rivojlangan. Urg’ochi va yerkak termitlarning ko’payishi davrida qanotlari bo’ladi, urug’lanish tamom bo’lgandan so’ng tushib ketadi. Ularning oilasi tuproq yoki yog’ochlar ichida yashaydi. Termitlar tuproq ichda in qazib uni yumshatib, fizik xossalarini yaxshilab, tuproq kimyoviy tarkibiga ya’ni tuzlar migratsiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Termitlarning tana qoldiqlari tuproqdagi azot miqdorini oshiradi.
Cleoptyera - Qattiq qanotlilar yoki qo’ng’izalar juda xilma-xil hashoratlar turkimlari bo’lib, ko’pchilik qo’ng’izlar lichinkalik va g’umbaklik davrdagina tuproq bilan bog’langan. Plastinka mo’ylovlilar, qirsildoq qo’ng’izlar, uzun tumshuqlilar va boshqalarining lichnkalari tuproqda rivojlanadi. Ulardan ayrimlari o’simliklarga ziyon keltirsa, boshqalari saprofag yoki yirtqich hisoblanadi. Sim qurtlar va may qo’ng’izining lichinkalari SO2 gazning yuqori konsentrasiyasiga juda chidamli bo’lib, suv bosgan tuproqlarda bemalol yashayveradi. May qo’ng’izining lichinkalarida xemotaksis xususiyati yaxshi rivojlangan. Ular o’zlari zararlaydigan o’simlikni ildizi orqali ajratib chiqarilayotgan SO2 gazi orqali topib oladi. Qo’ng’izlarni oziqlanish usuliga binoan: fitofaglar, zoofaglar, saprofaglar va nekrofaglarga ajratish mumkin. Fitofaglar yashil o’simliklar bilan oziqlanib ularga ziyon keltiradi. Saprofaglar organik moddalarning qoldig’ini o’zlashtiradi. Tuproq qo’ng’izlari, hayvolar go’ngining parchalanib minerallashida katta ahamiyatga ega.

Download 27.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling