8-Amaliy: Tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini aniqlash
Download 19.73 Kb.
|
8-ámeliy
8-Amaliy: Tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini aniqlash. Darsning maqsadi - tuproqni sanitariya tomonidan baholashda tuproqdan namuna olish, mexanik tarkibini aniqlash va uning asosiy fizik xossalarini aniqlashni bilishdir. Darsga kerakli asboblar va reaktivlar - tuproqning fizik ko‘rsatgichlari keltirilgan jadval, shtativ, tuproq namunalari, diametri 2,0 - 2,5 mm va uzunligi 1000 mm lik shisha naycha, 100 sm lik silindr, turli diametrli elaklar. Darsning mazmuni - tuproqning sanitariya - gigiena holati chorvachilik fermalari uchun joy tanlash, ishlab chiqarish binolari qurish, yaylovlardan foydalanish, em – xashak tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Tuproqni sanitariya tomonidan baholashda fizik xossalarini aniqlash amaliyotda muhim hisoblanadi. Tuproqda kechadigan biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlar uning tarkibiga hamda tipiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqni sanitariya tomondan baholash uchun tuproq namunasi maxsus asbob – burg‘u yoki toza zararsizlantirilgan belkurak yordamida olinadi. Tuproq namunasi havo quruq bo‘lgan kunlari tuproq yuzasidan hamda har 20, 40, 60, 80 100 sm chuqurliklardan olinadi. Olingan 1-2 kg tuproq namunasi toza yaxshi yopiladigan shisha idish yoki xaltachaga joylanib yo‘llanma varaqasi bilan laboratoriyaga tekshirish uchun yuboriladi. Tuproqning mexanik tarkibi deb - qattiq jinslarning foizlarda bo‘lishiga aytiladi. Tuproq donachalari har xil kattalikda bo‘lib, mexanik analiz tufayli aniqlanadi, yirik qum 0,5 - 3 mm, o‘rtacha qum 0,3 - 0,5 mm mayda qum 0,3 mm dan kichik va loyqa 0,01 mm dan kichik bo‘lgan bo‘lakchadir. Tuproqning mexanik tarkibini aniqlash uchun olingan tuproq namunasi maxsus elaklardan foydalaniladi. Bu elaklar 0,25, 1, 2, 3, 5, 7, 10 mm diametrda bo‘lib, bir - biriga kiritilgan bo‘ladi. 100 gr tuproq namunasi eng yuqoridagi katta diametrli (10 mm) elakka solinib elanadi. Mexanik tarkibiga qarab tuproq quyidagilarga bo‘linadi: toshli, shag‘alli, tog‘ayli, qumli (80 % dan ortig‘i qum va 10 % 0,01 mm dan kam bo‘lgan bo‘lakchalar, qumloq tuproqli 10 - 20 % i 0,01 mm dan kichik bo‘lakchalar, engil qumoq tuproqli 20 - 30 % i 0,01 mm dan kichik bo‘lakchalar, o‘rtacha qumoq tuproqli - 30 – 45 % i 0,01 dan kichik bo‘lakchalar engil va o‘rta loyqali - 60 – 80 % i 0,01 mm dan kichik bo‘lakchalar, og‘ir loyqali 80 % i dan ko‘pi 0,01 mm bo‘lakchalar, ohakli 20 % dan ko‘pi ohak, qoratuproqli 20 % i chirindi va boshqalar bo‘ladi. Tuproqning fizik xossalarini sanitariya tomonidan baholashda organoleptik hamda laboratoriya usullaridan foydalaniladi. Organoleptik usulda tuproqning rangi, hidi aniqlansa, laboratoriya usulida tuproqning kapilyarligi, g‘ovakligi va nam shimuvchanligi aniqlanadi. Tuproq tarkibiga qarab qora, och kulrang, och sarg‘ish va boshqa ranglarda bo‘lishi mumkin. Bu tuproqdagi organik moddalarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Toza ifloslanmagan tuproqda hid bo‘lmaydi. Tuproq go‘ng, siydik, oqova suvlar, chiqindilar bilan ifloslansa yoqimsiz hidlar paydo bo‘ladi. Tuproqning hidini aniqlash - olingan tuproq namunasidan kolbaga 10 g solinib ustiga issiq suv qo‘yiladi va chayqatilib aralashtirilib 5 - 10 minut yopiq holda saqlanadi. Keyin kolba ochilib ajralayotgan hid aniqlanadi. Tuproqning harorati hayvonlarni yaylova haydashdan oldin erta bahorda hayvonlarni saqlash joylarini aniqlash uchun maxsus termometrlar bilan aniqlanadi. Bu amaliyotda muhim ahamiyatga egadir. Tuproqing kapilyarligini aniqlash - aniqlash uchun shtativga diametri 2,5 - 3,0 santimetrlik uzunligi 1,0 metrgacha bo‘lgan ichki qismi tuproq bilan to‘ldirilgan shisha naycha o‘rnatiladi. Shisha naychaning pastki qismi suv shimuvchi material bilan uralib suvga tushirilgan bo‘ladi. Tuproqning tarkibiga qarab namlik yuqoriga kutarila boshlaydi. Namlangan tuproqning rangiga qarab suv kutarilishining tezligi 5, 10, 15, 30 va 60 minut davomida aniqlab turiladi. Tuproqning g‘ovakligini aniqlash - tuproqning g‘ovakligi uning bo‘lakchalariga bog‘liq. Mayda bo‘lakchali tuproqlarni g‘ovaklar soni ortadi. Tuproqning suv va havo o‘tkazuvchanlik xususiyati uning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. Yirik donachali tuproqda katta teshiklar bo‘ladi, natijada mayda donachali tuproqqa nisbatan suv va havo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi. Yirik donachali tuproqda mikrobiologik jarayonlar va har xil organik chiqindilarni chirishi yaxshi ketadi, atmosfera suvlari esa yaxshi filtrlanadi va chuqur qatlamlarigacha o‘tib boradi. Download 19.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling