8-Amaliy: Tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini aniqlash


Download 19.73 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi19.73 Kb.
#1447166
1   2   3
Bog'liq
8-ámeliy

Tuproqni g‘ovakligini aniqlash uchun shtativga shkalalarga bo‘lingan 100 ml lik silindr o‘rnatilib, ichiga 50 ml suv va 50 g tuproq solinadi. Yaxshilab aralashtirilib silindrning umumiy hajmi aniqlanadi. G‘ovaklarning ichi suv bilan to‘lgandan umumiy hajmi yana qaytadan aniqlanadi. Bunda kamaygan umumiy hajm bu tuproqning g‘ovakligini bildirib, foiz bilan ifodalanadi.
Misol: 50 ml suv hamda 50 g tuproq 100 sm3 ga teng. Tuproq va suv aralashtirilgandan so‘ng 85 sm3 bo‘ladi. Demak, tuproq g‘ovakligi 15 sm3 ni egallaydi. Buni foizini chiqarsak:
50 - 100 %
15 - X
X = 15 x 100 / 50 = 30 %.
Tuproqning namlik sig‘imini aniqlash - pastki qismi to‘rli silindrga 100 g quruq tuproq solinadi. Silindr tuproq bilan birga og‘irligi o‘lchanib, pastki uchi tuproqning yuqori qismida suv paydo bo‘lguncha suvga tiqib qo‘y.iladi. So‘ngra silindr suvdan chiqarib olinib ortiqcha suvi oqib ketguncha ushlab turiladi va og‘irligi qaytadan o‘lchanadi. Keyingi va avvalgi og‘irliklar orasidagi farqiga qarab, tuproqning namlik sig‘imi foizlarda (%) hisoblanadi.
Misol: Silindrning tuproq bilan birgalikdagi og‘irligi 150 g, ikkinchi og‘irligi 170 g. Silindrning og‘irligi 50 g. Og‘irliklar orasidagi farq 20 g. Demak tuproqning namlik sig‘imi 20 % ekan.
Topshiriq № 1 - Tuproqni fizik xossalarini aniqlang.
Utkazilgan tajribalar natijasi

Tuproq turi

Namlik sig‘imi, %

Suv utkazuvchanligi

Kapilyarligi, sm/min

G‘ovakligi, %

Me’yori

Qumli
















Qora
















Bo‘z
















Tuproq qattiq mineral va organik zarrachalar, tuproq eritmasi va havodan tashkil topgan. Tuproqda mineral moddalar 90 - 99 % ni, organik moddalar esa 1 - 10 % ni tashkil etadi. Tuproqning mineral qismlari qum, ohak, loy, balchiq va tog‘ jinslaridan iborat. Ba’zi bir tuproqlarda kalsiy bikarbonat (ohakli shpat, magnezit), oltingugurtli kalsiy (gips), fosforli kalsiy (apatit) va oson eriydigan sulfatlar, kalsiy xlorid, magniy va natriy ko‘p bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi kimyoviy birikmalardan eng ko‘p SiO bo‘lib, so‘ngra alyuminiy, temir, kaliy, xlor va boshqalar bo‘ladi. Tuproqda karbonatlar ko‘p bo‘lsa, kalsiy va magniy oksidlari, sho‘r tuproqda esa KC1, NaCl lar ko‘p bo‘ladi. Tuproq tarkibida kam miqdorda mikroelementlardan - kobalt, mis, marganets, bor, yod, ftor, brom, selen, molibdei, rux, litiy, bariy va boshqalar uchraydi. Tuproqning organik tarkibi chirindilardan iborat. Chirindilar organik qoldiqlarni chirishi va mikroorganizmlarni ta’siri tufayli sintez jarayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Organik moddalarga organik qoldiqlar va chirishning boshlanish davrida hosil bo‘lgan moddalar kiradi. Hamma organik moddalar va chirindilar tuproqning ustki qatlamida bo‘ladi. Chirindilar qalinligi bir necha santimetrdan 1,5 metrgacha yoki tuproq qismlariga nisbatan foizni o‘ndan biridan 15-18 %gacha bo‘ladi.
Tuproqda mineral moddalarning ko‘p yoki oz bo‘lishi o‘simliklar orqali hayvonlarni sog‘ligiga va mahsuldorligiga ta’sir qiladi. Mineral elementlarga kambag‘al tuproqlarda o‘simliklarning hosildorligi past bo‘lib, to‘yimli moddalar kam bo‘ladi. Bu hatto shu zonadagi suvning tarkibiga ta’sir etadi. Tuproqda kalsiy va fosfor tuzlari etishmasa shu elementlar o‘simliklarda ham etishmaydi. Oqibatda hayvonlar organizmida mineral moddalar almashishi buziladi. Suyak kasalliklari ko‘payadi, chorva hayvonlarining nasldorlik xususiyati pasayib, mahsuldorligi kamayadi.
Tuproqni sanitariya tomonidan baholashda kimyoviy xossalarini aniqlash amaliyotda muhim ahamiyatga ega. Tuproqning kimyoviy xossalarini aniqlashda laboratoriya usullaridan foydalaniladi.
Sanitariya jihatidan kimyoviy analiz qilish uchun tuproq namunalari yaxshilab yuvilib, distillangan suv bilan chayqab keyin quritilgan, ishqalab bekitiladigan tiqinli shisha idishlarga 1 - 2 kg namuna olinadi. Namuna tuproq yuzasidan va turli chuqurliklardan (2, 25, 50, 100 sm chukurlikdan) olinadi. Buning uchun kichik belkurak bilan 80 x 170 santimetrli chuqur kavlanadi. Namunalar chuqur devorining o‘rta chizig‘i bo‘ylab olinadi.

Download 19.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling