8-Amaliy: Tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini aniqlash
Download 19.73 Kb.
|
8-ámeliy
Tuproqdagi ammiakni aniqlash - toza probirkaga 5 g tuproq solinib, ustiga 15 ml 1 % li kaliy xlorid eritmasidan qo‘yilib 3 - 5 minut chayqatilib filtrlanadi. Olingan filtratga 2 - 3 tomchi Nessler reaktividan tomiziladi. Filtratning sariq rangga kirishi tuproqda ammiak borligidan dalolat beradi. Ammiakning miqdori kalorimetr bilan aniqlanadi.
Tuproqdagi nitritlarni aniqlash - probirkaga 10 g tuproq solib, ustiga 20 ml distillangan suv qo‘yiladi. 3 - 5 minut chayqab turib, keyin tindiriladi va filtrlanadi. Toza probirkaga filtratdan 10 ml o‘lchab olinib ustiga Griss reaktividan 1 ml qo‘shiladi va + 700C li suv hammomida 15 minut ushlab turiladi. Agar filtrat pushti yoki qizil rangga kirsa tuproq tarkibida azot kislotasi yoki uning birikmalari borligini bildiradi. Nitritlar miqdori kalorimetr bilan o‘lchanadi. Tuproqdagi umumiy organik birikmalar miqdorini aniqlash- oldindan qizdirilgan, sovutilgan va og‘irligi o‘lchangan chinn kosachaga 5 g tuproq solinib organik moddalari to‘liq kuygunicha kuydirish shkafida qizdiriladi. Qizdirish davomida tuproq platina sim bilan aralashtirib turiladi. Tuproqning bir xil qoramtir rangga kirishi organik birikmalarning to‘liq kuyganligini bildiradi. Chinni kosacha eksikatorda sovutilgandan keyin kuygan tuproq ustiga ustiga 2 - 3 tomchi konsentrlangan ammoniy karbonat eritmasidan tomizilib ho‘llanadi. Keyin suv hammomida quritiladi, sal qizdirib sovutiladi va og‘irligi o‘lchanadi. Avvalgi og‘irlik bilan keyingi og‘irlik orasidagi farqning foizdagi ifodasiga qarab organik birikmalarning miqdori aniqlanadi. Tuproqdagi umumiy azot miqdorini aniqlash – buning uchun havoda quritilgan tuproqdan 50 g o‘lchab olinib 500 ml li kolbaga solinadi. Ustiga sulfat kislota va fosfor kislota angidridi aralashmasidan (250 ml sulfat kislota va 50 gr fosfor kislota angidridi) 15 ml hamda fenol - sulfat kislota aralashmasidan 10 ml quyiladi. 30 minutdan so‘ng kolbaga 1 g mis sulfati qo‘shilib asta-sekin rangi yo‘qolguncha qaynatiladi. Haydaydigan qurilma sovutgichi bilan kolba ulanadi. Sovutgichning oxiriga rezina naycha yordamida shisha naycha ulanadi va uni 50 ml 0,1 % li azot sulfat kislotasi (indikator) solingan kolbaga tushiriladi. Haydaydigan qurilma kolbasiga suyuqlik quyiladi, ustiga 200 ml distillangan suv, 100 ml konsentrlangan uyuvchi natriy eritmasi, 2 g rux kukuni va 2 g parafin qo‘shiladi. Kolba qizdirilgandan keyin qabul qiluvchi kolbaga hosil bo‘lgan ammiakni haydaydi. Sovutgich naychasidan haydalayotgan suyuqlik qizil lakmus bilan tekshirib turiladi. Keyin qabul qilinadigan kolbadagi sulfat kislota eritmasi 0,1 n uyuvchi natriy eritmasi bilan titrlanadi. Titrning farqiga qarab tuproqdagi azot miqdori aniqlanadi. 1 ml 0,1 n sulfat kislota eritmasi 1,7 mg ammiak yoki 1,4 mg azotga teng bo‘ladi. Topshiriq № 1 - Tuproqni kimyoviy xossalarini aniqlang.
Nazorat savollari. Tuproqning ahamiyatini ayting. Tuproqning mexanik tarkibi nima. Tuproqning fizik xususiyatlarini ayting. Tuproqning kimyoviy xususiyatlarini ayting. Tuproqdagi ammiak miqdori qanday aniqlanadi. Tuproq namunasi qanday aniqlanadi. Download 19.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling