1. Hasharotlarning ommaviy ko’payishi Hashoratlarga qarshi biologik kurash usuli va integrallash sistema choralari
Download 22.68 Kb.
|
Hashoratlarga qarshi kurash usullari mavjud ilmiy manbalardan mustaqil ravishda o`rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hashoratlarning tabiiy kushandalari va kasalliklari.
selektika (tanlab ta’sir etuvchi) ximiyaviy vositalardir. Bunday ximiyaviy vositalarga oltingugurtli ftolofos preparatlari so’ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda yuqori samara beribgina qolmay, balki ularning entomofaglarini saqlaydi. Erta bahorda profilaktik chora sifatida kuchli zaxarli preparatlardan nitrofenni ishlatish mumkin. Bu preparatlar bir tomondan foydali hasharotlarni saqlab qoladi, ikkinchi tomondan ipak qurti, asalari va boshqalarga mutlaqo zararsiz. Shunga ko’ra uni faqat zarurat bo’lgan hollarda ishlatish mumkin.
Hashoratlarning tabiiy kushandalari va kasalliklari. Hashoratlarning tabiiy kushandalari va kasalliklariga potogen mikroorganizmlar,parazit chuvalchanglar,yirtqich va umurtqali hayvonlar kiradi.Bularning hammasi zararkuranda hashoratlarning ko’payish hamda tarqalishini chegaralashda muxim ro’l o’ynaydi,shuning uchun insonga katta foyda keltiradi va ularning bazilari zararkuranda hashoratlarga qarshi biologik kurash choralarida qo’llaniladi.Lekin bu organizmlar foydali hashoratlarni (asalarilar,tut ipak qurtlarini)yeb yoki kasallantirib,insonga sezilarli darajada zarar yetkazdilar. Patogen mikroorgonizmlar-bularga zamburug’lar(530 turi), bakteriyalar(100 dan ortiq turi), viruslar(400 dan ortiq turi) va sodda hayvonlarning bazi vakillari(1200 turi) kirib, hashoratlarda turli kasalliklarni tug’diradi.Hozirgi vaqtda entomologiya fanining mustaqil qismi hashoratlar patologiyasi shu masalalarni chuqur o’rganmoqda. Zamburug’ kasalliklari yoki mikozalarni fikomitsetlar va takomillashmagan zamburug’lar qo’zg’atadi.Uy pashshalarida, chigirtkalarda va boshqa to’g’ri qanotlilarda zamburug’ sporalari terisi orqali kirib, tezda ko’payib, hashoratlarni o’ldiradi.Ayniqsa muskardina zamburug’i tut ipak qurtlarda uchrab ipakchilikka katta zarar yetkazadi.Belgilari unsimon mog’or hosil qiladi. Bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar-hashoratlar o’rtasida keng tarqalgan kasallik tipidir. Bu kasalliklarni turli xil bakteriyalar,kokklar va boshqalar tug’diradi.Bular ovqat bilan birga ichakka kirib,hashoratlarni kasallantiradi.Belgilari:kasallangan hashoratlar kam harakat ishtaxasiz bo’lib,og’iz va orqa chiqarish teshigidan ichak suyuqligini ajratadi.O’lgandan keyin tanasi qorayib chiriydi va sasiydi.Bularni bir necha xil bo’ladi.Agarda bakteriya ichakda yoki uning o’simtalarida bo’lsa-dizenteriya tipidagi infeksiya,agar tana bo’shlig’idan gemolimfaga o’tib bakteriya ko’paysa septisemiya tipidagi infeksiya deyiladi.Ipak qurtlarida chigirtkasimonlarda-dizenteriya tipidagi,kolorado qo’ng’izining lichinkalarida asalarilarida septisemiya tipidagi infeksiya keng tarqalgan. Bazi bir bakterial infeksiya hashoratlar uchun yuqori potogenligi zararkuranda hashoratlarga qarshi mikrobiologik usullarini ishlab chiqishda stimul bo’lib hizmat qilmoqda. Virusli kasalliklar ham hashoratlar orasida keng tarqalgan bo’lib,mikroorganizmlardan farqi,suniy muhitda yashay olmaydi,faqat tirik hujayralarda,kristal struktura shaklida yashaydigan varivajlanadigan parazitlardir.Bularga tut ipak qurtlarida sariq kasallik tug’diruvchi keng tanilgan,yaltiroq kristal tanacha-polietlar virusi misol bo’ladi .Bu viruslar boshqa kapalaklar turlarida,arrakashlarda va boshqa hashoratlarda ham uchrashi aniqlangan.Kasallanish tuxum orqali xamda ovqat bilan ichak va gavda bo’shlig’i orqali bo’lishi mumkin. Sodda hayvonlar tipining,sporalar sinfining mikrosporidyalar turkumining vakillari nozema sporalilar hashoratlarda,ayniqsa asalari va ipak qurtlarida nozema va pebrina kasalliklarini tug’diradi. Asalari nozema to’zi o’rta ichak epiteliysida parazitlik qilib ovqat hazm qilish protssesini buzadi va hashoratni o’ldiradi.Bazan butun onalarni nobud qilib,asalarichilikka katta zarar yetkazadi. Tut ipak qurti peprinasi,hashoratning hamma rivojlanish davrlarida to’qimalarni jarohatlab,hashoratni nobud qiladi.Parazit-ovqat bilan birgalikda va tuxumi orqali yuqishi mumkin.Natijada ipakchilikka katta zarar yetkazadi. Mikrosporidiya kasalliklari boshqa tur hashoratlarda ham uchraydi. Parazit chuvalchanglar-bular ham turlicha bo’ladi:bazi bir chuvalchanglar hashoratlarda uzoq muddatda yoki doimiy(statsionar)yashab parazitlik qiladi,bazilari esa hashoratlarda vaqtincha yashab,keyingi rivojlanishi uchun boshqa umurtqali hayvonlarga,hatto odamga ham o’tadi.Bunda hashoratlar oraliq xo’jayin hisoblanadi.Statsionar parazit chuvalchanglarga yumaloq chuvalchanglar tipining nemotodalar sinfining vakillari kiradi va ular hashoratlarning ichaklarida va gavda bo’shliqlarida parazitlik qilib yashab,kasalliklar tug’diradi.Oraliq xo’jayini bo’lib hisoblangan hashoratlar odam va uy hayvonlari uchun xavfli dushman bo’lib,parazit chuvalchanglar uchun vaqtincha manba ro’lini o’ynaydi. Yirtqich va parazit bo’gimoyoqlilar hashoratlarning tabiiy kushandalari bo’lib,zararkuranda hashoratlar faoliyatida katta ro’l o’ynaydi.Umuman hashoratlarning tabiiy kushandalari-entomofaglar deyiladi. Yirtqich hashoratlardan vizzildoq qo’ng’iz va uning lichinkalari,xonqizi va uning lichinkalari,zararkunanda kapalak lichinkalar o’simlik bitlarini va boshqa hashoratlarni qirishda muxim ro’l o’ynaydi.Ninachilar,beshiktervatarlar,stafilinid qo’ng’izlar,qtir pashshasi, bazi bir chumolilar,gabrobrakon,trixogrammalar,oltin ko’zlar va boshqa yirtqich hashoratlar foydali hashoratlar kompleksini tashkil etib,zararkuranda hashoratlarga qarshi biologik kurashda foydalaniladi. Parazit hashoratlar boshqa hashoratlarning kushandasi sifatida muhim ro’l o’ynaydi.Bularga yaydoqchilar, holsitsimonlar, tahinlar, malhamchilar va boshqalar kiradi.Parazitning ho’jayini hashorat parazit uchun faqat ovqat manbai bo’libgina qolmay, yashash muhiti hamdir. Yuqorida ko’rsatilgan hashoratlardan tashqari entamofog gruppasig o’rgimchaksimon sinfining o’rgimchaklar va kanalar vakillari kiradi.O’rgimchaklar hashoratlarning yirtqich dushmani sifatida muhim ro’l o’ynashi mumkin.Ularning ahamiyati hozircha kam o’rganilgan. Kanalarning ko’pchiligi lichinkalik davrida hashoratlarning paraziti bo’lib, voyaga yetganlari esa yirtqich hisoblanadi.Bularga qizil tanli kana, qalqonli kana va boshqalar kiradi. Hashoratlarning yirtqich umurtqali tabiiy kushandalariga baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sutemizuvchilar sinfining ko’pchilik vakillari kiradi.Bazi baliqlar suv hashoratlarining lichinkalari bilan oziqlanadi.Masalan, begak chivinining lichinkalari, pashshachalari bilan gombuziya baliqlari oziqlanadi. Amfibiyalardan baqalar, sudralib yuruvchilardan kaltakesak va boshqa vakillar hashoratlar bilan oziqlanib, entomafaglar hisoblanadi. Qushlar hashoratlarning tabiiy kushandasi hisoblanadi(jumladan, chumchuqsimonlar turkumidan qaldirg’ochlar, bulbullar, jiblajibonlar va boshqalar) Lekin qushlar sinfidan hashoratlarning kushandalari ham bor.Sutemizuvchilar sinfidan hashoratxo’rlar turkumining vakillari, ko’rshapalak va boshqalar. Yuqorida ko’rib chiqilgan hashoratlarning tabiiy kushandalari zararkunanda hashoratlarga qarshi biologik kurash negizini yaratib beradi. Tabiatda hashoratlar populyatsiya holatda yashaydi va hamma turlari ekosistemaning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.Hashoratlarning populyatsiyadagi individ soni, ya’ni individlaning zichligi muqarrar emas, doimo ekologik faqtorlar ta’sirida o’zgarib turadi. Hashorat individlarning soni va zichligi o’zgarishiga populyatsiya dinomikasi deb aytiladi. Bu katta amaliy ahamyatga ega. Fitafaq hashoratlar madaniy o’simliklar bilan ozuqlanuvchilarning individ sonlari va zichligi ortishi bilan bu hashoratlar zararkunandalarga aylanib, o’simliklarni yoppasiga zararlaydi, hosilini va mahsuldorligini kamaytiradi. Zararkunanda hashorat individning soni kamayishi esa uni zararkunandalik xususiyatini pasaytiradi, ayniqsa zichligi kamayganda vaqtincha zararsiz holatga o’tishi mumkin. Hamma miqdor (son) o’zgarish propessi – maksimumdan boshlab to oxirgi minumumga bo’ladi, bu ba’zan radasiya tushunchasi eb aytiladi. Zararkunandalarni populyatsiya dinomikasining qonunyatini tushunish va uning nazariy masalalarini zararkunandalarni ommaviy tarqalish ehtimoli ma’lumotlarini tuzishda katta amaliy ahanyatga ega. Ana shu ma’lumotlar asosida, zararkunandalarining zarar yetkazishi oldini olish chora tadbirlarini o’z vaqtida ko’rish kerak. Zararkunanda hasharotlarning soni o’zgarishi asosan quyidagilarga bog’liq 1)tashqi muhitning beqarorligi va turning muhit faktorlariga moslashishi 2)serpushtligi va tashqi muhit ta’sirida hayotchanligining o’zgarishi. Bu o’zgarishda miqdorlar ikki xarakterda bo’ladi. Birinchidan, populyatsiyada individ zichligi o’zgarishi (ya’ni 1m kv yoki bitta o’simlikda),ikkinchidan, joylashgan stasiya miqdori o’zgargan bo’lishi mumkin. Demak individ sonlarining kamayishi yoki ko’payishi faqat bitta yoki bir necha tur yashash joyi emas ,balki arealning u yoki bu qismini ham egallashi mumkin. Mana shu ko’rsatkichlar orqali ommaviy paydo bo’lish masshtabi aniqlanadi. Hasharotlarning serpushtligi va ularning ko’payish qobiliyati uncha katta emas. Ba’zan bu ko’payish qobiliyati ko’payish potensiali yoki biotik potensial deb belgilanadi. Populyatsiyada individlar miqdori G.A.Viktorov taklifiga binoan, ikki kategoriya bilan aniqlanadi, modifitsirlanuvchi va tartiblovchi faktorlar. Modifitsirlanuvchi faktorlar-abiotik faktorlar, ular populyatsiyaga,individlarning zichligidan qat’iy nazar ta’sir etadi(ya’ni turlarning sonidan qat’iy nazar). Masalan, qahraton qishda oq karam kapalagi yoki kuzgi tunlam individlar miqdoridan qat’iy nazar(ozmi yoki ko’pmi) nobud bo’ladi. Yoki qishning yumshoq kelishi siyrak hamda zich populyatsiya individlarning sonini oshirishga vosita bo’ladi. Demak, bu muhit faktorlari individlarning miqdorini biroz tebratishi, ya,ni miqdorini modifiqatsiyalashi mumkin. Tartiblovchi faktorlar populyatsiyadagi individlarning sonini o’zgartirib qolmay,balki ularni tartibga solib turadi.Bularga faqat biologic faktorlar-tabiiy kushandalar(yirtqichlari,parazitlari,kasalliklari),tur ichidagi munosabatlar va oziqalar kiradi. Shu biosenoz uchun u yoki bu hasharot turlarining populyatsiya zichligi yuqori darajaga erishilganda reaktiv faktorlari ta’sir eta boshlaydi. Fitofag hasharotlar individlarining ko’payishi ular entomofaglarining sonini oshirish uchun sharoit yaratadi, individlarni tig’iz kontakti zamburug’, bakterial va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi, fitofag hasharotlar uchun ovqat tanqisligini ba’zi bir tur hasharotlar harakatchan chala fazasini vujudga keltiradi. Natijada turning oldingi ommaviyligi, individlarning populyatsiyadagi miqdori, individlarning o’lishi yoki gala holatda boshqa territoriyaga migratsiya(ko’chirishi) natijasida keskin kamayadi. Har xil turlarda individlar miqdorining o’zgarishi turlicha bo’ladi. Zararkunandalarning har bir turlarini populyatsion dinamikasining spetsifikasini aniqlash ma’lumot usulini ishlab chiqishda ilmiy asos yaratadi. Hamma populyatsion dinamikani uch tipga kiritish mumkin: chidamli mavsumiy va ko’p yillik. Chidamli tip miqdor dinamikasi,vegetatsion davrida ozmi yoki ko’pmi doimiy miqdorga ega bo’lgan turlar uchun xarakterlidir. Bu turlarning populyatsiya individlari miqdori fasl davomida kam o’zgaradi, chunki butun yil davomida yuqori hayotchanlik ta’minlanadi. Bu tipga xrushlar, don qo’ng’izlari, qirsilloq qo’ng’izlar va ularning lichinkalari, qora tanli qo’ng’izlar hamda ularning lichinkalari va boshqalar kiradi. Bu turlarning taxminiy miqdor ma’lumoti uchun ularning zichlanishini hisoblash va kuzda har xil dalalarda tarqalishini aniqlash shart. Mavsumiy tip miqdor dinamikasi bir fasl davomida populyatsiya zichligi keskin o’suvchi turlari uchun harakterlidir. Bu turlarni individ miqdorlari bir vegetatsion davrda juda ham o’sadi, ya’ni bahordan kuzgacha har yili bir xilda qaytariladi. Bularga ko’p polivoltin turlar va ba’zi bir yuqori serpusht monovoltin turlar: karam kuyasi, g’o’za tunlamlari, o’simlik bitlari, olma kuyasi, gessan va shved pashshalari, uy pashshalari va boshqalar kiradi. Ko’p miqdorda bo’g’in berishi yoki yuqori serpushtligi bu turlarning bir vegetatsiya davrida individ miqdorini tez oshiradi. Bu gruppa turlar uchun individ miqdorining ortishi faslning ikkinchi yarmida yoki kuzda xarakterlidir. Ko’p yillik populyatsion dinamikasi murakkabligi va har xilligi bilan harakterlanadi. Individlarning miqdori populyatsiyadagi va joylashgan joydagi zichligi bir necha yilni o’z ichiga oladi va populyatsion dinamikasi bir necha davrlarni o’tkazish bilan bog’liq. Asosan 4 ta davrni: 1)Minimum davri yoki depressiya-bunda hasharotlarning miqdori minimum bo’lib, zarar yetkazishi sezilarli emas: 2)O’sish yoki ko’tarilish davri-bunda hasharotlarning miqdori va uning populyatsiyadagi zichligi qulay sharoit ta’sirida oshadi va ular yangi yashash joyga tarqaladi, lekin zararli hali unchalik sezilarli emas: 3)Maksimum davri yoki ommaviy birdan avj olishi bunda hashoratlar populyatsiyada va joylashgan joyda eng yuqori zichlikka ega bo’lib,ekologik va fiziologik optimum xolatda bo’ladi.Ma’lum darajada zarar yetkazadi. 4)Pasayish davri yoki krizisi-bunda nokulay sharoit ta’sirida birinchi navbatda biotik faktorlar (tabiiy kushandalari,ovqat yetishmasligi) miqdori kamaya boshlaydi,populyatsiyadagi zichligi va joylashgan joyi miqdori kamayadi,zararligi keskin pasayadi. Populyatsion dinamikasining to’liq davr siklini umumiy davomati,ko’p yillik tipda monovaltin turlarda kamida 4 yil, ko’pchilik turlarida 6-10 va undan ko’p yil, bivoltin va trivoltin turlarda 2-3 yil. Xulosa qilib aytganda, hasharotlarning aniq ishonarli ma’lumoti ishlab chiqishda, ularning biologiyasi va ekologiyasi to’g’risida chuqur ma’lumotga ega bo’lib, har bir tur zararkunandaning alohida populyatsion dinamikasini xarakterli xususiyatini bilish shart. Tabiatda hasharotlar alohioda emas, balki hayvonlarning boshqa turlari, o’simlik va mikroorganizmlar bilan birga biologik kompleks – biotsenoz holda yshaydi. M. S. Gliyaroz (1959) V. Tishler (1960) bilan birgalikda biotsenozni berilgan sharoitlarda yashash va o’zaro bog’liq komplekslar hosil qilishga qobil, birga uchraydigan organizmlar sifatida xarakterlaydi. Territoriyaning biotsenozlar egallagan uchastkasi biotin deb ataladi. Biotsenoz ular egallagan territoriyalar (liotip) va hamm anorganik muhitning yig’indisi deb tushunish kerak. Ya’ni organizmlarning va muhitning o’zaro ta’siri natijasida umumiy funksiyalanuvchi sistema vujudga keladi. Bu keng ma’nodagi tushnchani akademik V. N. Sukachev Download 22.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling