1. Hasharotlarning ommaviy ko’payishi Hashoratlarga qarshi biologik kurash usuli va integrallash sistema choralari


Download 22.68 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi22.68 Kb.
#1592663
  1   2   3
Bog'liq
Hashoratlarga qarshi kurash usullari mavjud ilmiy manbalardan mustaqil ravishda o`rganish


Mavzu:Hashoratlarga qarshi kurash usullari mavjud ilmiy manbalardan mustaqil ravishda o`rganish
Reja:
1. Hasharotlarning ommaviy ko’payishi
2. Hashoratlarga qarshi biologik kurash usuli va integrallash sistema choralari
3. Hashoratlarning tabiiy kushandalari va kasalliklari.
Biologik usul hashoratlarning parazit va yirtqichlaridan, shuningdek kasallik sababchisi mikroorganizmlardan foydalanib, hashoratlarning zararli turlarini yo’qotish, kamaytirish yoki ko’payib ketmasligini oldini olishga qaratilgan.Bu usul iqtisodiy jihatdan arzon, qulay, atrof muhitni ifloslantirmaydi, hamda boshqa foydali hashoratlarni zararlamaydi.
Zaharli hashoratlarning tabiiy kushandalaridan foydalanish uzoq tarixga ega.Bundan qariyib 1000 yil oldin Xitoyda yirqich chumolilarni yig’ib sitrus daraxtlariga qo’yib yuborib zararkunandalardan himoya qilishgan.1879 yili ulug’ rus olimi I.I.Mechnikov don qo’ng’izlari va lavlagi filchasi zamburug’ va bakteriya kasalliklari bilan zararlanishinibirinchi bo’lib aniqlagan va bunday mikroorganizmlardan zararkunandalarga qarshi foydalanish mumkinligini isbotlagan.Natijada zararkunandani 70% gacha kamaytirish mumkin ekanligi aniqlangan. Rus tadqiqotchilari I.B.Vasilov ,N.V.Kurdimov,I.Ya.Shevirov,B.P.Pospelov va boshqalar o’tgan asrning oxirgi yillarida biologik usulni chuqurroq o’rganish va undan qishloq hamda o’rmon xo’jaliklarida kengroq foydalanishga hamda entomofaglar bilan zararkunandalar orasidagi munosabatlarni o’rganib, bu munosabatlar biologik kurash usulining asosi ekanligiga ko’proq etibor berganlar.
Rossiyada entomofaglar birinchi marta xavfli zararkunandalardan bo’lgan hasva va olma qurtiga qarshi foydalanib ko’rilgan.1903 yil Turkistondan Xarikov guberniyasiga olib borilgan parazit mikrofonurus zararli xasva tuxumlarining 60% chasini halok qilishi mumkinligini ko’rsatdi.Olma qurtiga qarshi ishlatish maqsadida I.V.Vasilev (1910) va A.F.Rodeskiy (1911) Toshkent va Samarqand bo’g’lariga Astrxandan trixogramma keltirishgan.Keyinchalik trixogramma Turkiston faunasida borligi aniqlangan.
Hashoratlarga qarshi biologik kurash choralarining asosiy usullari: mikrobiologik, tabiiy dushmanlarini iqlimlashtirish, entomofaglarni malum faslda jamlash(kolonizatsiyalash) va shu joydagi entomofaglar orqali tasir etish usullaridir.mikrobiologik usulda patogen mikroorganizmlar-zamburug’lar, bakteriyalar, viruslar orqali zararkunanda hashoratlarda turli xil kasalliklarni tug’dirish orqali amalga oshiriladi.Ayniqsa keyingi yillarda aralash entomopatogen mikroorganizmlarni qo’llash yaxshi samara bermoqda.
Hashoratlarning tabiiy dushmanlarini iqlimlashtirish ham yaxshi natijalar bermoqda. Masalan, olmaning ashaddiy zararkunandasi qon biti paraziti afelinus Italyadan(1926) keltirilib iqlimlashtirilgan natijasida olma qon biti keskin kamaytirildi.
Avstraliyadan keltirilgan yirtqich xonqizi-rodoliya iqlimlashtirilishi natijasida Avstraliya tarnovchasimon qurtiga (iseriya) qarshi kurashda biofabrikalarida va biolaboratoriyalarda samaradorligi oshgan va natijada dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida u iqlimlashtirilgan.Entomofaglarni sun’iy ravishda ko’paytirib ( biofabrikalarida biolaboratoriyalarida) har yili zararkunanda hasharotlarning rivojlanish davrida dalalarga yoki bog’larga tarqatish katta samara beradi. Ular butun fasl davomida rivojlanib, zararkunanda hasharotlarni qiradi. Masalan, tuxumxo’r trixogrammalar, gibrobrakon, fitomiza va boshqalar.
MDH da biologik usul bilan ishlash yildan-yilga keng ko’lamda qo’llanilgan. Jumladan, 1982-yili 29million 606,2 ming gektarga biologik usulda ishlov berilgan. Shundan 14million 507 ming gektar yer entomofaglar vositasida ishlangan. O’zbekistonda 3,2 million gektarda biologik usul qo’llanib, trixogramma 1,5 millionga, gabrobrakon 759 ming gektarda qo’llanildi.
Mahalliy tabiiy kushandalarni qo’riqlash va ulardan biologik kurashda foydalanish hozirgi zamonning muhim vazifasidir. Tabiiy entomofaglar miqdori yetarli bo’lsa, ularning foydasi ham yuqori bo’ladi. Masalan, karamzor atrofiga yoki yoniga piyoz ekish bilan karam kapalagi lichinkasining kushandasi taxi pashshasi jalb etiladi. Ekinzorlar atrofiga nrktar ajratuvchi o’simliklar ekish, bedapoyalarni kengaytirish, g’o’za zararkunandalariga qarshi tabiiy kushandalarni ko’paytirish, o’z navbatida, zararkunandalarni kamaytirishga yordam beradi.
Tabiiy mahalliy entomofaglarning zararkunandalariga ta’sirini oshirishda agrotexnik va ximiyaviy tadbirlarni to’g’ri amalgam oshirishning ham ahamiyati katta. Masalan, ekin zararkunandalariga qarshi ximiyaviy vositalar lenta shaklida qo’llanilganda dalaning zaxarli moddalar ishlatilmagan joylariga entomofaglar yig’iladi, natijada shu joyda entomofaglarning samaradorligi ko’tariladi.
Entomofaglar faoliyatini ximiyaviy ishlashlar bilan moslashtirish, juda muhim masala bo’lib, u integral kurash usuliga asoslangan. Bu usuldagi kurashda biologic usul keng o’rin egallaydi hamda parazit va yirtqichlarni ko’plab ishlatishni ko’zda tutadi. So’nggi yillarda organo-sintatik preparetlarning keng qo’llanishi tufayli foydali hasharotlarning kamayib ketishi natijasida ilgari kam o’rin tutgan zarakunandalarning ko’plab urchishiga imkoniyat tug’ilganligi entomofaglarni saqlash masalasini keskinlashtirdi. Endilikda ximiyaviy preparatlarni faqat zaruriyat tug’ilgandagina qo’llash masalasi ko’tarilmoqda.
Zarakunandalar va ulrning tabiiy kushandalarini ko’paytirish xarakterining nisbatan doimiyligi ko’p yillik o’simliklar (o’rmon, bog’, tokzorlarda hamda ko’p yillik o’tlar) biotsenozlarida mustahkamroqdir. Shuning uchun ko’p yillik o’simliklarda intagrallashgan sistemada kursh tadbirlari uchun qulay imkoniyatlar bor. Bir yillik ekinlarda bir mavsum davomida zararkunandalar hamda ularning tabiiy kushandalari orasida biosentik aloqalar paydo bo’lib, ulgira olmaydi. Lekin shunga qaramay, bir yillik ekinlarda ham ba’zan yaxshi natijalarga erishilsa bo’ladi.
Zarakunandalatga qarshi ximiyaviy ishlov berishda entomofaglarni mumkin qadar himoya qilish uchun qator imkoniyatlar bor. Bular zarakunandalar uchun zaxarli va ularning tabiiy dushmanlari uchun zarasizroq bo’lgan
Download 22.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling