Talaba Abbosbek Abduraximov
Download 26.31 Kb.
|
zaanen echkilari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talaba Abbosbek Abduraximov
- Kalit so’zlar
- Adabiyotlar taxlili va metodologiya.
- Foydalanilgan adabiyotlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, 08.02.2022. PQ-120 O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild.
Zaanen echkilari va ularni Farg’ona vodiysi hududida iqlimlashtirish texnologiyasi Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari instituti Xonadon va tomorqalarda parrandachilik hamda chorvachilik texnologiyalari kafedrasi assistenti Ahmadillo Soyibjonov Talaba Abbosbek Abduraximov Annotatsiya Zaanen echkilari hozirgi vatdagi sut yo’nalishidagi echki zotlari ichida eng maxsuldorlaridan hisoblanadi. Ular iqlimga tez moslashishi, ko’p sut berishi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada Zaanen echkilari va ularni iqlimlashtirish to’g’risida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: zannen echkilari, jaydari rus echki zoti, echki suti. Kirish Zaanen echkilarining asosiy biologik xususiyatlaridan biri shuki, u har qanday iqlimga tez moslashadi. Ozuqa tanlamaydi. Qisqa muddatda semiradi. Bolalari boshqa hayvonlarnikiga qaraganda o‘zini ancha erta o‘nglab oladi. Iqlimning o‘zgarishiga, kunning juda isib ketishi yoki erta sovuq tushishiga moslashuvchangiligi ham yaxshi. Parvarishi kamxarj bo‘lib, alohida yemish yoki parvarish talab qilmaydi. Muxtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev farmoniga ko’rga: “Respublikada sut va sut mahsulotlari sifatini yaxshilash, qayta ishlash quvvatlarini va mahsulot turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi hamda kelgusida ularni eksportga yo‘naltirish choralari ko‘riladi”.[1] Sut maxsuldorligi yuqori bo’lgan Zaanen echkilarni iqlimlashtirish va ko’paytish bu borada yaxshi samara beradi. Adabiyotlar taxlili va metodologiya. Zaanen echkilari suti uchun boqiladigan zot. XIX-asr oʻrtalarida Shvetsariyaning Zane (Saane) daryosi vodiysida chiqarilgan. Echkilari yirik, gavda tuzilishi mustahkam, aksariyatining yelini katta, soʻrgʻichlari yaxshi shakllangan. Terisi yupqa, asosan, oq rangda. Takasining yagʻrin baland 75—80 sm, vazni 70—80 kg, echkilari 50—60 kg , dumgʻazasi tor, juni kalta, qiltiqlari ingichka. Echkilari bir yilda oʻrtacha 600—700 kg sut berdi, sutining yogʻliligi 3,5—4,5%. Har yuz bosh echkidan 180—200 uloq olindi. Bu zot G’arbiy va Markaziy Yevropada keng tarqalgan. Yevropa, Osiyo, Amerikadagi koʻpgina mamlakatlarda sut yoʻnalishidagi echkichilikni rivojlantirishga katta taʼsir koʻrsatdi. XX-asr boshlarida Rossiyaga keltirilgan, undan qisman Oʻzbekistonda tarqalgan (shaxsiy xoʻjaliklarda boqiladi). Mahalliy jaydari rus echki zotlarining sut mahsuldorligini yaxshilashda foydalanish mumkin. Duragaylari bir yilda 500—1000 kg sut beradi[2]. Rossiyaning markaziy va shimoliy-gʻarbiy viloyatlarida koʻp boqilmoqda. Muhokama. Bu zot hayvonlar dunyo bo’ylab 900000 dan ko’p bosh soniga ega. Maxsuldorligi yuqori, kasalliklarga chidamliligi ham yuqori bo’lgan bu zot echkilarni O’zbekistonda bosh soni juda oz. Ularni iqlimlashtirib, moslashgan individlarni tomorqalarga chiqarish asosiy vazifamiz edi. Biz bu echkilarni yaylov va ferma sharoitida boqib ko’rdik. Ferma hududidagi echkilar yaxshi moslashishi bilan birga, maxsuldorligi ham yuqori ko’rsatkichlarni namoyon qildi. Fermadagi echkilar bir ilda 2 marttadan ham bolaladi. Yaylov xududida boqilgan echkilar maxsuldorligi oz, moslashishi ham qiyin kechmoqda. Farg’ona vodiysida bu zot echkilarni asosan tomorqa va fermalarda, intensiv usulda boqish yaxshi samara bermoqda. Natija Xo’jalikka Fransiyadan olib kelingan Zaanen echkilari 30 boshni tashkil qilar edi. Hozirda ularning bosh soni 150 ta yetdi. Bu natijaga erishish uchun 4 yil kifoya qildi. 264 kunlik laktatsiya davrida maxsuldor echkilarning har biridan 750- 800 l sut olindi. Sutining yog’liligi 3.5 % va oqsil miqdori 2.7 % ko’rsatkichlarni namayon qilmoqda. Bu zot echkilari asosan sut yo’nalishida boqilsa ham go’shtdorligi ancha yuqori. Echkilar 25-30 kg go’sht, 3-5 kg yog’ olindi. 10 oylik echkilar 14 kg go’sht, 2 kg yog’ bermoqda. Ta’mi va xidi qo’y go’shitga yaqin. Zaanen echkilar farg’ona vodiysi iqlimiga yaxshi moslashmoqda. Faqat tomorqa va fermalarda yetishtirish kerak. Xulosa Zaanen echkilarini sut maxsuldorligi yuqori va makro- va mikroelementlarga boy. Echkilar suti kalsiy, magniy, temir, marganes, kaliy kabi qimmatli moddalarga boy. Tarkibida, ayniqsa, yog‘ va oqsillar mo’l bo‘lib, ularni organizm tez va oson hazm qiladi. Yog’ donachalari sigir sutinikidan ikki barobar kichik, oqsillari esa nozik bo‘ladi. Shu bois echki sutini go‘daklarga ham bersa bo‘ladi. Raxit, jigar, o‘pka sili, allergiya kasalliklarini davolashda echki sutidan foydalanilganda, yaxshi samara berdi. U ishqorli bo‘lganidan oshqozoni oshiqcha kislota ajratadigan odamlarga juda foydali. Ekzema, qichima, astma bilan og‘rigan kishilarga ham echki suti juda yaxshi ta’sir qildi. Bo‘g‘inlar og‘rig‘ini qoldirishda, o‘t xaltadagi toshni tushirishda ham qo’llanildi va yaxshi samara berdi. Echki sutini faqat pishirib iste’mol qilish zarur. Undan xushta’m qatiq, suzma, qurut tayyorlanmoqda. Shuningdek, suzmasining zardobi sariq kasalligining oldini olishda yaxshi foyda bermoqda. Shakar bilan ichilganda, yuz rangini chiroyli qilmoqda. Zaanen echkilari hamma sharoitga tez moslashuvchanligi namoyon qildi va hozirda aholi xonadonlariga tarqatmoqdamiz. Foydalanilgan adabiyotlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, 08.02.2022. PQ-120 O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild. Download 26.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling