1. Haydash cho’kma hosil qilish Ekstraksiya usulli


Download 205.5 Kb.
bet3/4
Sana02.12.2023
Hajmi205.5 Kb.
#1780635
1   2   3   4
Bog'liq
Haydash cho’kma hosil qilish, ekstraksiya xromotografiya ajratis-fayllar.org

Xromatografiya (xromo... va ...grafiya) — gaz, suyuklik yoki erigan moddalar aralashmasini adsorbsion usulda ajratish va analiz qilish. X. rus botanigi M.S.Svet tomonidan 1903-yilda kashf etilgan. 1931-yilda Kun va uning shogirdlari X. yordamida tuxum sarigʻidagi ksantofil, lutein va zeaksantin moddalari hamda a va rkarotinlarni ajratishdi. 1941-yilda A.Martin va R.Sing taqsimlash X.siga asos soldi va oqsil, uglerod birikmalarini oʻrganishda uning keng imkoniyatlarini koʻrsatib berdi. 1940—45 yillarda S.Mur va U.Staynlar aminokislotalarni X. usulida ajratish va miqdoriy analiz qilishga katta xissa qoʻshdi. 1950-yilda Martin va Jeyms gazsuyuklik X.si usulini ishlab chiqdi.
X. olib borilayotgan muxitga qarab gaz, gazsuyuqlik va suyuklik X.lariga, moddalarni ajratish mexanizmiga qarab molekulyar (adsorbsion), ion almashtirgich, choʻktirish va taqsimlash X.lariga, olib borilayotgan jarayon shakliga qarab kolonkali, naychali (kapillyar), qogʻozli va yupqa qatlamli X.larga boʻlinadi. Adsorbsion X. — moddalarning adsorbentda turlicha sorbsiyalanishi (yutilishi)ga asoslangan; taqsimlash X.si — aralashma tarkibiy qismi (komponentlari)ning qoʻzgʻalmas faza (gʻovak sathli qattiq modda yuzasiga oʻrnatilgan yuqori trada qaynaydigan suyuq modda) va elyuyentlarda turlicha erishiga; ion almashtirgich X. — harakatsiz faza (ionit) va ajraluvchi aralashma komponentlari orasidagi ion almashtirish muvozanati konstantalar farqiga; choʻktirish X.si esa ajratiluvchi komponentlarning qattiq qoʻzgʻalmas faza ustida turlicha choʻkmaga choʻkishiga asoslangan.
X. xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi moddalar elyuyent bilan birga turli vaqg oraligʻida alohidaalohida boʻlib kolonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezgir asbob — detektor yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, yaʼni egri chiziq holida yozib olinadi. Bu xromatogramma deb ataladi. Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga yuborilgandan to chiqqungacha boʻlgan vaqgi har bir komponent uchun doimiy trada bir xil elyuyentda belgilab olinadi. Miqdoriy analiz uchun esa X.dagi piklar (har bir modda uchun tegishli egri chiziq shakli) balandligi yoki yuzasi, detektorning moddaga nisbatan sezgirligini nazarga olgan holda oʻlchanadi va maxsus usulda hisoblanadi.
Parchalanmay bugʻ holatiga oʻtadigan moddalarning analizi va ajratilishi uchun koʻpincha gaz X. ishlatiladi. Bunda elyuyent (gaz tashuvchi) sifatida geliy, azot, argon kabi gazlardan foydalaniladi. Sorbent sifatida esa (zarralar diametri 0,1—0,5 mm boʻlgan) silikagellar, alyumogellar, gʻovakli polimerlar va boshqa ishlatiladi.
Gazsuyuqlik X. uchun sorbent tayyorlashda solishtirma sathi 0,5—5 m2/g li qattiq modda yuzasiga qaynash temperaturasi yuqori boʻlgan suyukliklar (uglevodorodlar, murakkab efirlar, siloksanlar va boshqalar) qalinligi bir necha mkm parda holida qoplanadi.
Kolonkali suyuqlik X.da elyuyent sifatida oson uchuvchi erituvchilar (uglevodorodlar, efirlar, spirtlar), qoʻzgʻalmas faza sifatida esa silikagellar, alyumogellar, gʻovakli shisha va boshqa qoʻllanadi.
X. usulining kashf etilishi tufayli organik kimyo, ayniqsa, tabiiy birikmalar kimyosi jadal rivojlandi. X. koʻp komponentli sistemalarni sifat va miqdoriy analiz qilish, sof holda ajratib olishsa (jumladan, sanoat miqyosida) katta axamiyat kasb etadi. X. yordamida nodir metallar analiz qilinadi. Sunʼiy tayyorlangan transuran elementlarining ochilishida ham X. muhim rol oʻynadi. X. yordamida 99element — eynshteyniy (Es), 100element — fermiy (Fm) va 101element — mendeleyeviy (Md) ajratildi.
X. havo, suv, tuproq, monomerlar tarkibidagi aralashmalarni aniklashda, organik va neft kimyosi sintezi mahsulotlari analizida, doridarmonlar tozaligini aniklashda, kriminalistikada katta axamiyatga ega. Kosmik kemalar gazi, Mars atmosferasi gazi, oy tuprogʻidagi moddalarni analiz qilishda ham X. usullari joriy etilgan.
X. yuqori molekulali birikmalar, ayniqsa, inson, hayvon, oʻsimlik, mikroblar dunyosiga tegishli biologik obʼyektlarning analizi uchun nihoyatda zarur.
X. usullari oʻsimlik tarkibidagi birikmalarni aniqlash, ajratib olish, neft, gaz tarkibini oʻrganishda keng qoʻllanadi.
2. Analiz qilinadigan moddani o ‘zida saqlagan harakatlanuvchi
va harakatsiz fazalarning agregat holatlariga k o ‘ra.
A nalizning bu
xrom atografik usuli, o ‘z navbatida, quyidagilarga bo‘linadi:
• g a z a d s o r b s i y a l a n i s h x r o m a t o g r a f i y a s i .
Bunda analiz qilinadigan m odda — gaz, bug4, tashuvchi faza —
gaz, harakatsiz faza — qattiq sorbent (A120 3, C a C 0 3) boMadi;
• g a z s u y u q l i k x r o m a t o g r a f i y a s i . Bunda harakatsiz suyuq faza qattiq inert sorbent sirti yoki kolonka ichki devoriga yupqa qatlam tarzida qoplangan bo iad i;
• s u y u q l i k a d s o r b s i y a l a n i s h x r o m a t o g r a f i y a s i .
Bunda analiz qilinadigan m odda va harakatchan faza — suyuqlik,
harakatsiz faza — qattiq sorbentdan iborat bo‘ladi;
• s u y u q l i k x r o m a t o g r a f i y a s i . Bunda harakatchan
faza ham , harakatsiz faza ham suyuqlikdan iborat bo‘ladi.
3. Bajarish texnikasiga ko'ra quyidagilarga boiinadi:
• kolonkali;
• yupqa qatlamli .
4. Bajarish mexanizmiga k o ‘ra:
• butun hajm i bo'ylab (ф ронтальны й);
• siqib chiqarish orqali (вытеснительный);
• eluyentli.
B u t u n h a j m i b o ‘ y l a b a n a l i z q i l i s h d a m odda
aralashm asi kolonkaning yuqori qism idan uzluksiz qo'yiladi.
Bunda kolonkadan toza erituvchi, keyin esa kam sorbsiyalanadigan kom ponent, un d an keyin birinchi va ikkinchi kom ponent
aralashm asi tom adi va hokazo. Bu usul yordam ida faqat bitta
kom ponent toza holda ajratib olinadi
M urakkab aralashm alarni analiz qilishda liar bir m odda
(io n )la r uchun o ‘ziga xos an alitik reaksiyalar o ‘tkazish kam lik
qiladi. M oddaning sifati va m iqdori tarkibini aniqlash m aqsadida
ara lash m a dastlab alo h id a kom ponentlarga ajratiladi. Ba’zan
aniqlanayotgan m odda (k om ponent) miqdori analiz qilinadigan
eritm ad a aniqlanish oralig‘iga nisbatan ancha kam b o ia d i. Bunday vaqtlarda analizni boshlashdan oldin eritm a konsentrlanadi (boyitiladi). A jratish va konsentrlash am alda ko‘pincha birgalikda olib boriladi. A jratish va konsentrlash usullari m oddalarning ikki faza orasida taqsim lanishiga asoslangan. Ikki fazaning fizik tabiatiga, taqsimlanish bosqichiga qarab ajratish usuli turkum lanishi m um kin.
Bir bosqichli taqsim lanish — statik, ko‘p bosqichli taqsim lanish — dinamik yoki xromatografik taqsimlanish usuli deyiladi. F azalar gaz (g), suyuq (s) yoki qattiq (q) agregat holatlarida b o ‘lishi m um kin. M odda ikki faza orasida taqsim lansa, fazalar qisqacha shunday belgilanadi: g-s, g-q, s-s, s-q.
A jralish m exanizm iga k o ‘ra: kimyoviy (qayta c h o ‘ktirish), fizik-kim yoviy ekstraksiya, xrom atografiya, elektrokim yoviy va
h .k .) va fizikaviy (bug‘lan ish , suyuqlanish oralig'i (зон н ая
п л авка), kristallash va boshqalar) kabi ajralishlar farqlanadi
“Xromatografik analiz usullari” fani, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari “Xromatografik analiz usullari” fani turli murakkab obyektlar (suv, tuproq, havo, atrofmuhit obyektlari va hok.) analizini amalga oshiradi. Xromatografik analiz usullarining nazariy asoslari va metodlarini ishlab chiqish, atrofmuhitdagi har xil obyektlarning kimyoviy ttarkibini, sifat va miqdoriy aniqlashni ta’minlaydigan metodlar ishlab chiqish va o’rgatishdan iborat. Xromatografik analiz usullari umumiy nazariy asoslarini, xromatogafik ajralish jarayenining kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizikaviy asosiy prinsiplari bilan tanishtirishdan va xromatografiyaning hozirgi zamon rivojlanish yillari, fan, texnika va sanoatdagi ahamiyati, atrof-muhit obyektlari ekologik muammolarini ko’rsatib berishdan iborat.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim. «Munozarali dars» metodi, shuningdek, analitik kimyoning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy sistemadan hamda mavzuga oid ko’rgazmali kimyoviy tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi. Adabiyotlar: A.1,2,3,4 Xromatografik analiz usullarining umumiy tavsiflari Xromatografik taxlil usullarining xarakatli va xarakatsiz fazalarning agregat xolati, ajralish mexanizmi, va ishlash texnikasiga kura klassifikasiyalash, namunaning agregat xolati va xossalariga kura xromatografik analiz usulini tanlash prinsipi, Xromatogrammalarni olish usullari (frontal, sikib chikarish va elyuyent). Xromatogrammaning asosiy kattaliklari. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim. «Munozarali dars» metodi, shuningdek, analitik kimyoning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy sistemadan hamda mavzuga oid ko’rgazmali kimyoviy tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi. Adabiyotlar: A.1,2,3,4,5,6 Q.7,8,9 Xromatografik ajratish kattaliklari Xromatografiyaning asosiy tenglamasi.Xromatografik ajralish jarayenining selektivligi va samaradorligi. Nazariy tarelkalar nazariyasi. Kinetik nazariya. Xromatografik ajralish jarayenlariga turli omillarining ta’siri. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim. «Munozarali dars» metodi, shuningdek, analitik kimyoning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy sistemadan hamda mavzuga oid ko’rgazmali kimyoviy tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi. Adabiyotlar: A.2,4 Gaz xromatografiyasi Gaz xromatografiyasining nazariy asoslari va asosiy parametrlari, ushlab qoluvchi hajmi. Gaz xromatografiyasi uchun asboblar. Namunani qadoqlash, ajratish kalonkalari. Stasionar suyuq faza va ularga kuyiladigan talablar.. Detektorlar va ularga qo’yiladigan talablar. Termokonduktometrik, alangali ionizasion detektor. Gaz xromatografik analiz xromatogrammasini rasshifrovka qilish. Gaz xromatografiyasida sifat va mikdor analiz. Gaz xromatografiyasining qo’llanilish imkoniyatlari. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim. «Munozarali dars» metodi, shuningdek, analitik kimyoning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy sistemadan hamda mavzuga oid ko’rgazmali kimyoviy tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi. Adabiyotlar: A. 1, 2, 4 Suyuklik xromatografiyasi Suyuklik xromatografiyasining nazariy asoslari va asosiy parametrlari, klassifikasiyasi. Suyuklik xromatografiyasi uchun asboblar. Namunani qadoqlash, ajratish kalonkalari. Stasionar kattik faza va ularga kuyiladigan talablar.. Detektorlar va ularga qo’yiladigan talablar. Suyuklik xromatografiyasida ishlatiladigan detektorlar . Suyuklik xromatografiyasida sifat va mikdor analiz. Suyuklik xromatografiyasining qo’llanilish imkoniyatlari 9 Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim. «Munozarali dars» metodi, shuningdek, analitik kimyoning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy sistemadan hamda mavzuga oid ko’rgazmali kimyoviy tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi. Adabiyotlar: A.1,2,5,6. Ion almashinish xromatografiyasi Ion almashinish xromatografiyasining mohiyati. Ionitlar klassifikasiyasi. Organik va anorganik ionitlar; tabiiy va sintetik ionitlar. Ionitlarga qo’yiladigan talablar. Ionitlarning sig’imini aniqlash. Statik almashinish sig’imi, dinamik almashinish sig’imi. Ionitlarni ishga tayyorlash. Ionitlarning fizik kimyoviy xossalari, ion almashinish xromatografiyasining qo’llanilish sohalari, tuzlarni aniqlash, metall ionlarini ajratish, xalaqit beruvchi ionlarni almashtirish. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim. «Munozarali dars» metodi, shuningdek, analitik kimyoning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy sistemadan hamda mavzuga oid ko’rgazmali kimyoviy tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi. Adabiyotlar: A.3,5,6 Q.7 Yupka kavat xromatografiyasi. Ajratishning umumiy koidalari. Yupka kavat xromatogrammalarining olinishi (yukoriga chikuvchi, pastga tushuvchi, aylanma , ikkiulchamli). Xromatografik doglarni aniklovchi reagentlar. Kogoz xromatografiyasi. Ajratish mexanizmi. Xarakatli fazalar. Yutuk va kamchiliklari. Yupka kavat xromatografiyasi. Ajratish mexanizmi. Sorbentlar va xarakatli fazalar. Kullanish soxalari. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim. «Munozarali dars» metodi, shuningdek, analitik kimyoning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy sistemadan hamda mavzuga oid ko’rgazmali kimyoviy tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi. Adabiyotlar: A.1,2,3,4,5,6 Eksklyuzion xromatografiya. Ajratish mexanizmining umumiy prinsiplari. Xarakatli va xarakatsiz azalarining umumiy xarakteristikasi. Ajratish mexanizmining uziga xosligi. Aniklanuvchi moddalar va usulning kullanish soxalari. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim. «Munozarali dars» metodi, shuningdek, analitik kimyoning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy sistemadan hamda mavzuga oid ko’rgazmali kimyoviy tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi. Adabiyotlar: A.1,2,3,4,5,6 Affin xromatografiya Ajratish mexanizmining umumiy prinsiplari. Xarakatli va xarakatsiz azalarining umumiy xarakteristikasi. Ajratish mexanizmining uziga xosligi. Aniklanuvchi moddalar va usulning kullanish soxalari. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim. «Munozarali dars» metodi, shuningdek, analitik kimyoning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy sistemadan hamda mavzuga oid ko’rgazmali kimyoviy tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi.


Download 205.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling