29- mavzu. Gazlarning tarkibini tahlil qilish. Asosiy ma’lumotlar va tasnifi. Termokonduktometrik va termomagnitli gaz analizator lari. Reja


Download 288.61 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi288.61 Kb.
#1561041
  1   2   3   4
Bog'liq
29-маъруза (1)


29- mavzu. Gazlarning tarkibini tahlil qilish. Asosiy ma’lumotlar va tasnifi. Termokonduktometrik va termomagnitli gaz analizator lari.
Reja:

  1. Asosiy ma`lumotlar.

  2. Termokonduktometrik gaz analizatorlari.

  3. Termomagnit gaz analizatorlari.



Asosiy ma`lumotlar va klassifikatsiyasi. Gaz analizatorlari tekshirnlayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki komponentlar yig’indisi kontsentratsiyasi haqida ma`lumot beradigan qurilmalardir. Gaz analizatorlari sanoatning barcha sohalarida va ilmiy-tadqiqot ishlarida keng ishlatiladi. Gazlarning tarkibini uzluksiz avtomatik nazorat qilish asosida metallurgiyada, koks-ximiya sanoatida, neftni qayta ishlashda, gaz sanoatida va boshqa joylarda gaz hosil qilish va undan foydalanish bilan bog’liq bo`lgan ximiyaviy-texnologik protsesslarni avtomatik boshqarish amalga oshiriladi. Masalan, issiqlik elektr stantsiyalarida organik yoqilg’ilarni yoqishda yonish protsessini nazorat qilish va kerakli havo miqdorini (ortiqcha miqdorini) aniqlash uchun av­tomatik gaz analizatorlari ishlatiladi. Texnologik ob`ektlarning xavfsiz ishlashini ta`minlovchi sistemalarda ishlatiladigan gaz analiz qilish asboblari ham katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilishga kat­ta e`tibor berilayotganligi munosabati bilan sanoat korxonalari chiqindilari tarkibidagi zararli qo`shilmalar miqdorini, ishlab chiqarish xonalari va atmosferadagi zararli qo`shilmalar miqdorini nazorat qilishga mo`ljallangan gaz ana­lizatorlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish keskin kengaydi. Aholi yashaydigan punktlar havosining sifatini na­zorat qilish uchun havoni ifloslantiradigan is gazi, azot qo`shoksid, chang va boshqa shu kabi moddalar kontsentratsiyasi o`lchanadi.
Texnologik protsesslarni nazorat qilishda va avtomatlashtirishda turli sharoitlarda bo`lgan (temperaturalari, bosimlari va hokazolari turlicha bo`lgan) aralashmalarni analiz qilishga, gaz analizatorlarining turli-tuman xillarini aniqlashga to`g’ri keladi.
Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlari­ning ko`pchiligi gaz aralashmalaridagi bitta komponentning kontsentratsiyasini o`lchash uchun mo`ljallangan. Bu holda gaz­larning aralashmalari binar deb qaralib, undagi aniqlanadigan komponent o`lchanayotgan aralashmaning fizik-ximiyaviy xossalariga ta`sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va kontsentratsiyasidan qat`i nazar, ularning xos­salariga ta`sir qilmaydi va aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko`p komponentli gaz aralashmalarining turli tashkil etuvchilarini analiz qilish uchun mo`ljallangan gaz analizatorlari ham mavjud.
Gaz analizatorlari ishlash printsipi (analiz qilish usuli), analiz qilinayotgan muhitning xossalari, aniqlanadigan komponentlar soni, ishlanish turi, chikish signalini unifikatsiyalash usuli va o`lchash natijalarini berish usuli kabi belgilariga ko`ra klassifikatsiyalanishi mumkin.
Eng oddiy holda namunani o`zgartirmasdan analiz qilish mumkin, bunda analiz qilinayotgan aralashma tarkibi to`g’risida o`lchanayotgan parametrga qarab bevosita xulosa chiqariladi. Analiz qilishda namunani o`zgartirish analitik o`lchash tanlanuvchanligini oshirish imkonini beradi. Namunani o`zgartirish uchun fizik usullardan xam, ximiyaviy usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga ta`sir qilish uning fizik xossalarini tubdan o`zgartirib yuborsa, bunday o`zgartirish fizik o`zgartirish deb ataladi. Agar namunaga ta`sir qilish uning tarkibining tubdan o`zgarishiga olib kelsa, u xi­miyaviy o`zgartirish deb ataladi.
Gaz analizatorlari hajmiga nisbatan % larda, g/m3, mg/l larda darajalanadi. Birinchi birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining protsent hisobidagi miqdori temperatura va bosim o`zgarganida doimiyligicha qoladi.
Gaz analizatorlari komplektiga datchik va chiqish signallarini o`lchagichdan tashqari, asbobning normal ishlashini ta`minlovchi bir qancha uzellar ham kiradi. Asosiy yordamchi uzellar gaz aralashmasi namunasini tanlovchi, tozalovchi, uzatuvchi va analizga tayyorlovchi qurilmalardir.
Gaz analizatorlarining mavjud klassifikatsiyasi aralash­maning aniqlanadigan komponentlarining kontsentratsiyasini o`lchashga asos qilib olingan fizik-ximiyaviy xossalarga asoslanadi. Gazlarni avtomatik analiz qilish uchun quyidagi usullar qo`llaniladi: (klassifikatsiya GOST 13320-81 bo`yicha): namu­nani oldindan o`zgartirmasdan – termokonduktometrik, ter­momagnit, absorbtsion-optik (infraqizil va ul’trabinafsha nur yutiladigan), pnevmatik usullar: namuna oldindan o`zgartiriladigan usullar – elektroximiyaviy (konduktometrik, kulonometrik, polyagrafik, potentsiometrik) termoximiyaviy, fotokolorimetrik, alanga-ionlashuv, aerozol-ionlashuv, xromatografik, massaspektrometrik usullar. Quyida sanoatda eng keng tarqalgan usullar va asboblar ko`rib chiqilgan.



Download 288.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling