Biopolimerlar tuzilishi va xossalari Tovushning veterinariyadagi ahamiyati va fiziologik xossalari Tovushning fiziologik xossalari


Download 425.71 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi425.71 Kb.
#1019858
  1   2   3   4
Bog'liq
hujayraa




REJA

  1. Biopolimerlar tuzilishi va xossalari

  2. Tovushning veterinariyadagi ahamiyati va fiziologik xossalari

  3. Tovushning fiziologik xossalari


KIRISH
Bizning tevarak-atrofimiz, barcha narsalar, bizning o‘zimi/ ham materiyaning bir bo'lagimiz. Keng ma’noda oladigan bo'lsak materiya bu moddiy borliqdir. Boshqa tabiiy fanlar kabi «Biofizika» fanining ham maqsadi tirik tabiat va tirik organizmni o'rganishdan iborat. Materiya doimo harakatdadir. Bu harakat oddiy ko'chishdan tortib, tafakkurga qadar koinotda sodir bo'ladigan hamma o'zgarishlar va jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Biologik harakat materiya harakatining oliy shaklidir, lekin oddiy harakatni bilmasdan turib oliy harakat niexanizmini bilib bo'lmaydi. O'simlil va hayvonot olamida turli xil fizik va kimyoviy jarayonlar sodii bo'ladi. Ammo hayot harakatning oliy shakli sifatida unga ha tomonlama yondashishni talab qiladi. Tabiat qonunlariga asoslangan holda, biologiya, fizika v; kimyoning tutashish joyida yangi fan — «Biofizika» fani yuzag keldi. Biofizika — biologik tizimlardagi fizik va fizik-kimyovi jarayonlarni va tirik organizmga turli omillarning ta’sirini o'rganad Biofizikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Biofizika — fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni, biologik tizimi; ultrastrukturasini tashkil qilishning hamma sohalarini submole ku к va molekulalardan to to'qima va to'liq organizmgacha o'rganadiga fandir. Tirik organizmda sodir bo'ladigan turli jarayonlarning mural kabligiga va o'zaro bog'liqligiga qaramasdan, ular ichidagi fiz jarayonlarni ajratib ko'rsatish mumkin. Masalan, qon aylanis bu jarayon suyuqlikning oqimi (gidrodinamika), tomirlar bo'yli elastik to'lqinlarning tarqalishi (akustika), yurakning ishi va quvv; (mexanika), biopotensiallar generatsiyasi (elektr), nafas olisln gaz harakati (aerodinamika), issiqlik uzatish (termodinamik! bug'lanish (fazoviy o'tishlar) va hokazo bo'limlarda o'rganiladi 5 Tirik organizmda fizik mikrojarayonlardan tashqari molekular jarayonlar ham sodir bo'ladi va ular biologik tizimlarning holat ini belgilaydi. Bunday mikrojarayonlarning fizikasini tushunish organizm holati, ba’zi bir kasalliklarning tabiatini anglash, dorilarning ta’sirini va shu kabilarni to'g'ri baholash uchun zarurdir. Kasalliklarga tashxis qo'yish biologik tizimlarni tadqiq qilishning fizik usullari, tamoyillari va g'oyalaridan foydalanishga asoslangan. Ko'pgina zamonaviy tibbiy asboblar tuzilishiga ko'ra, fizik asboblardir, ulardan qon bosimini o'lchash, organizm ichkarisidagi tovushlarni eshitish, ichki organlarning kasal yoki sog'ligi haqida axborot olish, issiqlikdan kengayishga asoslangan termometrlar esa tibbiyotda keng tarqalgan tahlil qilish asboblaridir. Hozirgi davrda texnika va elektronikaning rivojlanishi tirik organizmda hosil bo'ladigan kuchsiz biopotensiallarni yozib olishga imkon bermoqda. Masalan, EKG yurak biopotensiallarini yozib olishdir. Tola optikasiga asoslangan endoskoplar esa organizm ichki qismlarini ko'rishga imkon bermoqda. Spektral tahlil qilishdan esa krim inalistika, gigiyena, farm akologiya va biologiyada foydalaniladi. Rentgen nuri yordamida tashxis qo'yishda nishonlangan atom usullari ham keng qo'llanilmoqda. Tibbiyot va veterinariyada turli davolasli usullari ichida davolashning fizik omillari ham alohida o'rin egallaydi. Masalan, suyak singanda gipslash, davolash maqsadida sovitish (krioterapiya), isitish yoki elektr yordamida isitish usullari, ultrabinafsha, infraqizil, rentgen, gamma nurlar davolashda keng qo'llanilmoqda. Tibbiyot va veterinariyada ishlatilayotgan materiallar fizik xossalarini o'rganish ham muhimdir, chunki bunday materiallar mavjud sharoitda ishlatilishini baholash uchun ular tayyorlangan materiallar fizik xossalarini o'rganish kerak. Masalan, protezlar tayyorlash uchun qo'llanilayotgan materialning mexanik mustahkamligini, elastikligini, issiqlik o'tkazish qobiliyatini, elektr o'tkazuvchanlikni va boshqa xossalarni bilish muhimdir. Tirik organizm atrof-muhit bilan o'zaro ta’sirlashgan holdagina yashashi mumkin. U muhitning harorat, namlik, havo bosimi va boshqa fizik xarakteristikalarining o'zgarishlaridan keskin ta’sirlanadi. Tashqi muhit yordamida davolash ham mumkin. Masalan, klimatoterapiya va baroterapiya.



Download 425.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling