Maruza 10. Texnologik boshqaruv obyektlarining statik va dinamik xususiyatlari. Fizik jarayonlarni boshqaruv obyektlarii sifatida. Gidromeliorativ, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari


Download 68.48 Kb.
bet1/8
Sana21.11.2023
Hajmi68.48 Kb.
#1792767
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maruza 10


Maruza 10. Texnologik boshqaruv obyektlarining statik va dinamik xususiyatlari. Fizik jarayonlarni boshqaruv obyektlarii sifatida. Gidromeliorativ, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari, sug’orish jarayonlar boshqaruv obyektlari sifatida. Fizik jarayonlarni dinamikasi. Kimyoviy va biologik jarayonlarni dinamikasi.
Reja:

    1. Rostlash ob`yektlarining dinamik xarakteristikalari

    2. Ob’yektning statik va dinamik tavsifnomalari

    3. Ob’yektning o’z-o’zidan to’g’rilanish xususiyati



10.1 Rostlash ob`yektlarining dinamik xarakteristikalari
Rostlash sistemalarining element tarkibini, rostlash qonunini tanlash, rostlash jarayonining talab etilgan sifatini ta`minlash ko`p jihatdan ARS elementlarining va asosan rostlash ob`yektining dinamik xususiyatlari orqali aniqlanadi. Rostlash ob`ektining dinamik xususiyatlarini aniqlash uchun ob`yektning o`tish xarakteristikasi, impuls xarakteristikasi, chastota xarakteristikalari kabi xarakteristikalaridan foydalaniladi.
Dinamik xarakteristikalar odatda tajriba natijasida aniqlanadi. Agar tajriba xarakteristikalarini olishga imkon bo`lmasa ARS ning o`zini tutishini differentsial tenglama orqali xarakteristikalash orqali tuzilgan matematik modellash usulidan foydalaniladi.
Boshlang’ich shartlar nolga teng bo`lganda kirishiga beriladigan birlik pog’onali signalga ob`ektning ko`rsatadigan reaktsiyasiga o`tish xarakteristikasi deyiladi. Rostlash ob`yektining o`tish xarakteristikasini olish uchun birlik pog’onali signal rostlash ob`yektiga yoki rostlagichga berilishi mumkin.
O`tish xarakteristikasi o`tish xarakteristikasi tugashi uchun qiymati va vaqt bo`yicha davomiyligi etarli bo`lgan ta`sir berish mumkin bo`lgan sinovlar yoki sozlash vaqtida olinadi. O`tish xarakteristikasining tugashi deganda rostlanayotgan parametrning stabillashuvi yoki uning o`zgarish tezligining stabillashishi tushuniladi.

Download 68.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling