Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodlar
Umumiy ma'lumotlar
To`yinmagan uglevodorodlarning xossalari
Turli tuzilishga ega bo`lgan alkenlarning fizik xossalari
Alkenlarni ajratib olish
Alkenlarning kimyoviy xossalari
Vodorodni biriktirib olish
Alkenlarni oksidlash va ozonlash
Alkadienlarning kimyoviy xossalari
Atsetilenning xossalari
Neftning geteroatomli birikmalari
Umumiy ma'lumotlar
Xom neft va tabiiy gazlarda to`yinmagan birikmalar (alkenlar, di-, tri- va polienlar, alkinlar) bo`lmaydi. Ular neftni qayta ishlash jarayonlarida hosil bo`ladi. To`yinmagan birikmalar - asosiy organik va neftkimyoviy sintezda eng zarur xomashyolardan biridir.
To`yinmagan birikmalarni olishning ikki guruhi mavjuddir:
To`yinmagan birikmalar - yonaki mahsulot bo`lgan
jarayonlar.
Ularni maksimal ishlab chiqarishga yo`naltirilgan maxsus
jarayonlar.
Birinchi guruh jarayonlariga termik va katalitik kreking, neft qoldiqlarini kokslash jarayonlari bo`lib, ularning asosiy maqsadi - yoqilg`i va neft koksi ishlab chiqarishdir.
Ikkinchi guruh jarayonlari piroliz, quyi molekulyar alkenlarning polimerizatsiyasi, alkanlarni degidrirlash va metall – organik katalizatorlar ishtirokida alkenlar sintezlarini o`z ichiga oladi.
Suyuq fazadagi termik kreking gazida (470 - 5200C; 2 - 5 MPa) taxminan 20 % (hajmiy), bug` fazadagi termik kreking gazida (530-6000C; 0,1 0,5 MPa) va piroliz (670-9000C; 0,1 MPa) gazlarida 30 - 50% (hajmiy) miqdorda to`yinmagan birikmalar mavjuddir. Neft xomashyosini termik ishlanganda hosil bo`ladigan gazlarning tarkibi quyidagi jadvalda berilgan.
12-jadval
Neft xomashyosini termik va termokatalitik qayta ishlanganda hosil bo`ladigan gazlarning tarkibi, % (hajmiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |