Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodlar
Download 259.77 Kb.
|
Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alkenlarni oksidlash va ozonlash
Alkenlarning kimyoviy xossalari
Alkenlar reaksiyaga o`ta qobiliyatli birikmalardir. Quyida ularning eng zarur reaksiyalarini ko`rib o`tamiz. Vodorodni biriktirib olish O`ta maydalangan platina yoki palladiy ishtirokida xona haroratida vodorod alkenlarga birikadi. Reaksiya analitik ahamiyatga ega. Ushbu sharoitlarda aren uglevodorodlar gidrirlanmaydilar. Shunday qilib, alkenlarning miqdorini ushbu yo`l bilan aniqlash mumkin. Masalan, kreking benzinlarida. Alkenlarning simob (II) atsetati va oltingugurt (I) xlorid S2Cl2 bilan reaksiyalari ham analitik ahamiyatga ega. A) Simob atsetatining birikishi: Hg(OOCCH3)2 Ushbu usul bo`yicha alkenlarni boshqa uglevodorodlardan ajratish va ularni toza holda ajratib olish mumkin. B) S2Cl2 ni biriktirish: Ushbu reaksiya ham alkenlarni neft mahsulotlaridan miqdoran ajratib olishga xizmat qiladi. Alkenlarni oksidlash va ozonlash Ushbu reaksiyalar olefinlardagi qo`shbog`ning o`rnini hosil bo`layotgan mahsulotlar tarkibi bo`yicha belgilashga yordam beradi. Bundan tashqari oksidlash reaksiyalari etilen oksidi, atsetal'degid va akrolein olishda amaliy ahamiyatga egadir. СН2 = СН – СН3 СН2 = СНСНО Propilen Аkrolein Propilen va ammiak aralashmasi oksidlanganda (oksidlab ammonoliz qilish) akrilonitril hosil bo`ladi va u sintetik kauchuk va kimyoviy tola olishda zarur monomer hisoblanadi. СН2 = СН – СН3 + NН3 + O2 CH2 = CH – CN + 3H2O Akrilonitril Alkenlarni qayta ishlash sanoat jarayonlaridan polimerizatsiya, degidrirlash, xlorlash va gidro - xlorlash, gidratatsiya, alkillash, oksosintezlarni ko`rsatib o`tish mumkin. С6 - С15 alkenlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish hamda yuqori oktan sonli benzin komponentlarini olishda quyi molekulyar oligomerlar (dimerlar, trimerlar, tetramerlar) alkenlarni polimerlab olinadi: 4С3Н6 С12Н24 Alkenlarni yuqori molekulyar polimerlargacha polimerlash qimmatbaho polimer materiallari – polietilen, polipropilen va poliizobutilenlarni beradi:
C H2 = CH - CH2 - CH3 СН2 = СН – СН = СН2 2-Metil, buten-1 Etilen va propilenlarni xlorlash va gidroxlorlash ayrim erituvchi va oraliq mahsulotlarni olishda ahamiyatli usullardir:
Alkenlarni tarmoqlangan alkanlar bilan alkillaganda yuqori oktanli motor yoqilg`isi hosil bo`ladi: Monosiklik arenlarni alkenlar bilan alkillaganda alkilbenzollar hosil bo`ladi: Alkilbenzollar asosiy organik sintez sanoatining qimmatli xomashyosidir. Yuqori alkenlarga sulfat kislota biriktirilganda (sulfurlash reaksiyasi) H2SO4 ning nordon efirlari hosil bo`ladi va ushbu alkilsulfatlar sintetik yuvish vositalarini olishda qo`llaniladi. OSO2OH СН3(СН2)nCH = CH2 + H2SO4 CH3(CH2)nCH – CH3 Kobalt katalizatori ishtirokida alkenlarning uglerod oksidi va vodorod bilan reaksiyasi (oksosintez) aldegidlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga egadir: R – СН = СН2 + СО + Н2 RСН2СН2СНО Aldegidlarning keyingi bosqichda qaytarilishi natijasida mos ravishda birlamchi spirtlarni olish imkoniyatini beradi. Download 259.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling