29- mavzu. Gazlarning tarkibini tahlil qilish. Asosiy ma’lumotlar va tasnifi. Termokonduktometrik va termomagnitli gaz analizator lari. Reja
Download 288.61 Kb.
|
29-маъруза (1)
29.1-rasm. Termokonluktometrik gaz analizatori
Bu turdagi sanoat gaz analizatorining o`lchash asboblari standart avtomatik kompensator asosida bajariladi. Termokonduktometrik gaz analizatorlarida hato asosan, quyidagi sabablarga ko`ra sodir bo`ladi: a) atrof-muhit temperaturasining o`zgarishi, bunda o`lchash kameralarining devorlaridagi temperatura o`zgaradi; b) o`lchash ko`prigi ta`minlovchi manba kuchlanishining o`zgarishi; v) gaz aralashmasining kameralar (yacheykalar) orasida o`tish tezligining o`zgarishi; g) ikkilamchi tekshirilmayotgan komponentlarning (xususan, suv bug’lari) mavjudligi. Ulchash blokini termostatlash va stabillashgan ta`minlash manbalaridan foydalanish zarurati asbobni murakkablashtiradi va qimmatlashtiradi. Havodagi yoki gaz aralashmalaridagi (vodoroddan tashqari tarkibida SO, SO2, SN4, N2 va O2 bo`lgan) vodorod mikdorini, shuningdek, ko`p komponentli aralashmalarda SO2 miqdorini aniqlash uchun TP tipidagi termokonduktometrik gaz analizatorlaridan foydalaniladi (7.2- rasm). Sxema muvozanatlashmagan ikkita A va B ko`priklardan iborat bo`lib, ular o`zgaruvchan tok manbaidan transformator orqali ta`minlanadi. Ko`priklarning elkalari plastina simlaridan tayyorlangan va shisha ballonchalarga joylashtirilgan. Ulchash ko`prigining ikkita ish elkasi 1 va 3 ning atrofidan analiz qilinayotgan gaz o`tib turadi. Qolgan ikkita elkasi 2 va 4 gaz muhitida turadi, bu gazning tarkibi asbob shkalasining boshlanishiga mos keladi. Taqqoslash ko`prigi B ning ikkita elkasi 6 va 8 gaz muhitida turadi, uning tarkibi asbob shkalasining boshlanishiga mos keladi, elkalar 5 va 7 esa tarkibi shkala oxiriga mos keladigan gaz muhitida turadi. 29.2-rasm. TP tipidagi avtomatik gaz analizatorining sxemasi. Taqqoslash ko`prigi B ning diagonaliga reoxord Rr ulangan, uning surmasi va A ko`prikning uchi elektron kuchaytirgich eK ning kirishiga ulangan. Reversiv dvigatel’ RD reoxordning surmasini va asbobning ko`rsatkich strelkasini a va v ko`prik uchlaridagi shkalada to kuchlanish surmaning reoxorddan oladigan kuchlanish bilan muvozanatlashmaganiga qadar suradi. Gaz analizatorining ko`rsatishi ta’minlash manbai kuchlanishining o`zgarishiga va atrof-muhit temperaturasining o`zgarishiga bog’liq emas. TP tipidagi gaz analizatorlari bir nechta modifikatsiyada chiqariladi: TP (1120 – binar va ko`p komponentli gaz aralashmalarida vodorod miqdorini aniqlash uchun; TP 7102 – havodagi geliy miqdorini aniqlash uchun; TP 4102 – havodagi azot va geliy miqdorini aniqlash uchun. Analiz qilinayotgan gaz turi va o`lchash chegaralariga ko`ra asosiy xatolik ±2,5; ±4,0; ± 10% bo`ladi. Gaz aralashmasining hajmiy sarfi 12 sm3/s, bosim 70–130 kPa. Ko`rsatishlarni aniqlash vaqti 30 dan 110 s gacha. CHiqish signallari 0–5 mA; 0–100 mV; 0–10 V. Download 288.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling