23. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o`rganish usullari.
Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalarni va baxtsiz xodisalarni keltirib chiqaruvchi xavfli xolatlarni hamda baxtsiz xodisalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladigan omillarni aniqlash, ularni yo’qotish chora-tadbirlarini ko’rishga qaratilgan. Bu ishlar asosan, oqilona ish usullarini qo’llash, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo’ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amalga oshiriladi. Baxtsiz xodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi. 1. Statistika usuli.Bu usul baxtsiz xodisalarning umumiy statistik hisobga olingan sanoat jarohatlanishining materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Bu usul sanoat jarohatlanishini tahlil qilish uchun asosiy material bo’lishdan tashqari, baxtsiz xodisalami kamaytirishda chora – tadbirlar ko’rish uchun amaliy ma’lumot beradi. Bu usul bilan sanoat jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsiyenti va jarohatning og’irligi koyeffitsiyentining o’rtacha ko’rsatkichini olish imkoniyatini beradi. 2. Monografiya usuli. Bu usulning mohiyati, baxtsiz xodisa yuz bergan ayrim sex uchastka yoki ishlab chiqarish xonasini chuqur va har tomonlama o’rganish asosida olib boriladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitar-gigiyenik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Ushbu korxonalarda ro’y bergan baxtsiz xodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o’rganiladi.Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo’yicha ham o’tkaziladi.Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo’lgan potensial baxtsiz xodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, qurilayotgan yoki loyihalanayotgan bunday korxonalarda aynan o’xshash baxtsiz xodisalarning kelib chiqmasliklarini ta’minlashga harakat qilinadi. Bu usul xulosalari asosida loyhalanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlami o’zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |